• Avtomatlashtirilgan tizimga ta’sir ko‘rsatish darajasiga ko‘ra
  • Axborotning buziluvchi xususiyati turiga ko‘ra
  • Tahdid yo‘naltirilgan tizimning turiga ko‘ra
  • Nisbatan nazorat qilinuvchi soha holatiga ko‘ra




    Download 0,89 Mb.
    bet8/44
    Sana21.05.2024
    Hajmi0,89 Mb.
    #249215
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
    Bog'liq
    Karimov-I.Axborotxavfsizligiasoslari (2)

    Nisbatan nazorat qilinuvchi soha holatiga ko‘ra: tashqi va ichki tahdidlar. Tashqi tahdidlarga misol sifatida tizimda uzatiluvchi yoki yon- dosh elektromagnit nurlanishlar va navodkalar orqali ma’lumotlarni tutib olishni keltirish mumkin. Ichki tahdidlarga konfidensial axborotga ega bo‘lgan axborot tashuvchini, qurilma qismini o‘g‘rilash kabilar kiradi.

  • Avtomatlashtirilgan tizimga ta’sir ko‘rsatish darajasiga ko‘ra: passiv va faol tahdidlar. Passiv tahdidlar – avtomatlashtirilgan tizim tarkibi va faoliyatini buzmaydigan tahdidlardir. Ularga misol sifatida konfidensial axborotdan nusxa ko‘chirish, axborotni chiqib ketish texnik kanali orqali chiqarib yuborish, eshitish va shu kabilarni keltirish mumkin. Faol tahdid esa mos ravishda avtomatlashtirilgan tizim faoliyatini, uning tuzilishi va tarkibini buzilishiga olib keladi.

  • Axborotning buziluvchi xususiyati turiga ko‘ra: konfidensial- likka, ruxsat etilganlikka va butunlikka tahdidlar. Ruxsat etilganlikka tahdidlarga misol tariqasida sun’iy tahdidlar bilan bir qatorda tabiiy tahdidlar, ya’ni chaqmoq yoki qisqa tutashuv oqibatida qurilmalarning buzilishini keltirish mumkin. Hozirgi vaqtda axborotning ruxsat etilganli- giga tahdid sifatida tarmoq hujumlari – DDoS (Distributed Denial of Service – xizmat ko‘rsatishda taqsimlangan rad etish) – hujumlar keng qo‘llanilmoqda.

    Shuningdek, ta’kidlash joizki butunlikning buzilishiga nafaqat ma’lu- motlar, balki dasturlar muhiti ham taalluqlidir. Tizimning virus bilan zararlanishi butunlikka tahdidning amalga oshirilishiga misol bo‘la oladi.
    Konfidensiallikka tahdidlarga axborotga noqonuniy ruxsat bilan bog‘liq bo‘lgan ixtiyoriy tahdidni kiritish mumkin. Masalan, maxsus
    dastur yordamida tarmoq orqali uzatilayotgan axborotni tutib olish yoki tanlangan paroldan foydalanib, noqonuniy ruxsatga ega bo‘lish.

    1. Tahdid yo‘naltirilgan tizimning turiga ko‘ra: avtonom ish joyi asosidagi tizimlar va umumiy foydalanish tarmog‘iga ulangan tizimlar.


    2. Download 0,89 Mb.
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




    Download 0,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nisbatan nazorat qilinuvchi soha holatiga ko‘ra

    Download 0,89 Mb.