|
Microsoft Word 2016-Каримов И. М. Ахборот хавфсиз асослари Дарслик-лот doc
|
bet | 2/44 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,89 Mb. | | #249215 |
Bog'liq Karimov-I.Axborotxavfsizligiasoslari (2)BBK 73ya73
© O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2016
KIRISH
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda har qanday davlatning axborot resurslari uning iqtisodiy va harbiy salohiyatini belgilovchi muhim omillardan biri hisob- lanadi. Mazkur resurslardan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirilishini ta’minlaydi. Bunday jamiyatda axborot almashinuv tezligi yuksalib, axbo- rotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ilg‘or axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini qo‘llash keng ko‘lam- da amalga oshiriladi.
Bugungi kunda axborotlashgan jamiyat jadal suratlar bilan shakllanib, axborotlar dunyosida davlat chegaralari degan tushuncha yo‘qolib bormoqda. Global kompyuter tarmog‘i jahon davlatlarining ijtimoiy-iqti- sodiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy hayotida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun axborotni muhofaza qilish har qanday mam- lakatda muhim davlat vazifasi bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekistonda axborotni muhofaza qilishning zaruriyati axborotni muhofaza qilishning davlat tizimini yaratilishida va axborot xavfsizligining huquqiy bazasini rivoj- lantirishda o‘z ifodasini topdi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining
«Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida»gi, «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlar qabul qilindi hamda amalda tatbiq etib kelinmoqda.
Mamlakatimizda axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan1.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov bugungi kunda jamiyat taraqqiyotida axborot texnologiyalarining aha- miyatiga to‘xtalib, quyidagilarni ta’kidlagan: «Bugungi sharoitda, Internet va elektronika davrida iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy axborot-kom- munikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, «Elektron hukumat» tizimi faoliyatini yanada rivojlantirish ustuvor ahamiyatga egadir.
1 Ўзбекистон Республикасининг «Ахборотлаштириш тўғрисида»ги қонуни
// Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. – 2004. – №1-
– 10-м.
Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, ayni paytda global iqtisodiyotda kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi mamlakat- ning raqobatdoshlik darajasiga ta’sir ko‘rsatishi, katta hajmda axborot to‘plash va uni umumlashtirish imkonini berishi, boshqarishni strategik darajada tashkil etish uchun keng imkoniyatlar ochib berishini unutmas- ligimiz zarur».1
O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunida2 axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat siyosati axborot sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashdan iborat deb belgilangan. ««Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi har kimning axborotni erkin va moneliksiz olish hamda foydalanish huquqlarini amalga oshirishda, shuningdek, axborot- ning muhofaza qilinishi, shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi»3.
1 Ўзбекистон Республикасининг Биринчи Президенти Ислом Каримовнинг мамлакатимизни 2015 йилда ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари ва 2016 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналиш- ларига бағишланган Вазирлар Маҳкамаси мажлисида сўзлаган маърузасидан.
2 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. – 2003. –
№ 1. – 2-м.
3 Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқур- лаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси. – Т., 2010.
|
| |