|
Microsoft Word 2016-Каримов И. М. Ахборот хавфсиз асослари Дарслик-лот doc
|
bet | 32/44 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,89 Mb. | | #249215 |
Bog'liq Karimov-I.Axborotxavfsizligiasoslari (2)Kompyuter viruslari va qurtlar. “Kompyuter virusi” degan ibora bugungi kunda hech kimni ajablantirmaydi. Bu tushuncha o‘tgan asrning 80-yillarida paydo bo‘lib, zararlantiruvchi dasturlar biologik viruslarga xos bo‘lgan belgilarga ega bo‘lganligi sababli shunday nomlangan. Ular kom- pyuter tizimiga tezkor va sezdirmay kirib borib, tez tarqalish, ko‘payish, zararlash hamda tizim faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega. Axborot tizimlari bilan ishlashda “virus” atamasi bilan birga “zararlanish”, “tarqalish muhiti”, “profilaktika” kabi tushunchalardan ham foydalaniladi. Kompyuter virusi – bu kompyuter yoki kompyuter tizimida foydala- nuvchiga bo‘ysunmagan holda tarqalish va o‘z-o‘zidan ko‘payish xusu- siyatiga ega bo‘lgan kichik o‘lchamli bajariluvchi yoki interpretatsiya- lanuvchi dasturlardir. Ulardan olingan nusxalar ham shunday xususiyat- larga ega bo‘ladi. Viruslar axborot saqlanuvchi obyektda yoki kompyuter tarmog‘i qurilmalarida saqlanuvchi ma’lumotlarni o‘zgartirish yoki yo‘q qilib yuborishga mo‘ljallanishi mumkin. Viruslar tarqalish jarayonida
o‘zini modifikatsiya qilishi mumkin.
Qurtlar viruslarga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular boshqa fayllar- ga zarar yetkazmagan holda o‘z-o‘zidan ko‘payishi mumkin. U bir kom- pyuterga kirib olgach, boshqa kompyuterlarga tarqalish yo‘llarini qidiradi. Qurt – bu alohida fayl, virus esa mavjud fayllarga kiritiluvchi kod.
Kompyuter virusi va qurtlar toifasiga quyidagilar kiradi:
Virus (virus) – kompyuterning lokal resurslari bo‘yicha foydala- nuvchi ixtiyoridan tashqari noqonuniy ravishda o‘z-o‘zidan ko‘payish xususiyatiga ega bo‘lgan zararlantiruvchi dastur. Qurtlardan farqli ravishda viruslar boshqa kompyuterlarga tarqalish va kirishi uchun tarmoq servis- laridan foydalanmaydilar. Virus nusxasi boshqa kompyuterga faqatgina zararlangan obyektning o‘sha kompyuterda faollashtirilishi tufayli o‘tishi mumkin. Masalan:
Worm (qurt) – kompyuter tarmoqlarida, uning resurslari orqali foydalanuvchi ixtiyoridan tashqari noqonuniy ravishda o‘z-o‘zidan ko‘payish xususiyatiga ega bo‘lgan zararlovchi dastur. Qurtni faollash-
tirish uchun foydalanuvchi uni ishga tushirishi kerak. Bunday toifadagi qurtlar tarmoqda o‘qish va yozish uchun ruxsati bo‘lgan tarmoq katalogiga ega kompyuterlarni qidirib, ularga o‘zining nusxasini ko‘chiradi.
Net-Worm (tarmoq qurti) – kompyuter tarmoqlarida foydalanuvchi ixtiyoridan tashqari noqonuniy ravishda o‘z-o‘zidan ko‘payish xususiyati- ga ega bo‘lgan zararlovchi dastur.
|
| |