|
Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi
|
bet | 36/44 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,89 Mb. | | #249215 |
Bog'liq Karimov-I.Axborotxavfsizligiasoslari (2)Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi axborotni muhofaza qilish sohasida tashkilotlar faoliyatini litsenziyalash nimtizimini, axborotni muhofaza qilish vositalarini sertifikatsiyasini va axborot xavfsizligi talablari bo‘yicha axborotlashtirish obyektlarini attestatsiyasini o‘z ichiga oluvchi murakkab tizimdir.
Axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi faoliyati quyidagi qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
«Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida»gi qonun;
«Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun;
«Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi qonun;
«Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi qonun;
«Standartlashtirish to‘g‘risida»gi qonun;
«Aloqa to‘g‘risida»gi qonun;
«Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi qonun;
«Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi qonun;
«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonun;
«Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi qonun;
«Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi qonun;
«Elektron tijorat to‘g‘risida»gi qonun;
“Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonun;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarorlari;
Axborotni muhofaza qilish sohasidagi vazirlik, muassasa, agentlik va xo‘jaliklarning boshqa huquqiy aktlari.
Davlat xavfsizligi sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga imkon beruvchi sharoitlarni yaratish, mamlakatni iqtisodiy va ilmiy-texnik taraq- qiyotiga ko‘maklashish, axborotni muhofaza qilish usul va vositalarini qo‘llab, O‘zbekiston milliy xavfsizligiga bo‘lgan ziyonni jiddiy kamay- tirish – bularning barchasi axborotni muhofaza qilishning davlat tizimida ko‘zlangan maqsad bo‘lib, ularni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish kerak:
yagona texnik siyosatni o‘tkazish, harbiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik va boshqa sohalar faoliyatlarida axborotni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni muvofiqlash va tashkil etish;
razvedkaning texnik vositalar yordamida axborotni qo‘lga kiritishni jiddiy qiyinlashtirish yoki yo‘l qo‘ymaslik;
axborotni muhofaza qilish sohasida munosabatlarni tartibga soluv- chi huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
axborotni muhofaza qilish vositalarini yaratish va ularning samara- dorligini nazorat qilish kuchlarini tashkil etish;
davlat organlari va tashkilotlarida axborotni muhofaza qilish holati- ni nazorat qilish;
axborotni muhofaza qilish sohasidagi davlat tizimi holatini tahlil qilish, asosiy muammolarni aniqlash;
axborotni muhofaza qilishni davlat tizimining muhim yo‘nalish- larini aniqlash;
axborotni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni normativ-metodik va axboriy ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida bank, tijorat va sug‘urta sirlari tushunchalari hamda ularni himoya qilishning zaruriy choralari belgilab qo‘yilgan.
Axborot xavfsizligi borasida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi muhim o‘rin egallaydi. Ushbu kodeksning “Axborot texnologiya- lari sohasidagi jinoyatlar” deb nomlanuvchi XX1 bobida axborot texnolo- giyalari sohasida sodir etiluvchi jinoyatlarga jazo belgilab qo‘yilgan.
Axborotlarni kriptografik himoyalash borasidagi masalalarni tartibga solish 2007-yil 3-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z- bekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-614 sonli qarorida1 o‘z aksini topgangan bo‘lib, unga ko‘ra ushbu sohada O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik xizmati mas’ul organ hisoblanadi. Shuningdek, mazkur qaror bilan O‘zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik himoyalash bo‘yicha Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik himoyalash vositalarini sertifikatsiyalash Nizomlari tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi “O‘z- bekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining qabul qilinishi mamlakatimizda axborot xavfsizligi masalalarini yechish borasida muhim tashkiliy qadam bo‘ldi.
1 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2007. – № 14. – 140-м.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-sen- tyabrdagi 250-sonli qarori1 bilan, O‘zbekistonda elektron hukumat tizimini yanada rivojlantirish maqsadida, maxsus markazlar – «Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi» hamda «Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi»ni tashkil etish belgilangan. Ushbu qaror bilan, «Elektron hukumat tizimini rivojlantirish» hamda «Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi»ning tuzilmasi va faoliyati tartibini belgilovchi Nizom qabul qilingan. «Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi»ning asosiy vazifalari biri etib qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi farmoniga asosan «O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi» tashkil etildi. Mazkur farmon bilan yurtimizda axborot xavfsizligini ta’minlash va kommuni- katsiya tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilishning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish chora-tadbir- larini amalga oshirish, axborot resurslarini himoya qilish bo‘yicha texnik infratuzilmani yanada rivojlantirish kabi masalalar ushbu vazirlikning asosiy vazifalari hamda faoliyat yo‘nalishlari sifatida belgilab qo‘yildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda axborot xavfsizligi sohasida yagona konseptual hujjatni yaratish zamon talabidir. Bunday hujjat axborot xavfsizligi sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha ishlarni, ushbu sohada yagona standartni ishlab chiqish va joriy etish faoliyatini yo‘naltirishga, shuningdek, mazkur sohada kadrlar siyosatini rivojlantirishning zaruriy choralarini aniqlashga imkon yaratadi.
|
| |