|
AXBOROT XAVFSIZLIGI VA AXBOROTNI MUHOFAZA QILISH
|
bet | 3/44 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,89 Mb. | | #249215 |
Bog'liq Karimov-I.Axborotxavfsizligiasoslari (2)
Axborot xavfsizligi va axborotni muhofaza qilish tushunchalari
Axborot xavfsizligi – ko‘p qirrali faoliyat sohasi bo‘lib, unga faqat tizimli, kompleks yondashuv muvaffaqiyat keltirishi mumkin. Ushbu muammoni hal etish uchun huquqiy, ma’muriy, protsedurali va dasturiy- texnik choralar qo‘llaniladi.
Davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi milliy xavf- sizlikni ta’minlashning asosiy va ajralmas qismi bo‘lib, axborotni muhofaza qilish esa davlatning birlamchi masalalariga, davlat siyosati darajasiga aylanmoqda.
Axborot xavfsizligining milliy xavfsizlik tizimidagi o‘rni. XXI asrda shaxs, jamiyat va davlat taraqqiyotida axborot resurslari va texnologiya- larining rolini ortishi natijasida O‘zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatini axborotlashtirilgan jamiyat sifatida qurish masalasini hal etish bilan birga quyidagi omillar milliy xavfsizlikni ta’minlash tizimida axborot xavfsizligining yetakchi o‘rin egallashini belgilaydi:
milliy manfaatlar, ularga tajovuz va ularni bu tajovuzlardan himoya- lash axborot va axborot sohasi orqali ifodalanadi, amalga oshiriladi;
inson va uning huquqlari, axborot va axborot tizimlari hamda ularga egalik qilish – bu nafaqat axborot xavfsizligining asosiy obyektlari, shu bilan birga jami xavfsizlik sohalaridagi xavfsizlik obyektlarining asosiy elementlaridir;
axborot yondashuvidan asosiy ilmiy-amaliy usul sifatida foydala- nish orqali milliy xavfsizlik masalalarini hal etish mumkin;
milliy xavfsizlik muammosi yaqqol ajralib turuvchi axborot tav- sifiga ega.
Axborot xavfsizligi tizimi davlatning axborot sohasidagi siyosatini mamlakatda milliy xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosati bilan cham- barchas bog‘laydi. Bunda axborot xavfsizligi tizimi davlat siyosatining asosiy tashkil etuvchilarini yaxlit bir butunlikka biriktiradi. Bu esa axborot xavfsizligining roli va uning mamlakat milliy xavfsizligi tizimidagi mav- qeini belgilaydi. Axborot sohasidagi O‘zbekistonning milliy manfaatlarini,
ularga erishishining strategik yo‘nalishlarini va ularni amalga oshirish tizimlarini o‘zida aks ettiruvchi maqsadlar yaxlitligi davlat axborot siyo- satini anglatadi. Shu bilan birga davlat axborot siyosati mamlakatning tashqi va ichki siyosatining asosiy tashkil etuvchisi hisoblanadi va jamiyat- ning barcha jabhalarini qamrab oladi.
Axborot xavfsizligining zamonaviy konsepsiyasi axborot xavfsizligini ta’minlovchi maqsadlar, vazifalar, tamoyillar va asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha rasmiy nuqtai nazarlar majmuini bildiradi.
Quyida axborot xavfsizligining asosiy tashkil etuvchilari va jihatlari keltirilgan:
axborotni muhofaza qilish (shaxsiy ma’lumotlarni, davlat va xizmat sirlarini va boshqa turdagi tarqatilishi chegaralangan ma’lumotlarni qo‘riq- lash ma’nosida);
kompyuter xavfsizligi yoki ma’lumotlar xavfsizligi – kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlarning saqlanishini, foydalanishga ruxsat etilganli- gini va konfedensialligini ta’minlovchi apparat va dasturiy vositalar to‘plami, axborotdan mualliflashtirilmagan foydalanishdan himoya qilish choralari;
axborot egalariga yoki axborotdan foydalanuvchilarga hamda uni qo‘llab quvvatlovchi infratuzilmaga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan tabiiy yoki sun’iy xarakterdagi tasodifiy yoki qasddan ta’sir etishlardan axborot va uni qo‘llab quvvatlovchi infratuzilmaning himoyalanganli;
fuqarolar, alohida guruhlar va ijtimoiy qatlamlar, umuman olganda aholining yashash faoliyati, ta’lim olish va rivojlanishlari uchun zarur bo‘lgan sifatli axborotga bo‘lgan talablarining himoyalanganligi.
Xavfsizlik siyosati – xavfsizlik obyektlari va subyektlarining berilgan ko‘pligining xavfsizligini ta’minlash protseduralari va mexanizmlarini belgilovchi qoidalar to‘plami1. Tizim xavfsizligini ta’minlashning aniq mexanizmlarini tanlash qabul qilingan xavfsizlik siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yilning 4-fevral kuni e’lon qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga2 ko‘ra “Axborot xavfsizligini ta’minlash va kommunikatsiya tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini himoya
1 «Алоқа ва ахборотлаштириш соҳасида ахборот хавфсизлиги: Атамалар ва таърифлар». Тармоқ стандарти: TSt 45-010:2010.
2 Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – 2015. – №5. – 52-м.
qilishning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, axborot resurslarini himoya qilish bo‘yicha texnik infra- tuzilmani yanada rivojlantirish” ustuvor vazifalardan biri sifatida qayd etilgan.
|
| |