|
Microsoft Word 2016-Каримов И. М. Ахборот хавфсиз асослари Дарслик-лот doc
|
bet | 4/44 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,89 Mb. | | #249215 |
Bog'liq Karimov-I.Axborotxavfsizligiasoslari (2)Axborot xavfsizligi deganda tabiiy yoki sun’iy xarakterdagi tasodifiy yoki qasddan qilingan ta’sirlardan axborot va uni qo‘llab-quvvatlab turuvchi infratuzilmaning himoyalanganligi tushuniladi. Bunday ta’sirlar axborot munosabatlariga, jumladan, axborot egalariga, axborotdan foyda- lanuvchilarga va axborotni muhofaza qilishni ta’minlovchi infratuzilmaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunida1 axborot xavfsiz- ligi axborot borasidagi xavfsizlik deb belgilangan va u axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganlik holatini anglatadi.
Konfidensiallik, butunlik va ruxsat etilganlik axborot xavfsizligini ta’minlash borasida uchta muhim xususiyat hisoblanadi.
axborotning konfidensialligi – axborotning holati bo‘lib, bunda axborotga ruxsat, faqat tegishli huquqqa ega bo‘lgan subyektlargagina beriladi.
axborotning butunligi – axborotda hech qanday o‘zgartirishlar bo‘lmagan yoki o‘zgartirishlar faqat alohida huquqqa ega bo‘lgan subyektlar tomonidan amalga oshiriladigan axborotning holati.
axborotning ruxsat etilganligi – axborotga ruxsat etilgan subyektlarning, uni amalga oshirishga to‘siqlar mavjud bo‘lmagan holati.
Ruxsat etilganlik huquqiga axborotni yoki uning resurslarini o‘qish uchun, o‘zgartirish, nusxa olish, axborotni yo‘q qilish huquqlari kiradi.
Axborotni muhofaza qilish – bu axborot himoya tizimini yaratish bilan bog‘liq jarayon. Axborot himoya tizimi hech qachon yuz foizlik himoyani ta’minlay olmasligini anglash muhimdir. Bu esa axborotni mumkin bo‘lgan darajadagi o‘zgartirish, o‘g‘irlash yoki yo‘q qilish tavak- kalchiligiga asoslangan axborot xavfsizligi haqida fikr yuritishni taqozo etadi.
Amalga oshirilish usullariga ko‘ra barcha axborot himoyasi chora- larini quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. – 2003. –
№ 1. – 2-м.
ma’naviy-etik;
texnologik;
tashkiliy;
fizik;
texnik (qurilmaviy va dasturiy).
Yuqorida qayd etilganlar himoya turlari orasida asosiylari huquqiy, tashkiliy va texnik himoya hisoblanadi.
Huquqiy himoya – axborotni himoyalash bo‘yicha subyektlarning munosabatlarini tartibga soluvchi, amalda joriy etuvchi hamda ularning bajarilishini nazorat qiluvchi qonunchilik va normativ-xuquqiy hujjatlar asosida axborotni huquqiy usullar bilan himoyalashdir. Axborotni huquqiy himoyalash choralariga O‘zbekiston Respublikasining mazkur sohadagi qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar kiradi. Axbo- rotga murojaat qilish qoidalari, axborot munosabati qatnashchilari, ular- ning huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, qonunchilik talablari buzil- gan hollarda javobgarlik qonunchilik darajasida ko‘rib chiqiladi va tartibga solinadi.
|
| |