Microsoft Word 301-308 Oˇrta Osiyoda Milliy-Hududiy Chegaralanishning Oˇtkazilishi Maqsad, Mohiyat Va Oqibat




Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
Sana21.12.2023
Hajmi1,09 Mb.
#125940


JOURNAL OF ADVANCED 
RESEARCH AND STABILITY (JARS)
JOURNAL OF ADVANCED
RESEARCH AND STABILITY (JARS) 
Volume: 01 Issue: 
ISSN: 2181
O’rta Osiyoda Milliy
Chegaralanishning O’tkazilishi: Maqsad, 
Mohiyat Va Oqibat
(Xorij Tadqoqotchi Olimlari Nigohida)
Rajabov Muhiddin
O‘zMU Tarix fakulteti “Tarixshunoslik, 
Manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usulla
yo‘nalishi II bosqich magistranti
Annotasiya. 
Turkistоn azaldan O`rta Osiyo mintaqasidagi xalqlarning 
yagоna maskani va umumiy vatani bo’lib kelgan. 
Turkistоn, Buxоrо, Xоrazm respublikalarining tub ahоlisi 
asrlar davоmida urf-оdatlari, an`analari turmush tarzi, 
diniy e`tiqоdlari jihatidan bir - biriga
bu mintaqa yagоna hudud, diniy e`tiqоd, o’z xo’jaligi va 
madaniyatining mushtarakligi bilan ajralib turgan. 
Turkistоn hududidagi davlatlarning har birida turkiy 
xalqlar : o’zbek, turkman, qоraqalpоq, qоzoq, va qirg`iz 
shuningdek tоjik xalqi azaldan tarkib tоpgan edi. 
Turkistоn mintaqasining xalqlari bu yerni o’zlarining 
yagоna yurtlari, asl Vatanni deb bilgan. 
Kalit 
so‘zlar:
Turkiston, 
bolshvek, 
sovetlar,
avtonomiya, panturkizm, panislomizm, bosmachilik, 
milliy-hududiy chegaralash, primitiv turmush tarzi, bo’lib 
tashla - hukumdоrlik qil, sartlar 
Volume: 01 Issue: 06 | 2021 
2181-2608
301 
O’rta Osiyoda Milliy-Hududiy 
Chegaralanishning O’tkazilishi: Maqsad, 
Mohiyat Va Oqibat 
(Xorij Tadqoqotchi Olimlari Nigohida) 
arix fakulteti “Tarixshunoslik, 
Manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari ” 
yo‘nalishi II bosqich magistranti 
Turkistоn azaldan O`rta Osiyo mintaqasidagi xalqlarning 
yagоna maskani va umumiy vatani bo’lib kelgan. 
Turkistоn, Buxоrо, Xоrazm respublikalarining tub ahоlisi 
оdatlari, an`analari turmush tarzi, 
biriga juda yaqin bo’lgan 
bu mintaqa yagоna hudud, diniy e`tiqоd, o’z xo’jaligi va 
madaniyatining mushtarakligi bilan ajralib turgan. 
Turkistоn hududidagi davlatlarning har birida turkiy 
xalqlar : o’zbek, turkman, qоraqalpоq, qоzoq, va qirg`iz 
alqi azaldan tarkib tоpgan edi. 
Turkistоn mintaqasining xalqlari bu yerni o’zlarining 
yagоna yurtlari, asl Vatanni deb bilgan.
Turkiston, 
bolshvek, 
sovetlar,
avtonomiya, panturkizm, panislomizm, bosmachilik, 
primitiv turmush tarzi, bo’lib 


JOURNAL OF ADVANCED
RESEARCH AND STABILITY (JARS) 
Volume: 01 Issue: 06 | 2021 
ISSN: 2181-2608
302 
Mintaqa xalqlari yagоna va bir degan g’оya avlоddan-avlоdga o’tib kelgan, milliy 
yetakchilarning ijtimоiy - siyosiy va amaliy faоliyatlarida o’z aksini tоpgan. Ana 
shunday qadimiy Turkistоn ko’p yillar davоmida mustamlakachiilar zulmi оstida ezildi. 
Mustamlakachilar o’lkani bоshqarishda avvalо o’zlariga xizmat qiluvchi mukammal 
tizimini jоriy qilishga intildilar. Bunda ular "bo’lib tashla - hukumdоrlik qil" degan 
tamоyilga amal qildilar. 
Ma’lumki, XX asr oxirida jahon tarixida misli ko’rilmagan voqealar yuz berdi. Bu Sovet 
Ittifoqining parchalanishi bilan bog’liq edi. Uning parchalanishi natijasida o’n beshta 
suveren davlatlar tashkil topdi va ularning barchasida demokratik tuzumlar o’rnatildi. 
Bu davrda tarixga haqqoniy yondashish qaror topdi. Bizning mustaqil 
O’zbekistonimizda ham tarix fanining o’rni va ahamiyati osha bordi. 
Mustaqilligimizning dastlabki yillarida O’zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti 
Islom Karimov tashabbusi bilan tarix fanini rivojlantirshga doir qator qarorlar qabul 
qilindi. Islom Karimov o’zlarining bir qator asarlarida tarixga haqqoniy yondashish 
zarurligini ta’kidlaganlar. Ularning bir qator asarlarida O’rta Osiyoda amalga oshirilgan 
milliy hududiy chegaralanish masalasiga to’xtalib o’tgan. Masalan, “O’zbekiston XXI 
asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqaroalik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” 
asarida milliy hududiy chegaralanish masalasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Aslida 
bolshveklar o’tkazgan bu milliy hududiy chegaralanish O’rta Osiyo xalqlari o’rtasidagi 
bo’lajak millatlararo munosabatlar jarayonlar ostiga ma’lum vaqtda portlaydigan mina 
qo’yish degan gap edi, ular favqulodda vaziyatda portlab, turli nizo va keskin holatlar 
keltirib chiqarishi mumkin edi.”
1
Albatta, ularning barchasida tarixga sinfiylik nuqtai nazaridan qarash yakun topdi va 
tarix fani kommunistik mafkuradan holi ravishda rivojlandi. To bugungi kungacha 
bo’lgan davr oralig’ida bu davlatlardan ko’plab tarixchi olimlar yetishib chiqdilar Ular 
o’z millatlarining haqqoniy tarixini yoritishga astoydil kirishdilar. Bu davrda sovet 
hukumati tomonidan amalga oshirilgan milliy hududiy chegaralanish masalasiga bo’lgan 
qarash o’zgardi. 
Barchamizga ma’lumki, XX asrning 20-yillarida Markaziy Osiyoda o’tkazilgan milliy-
hududiy chegaralanishdan o’tkazilgan maqsad o’zbeklar davlatchiligiga bolta urish, 
ularning mintaqadagi madaniy-siyosiy hukmronligini yo’q qilish edi; Mazkur masala 
1
Karimov I.A. 
O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqaroalik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: O’zbekiston, 1997. 61-bet.


JOURNAL OF ADVANCED
RESEARCH AND STABILITY (JARS) 
Volume: 01 Issue: 06 | 2021 
ISSN: 2181-2608
303 
yuzasidan olib borilgan qator ilmiy izlanishlar asosan o’zbek tarixshunosligi va Sovet 
adabiyotlari asosida shakllantirilgan turli monografiya va maqola ko’rinishida yuqorida 
keltirilgan sabablar asosida o’rganilganligini ko’rishimiz mumkin. Mavzuning Markaziy 
Osiyo xalqlari hayotida dolzab ekanligini hisobga olgan holda mazkur masala yuzasidan 
Markaziy Osiyo va G’arb tarixchilari o’z asarlarida keltirib o’tgan ayrim mulohazalarga 
to’xtalib o’tishni tarixiylik nuqtayi nazardan, tarixga xolisona yondashuvni yanada 
izchillashtirish asnosida yoritishga harakat qildik.
Xususan, 2004-yilda Qig’iziston Respublikasida chop etilgan “Qirg’iziston tarixi” nomli 
monografiyasida ko’rsatilishicha, O’rta Osiyoning miliy-hududiy taqsimoti va Qirg’iz 
Avtonom viloyatining tuzilishi, uning huquqiy jihatdan cheklanganligidan qat’iy nazar, 
qirg’iz xalqining taqdiri uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi. Negaki, asrlar davomida 
mazkur hudud patriarxal urug’chilik, qaramlik va Rossiya imperiyasining chekka o’lkasi 
bo’lishi tufayli Turkistonning turli viloyatlarida bo’linib qolgan qirg’iz xalqi qaytadan 
ma’muriy bir butun hududga – avtonom viloyat hududiga birlashtirildi. Cheklangan 
avtonomiya shaklida bo’lsa-da, qirg’iz xalqining bir milliy davlatga birlashishi – 
xalqning hududiy, iqtisodit, madaniy aloqalarini mustahkamlash va millat bo’lib 
shakllanishi uchun qulay sharoit yaratdi. Qirg’iz xalqi o’zining milliy davlatchiligini 
bundan buyon rivojlantirish, davlat hokimyati va davlat boshqaruvi tizimini tuzish 
imkoniyatiga ega bo’ldi. Qirg’izistonning iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti tezlashdi. 
Milliy avtonomiyaning e’lon qilinishi qirg’iz xalqi tarixidagi keskin burilishlardan biri 
bo’lib qoldi
2

Mustaqillik davrida sovet hukumati tomonidan milliy hududiy chegaralanish amalga 
oshirilgan hududlarda ko’pgina milliy va etnik nizolar kelib chiqdi. Bu o’z navbatida 
ko’pgina xorijiy tadqiqotchi olimlar hamda tarixchilarning e’tiborini o’ziga tortdi. Mana 
shunday tarixchilardan biri, Moskva shahrining sobiq meri G. Popovning “Ошибка в 
проекте Ленинский тупик” asarida mazkur masalaga doir muhim ma’lumotlar 
berilgan. Bolshveklar rahbarlari bosib olgan o’lkalarni iloji boricha ko’proq ushlab 
turishlari uchun ham bu hududlarni millatlararo nizolar keltirib chiqarishi muqarrar 
bo’lgan hududlarga taqsimlashdi. Vaholangki, XX asrning 20- yillariga qadar Markaziy 
Osiyo hududida O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston kabi davlatlar 
mavjud emas edi. Milliy hududiy chegaralanish o’tkazilishi natijasida mazkur davlatlar 
o’rtasidagi chegaralar shunday o’tkazildiki, millatlararo nizolar bo’lishini oldindan 
2


JOURNAL OF ADVANCED
RESEARCH AND STABILITY (JARS) 
Volume: 01 Issue: 06 | 2021 
ISSN: 2181-2608
304 
ko’zda tutar edi
3

1936-yil Qirg’iziston Respublikasi tashkil etilgan vaqtda Qirg’iziston SSR tarkibiga 
Farg’ona vodiysining aholisining ko’pchiligini o’zbeklar tashkil etadigan O’sh va 
Jalolobod viloyatlari ajratib berildi. O’sha paytda mazkur hududda yashovchi qirg’izlar 
bor yo’g’i 10 foizni ham tashkil etmas edi. Bu qaror esa sovet uslubiga monand 
ifodalanib quyidagicha izohlandi: “Sizlarning qayerda yashashingizning ahamiyati yo’q 
– O’zbekistondami yoki Qirg’izistondami, chunki bizda umumiy Vatan, hammamiz 
uchun SSSR mavjud”.
4
Bundan tashqari O’sh Davlat Universiteti Professori, tarix fanlari nomzodi T. Qodirov 
hamda tarix fanlari nomzodi, O’sh Davlat Universiteti dotsenti S.Smadiyarovlarning 
“Конфлектов в Киргызистане и Центральной Азии” nomli maqolalari 2011- yil iyul 
oyidagi O’sh voqealariga bag’ishlangan bo’lib, unda ham aynan milliy hududiy 
chegaralanish masalalarining salbiy oqibatlari haqida xolisona fikr yuritilib, jumladan 
mazkur maqolada quyidagi fikrlarni uchratishimiz mumkin: “Sovet Ittifoqi 
parchalanganidan so’ng O’rta Osiyoning mustaqil davlatlari o’rtasidagi munosabatlarni 
tartibga solishdagi eng qiyin masala bu ular o’rtasidagi chegaralarni belgilash masalasi 
bo’lib qoldi. Mamlakatlar o’rtasidagi chegaralar masalasi borasida ko’p bahs va 
muzokaralar bo’lib, bu hattoki chegara hududlardagi millatlar o’rtasidagi nizolarga ham 
sabab bo’ldi. Mustaqil, suveren Qirg’iziston davlati uchun ham milliy chegaralarning 
belgilanishi uhim ahamiyat kasb etadi. O’rta Osiyodagi milliy hududiy muammolarning 
ildizi uzoqqa borib taqaladi. Buning sababi esa 1924-yilda yuqoridan turib amalga 
oshirilgan milliy hududiy chegaralanishdir…” 
Yuqorida keltirilgan xorijiy taqiqotchi olimlar asarlari tahlilidan olinadigan saboq 
shundan iboratki, hattoki bir davlat ichidagi hududiy nizolar doimo millatlar o’rtasidagi 
munosabatlarning yomonlashuviga olib keladi. Sobiq Ittifoq davlatlarining bugungi 
kundagi mustaqillik davrlarida bunga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Ilgari xo’jaliklar o’rtasida 
muammo bo’lgan yer talashishlar bugungi kunda o’z-o’zidan davlatlararo muammoga 
aylanib qolmoqda
5

Bundan tashqari www. allbest. ru saytida berilgan Tojikistonning milliy-hududiy 
chegaralanishiga oid maqolada bo’lsa yuqorida keltirilgan fikrlardan biroz boshqacharoq 
3
Credo. ru 
4
Credo. ru 
5
Credo. ru 


JOURNAL OF ADVANCED
RESEARCH AND STABILITY (JARS) 
Volume: 01 Issue: 06 | 2021 
ISSN: 2181-2608
305 
fikrlarni uchratish mumkin. 1924-yil 14-oktabrda SSSR MIK ning II sessiyasi milliy-
hududiy chegaralanish masalasini hal qildi va Turkmaniston SSR, O’zbekiston SSR, 
O’zbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR, Qozog’iston ASSR va RSFSR tarkibida 
Qoraqirg’iz va Qoraqalpoq avtonom viloyatlari tashkil etildi.
Bizgacha ma’lum bo’lgan sovet adabiyotlari Barcha etnik guruhlarga milliy hududlarni 
berish hamda o’z taqdirini o’zi hal qilishi mumkinligi borasidagi bolshveklarning 
umumiy siyosatiga qaramay, 1920 va 1930-yillarda bir necha millat va elat vakillari o'z 
hududlaridan tashqarida qoldi. Ko'p holatlarda bu guruhlar yo keng tarqalib ketgan yoki 
bu ozchiliklar boshqa guruh uchun milliy respublika sifatida belgilangan joylarda 
to'plangan, masalan, ba'zi millatlardagi aholining uchdan bir qismini tashkil qilgan 
polyaklar va yahudiylar millat deb hisoblangan. Ukraina yoki Belorussiya 
SSR hududlari yoki ba'zi shahar va shaharchalarda aholining qariyb yarmi yahudiylar 
bo`lsada, ammo biron bir hududiy birlik tashkil etilmagan (lekin, Rossiyaning Uzoq
Sharqida 1934-yilda yahudiy avtonom viloyati tashkil etilgan). Asosan bu sohalarda 
yahudiyzabon yahudiyalar uchun yahudiy tilining Belorus SSR davlat tili 
sifatida belgilanishi va Rossiyaning yirik shaharlarida yahudiy tilida tegishli milliy xalq 
ta'limi tizimi, shu sohalarda yahudiy adabiyoti va teatrining targ'ib qilinishi kabi 
siyosatlar olib borildi
6

Mazkur davrga oid qator ilmiy tadqiqot ishlari bilan mashhur bo’lgan amerikalik 
tadqiqodchi olim Eduard Allwarth o’zining mashhur “Zamonaviy o’zbeklar: O’n 
to’rtinchi asrdan to hozirgacha bo’lgan davr” (“The Modern Uzbeks: From the 
Fourteenth Century for the Present”) asarida mazkur mavzu doirasida quyidagicha fikr 
bildirib o’tgan: 1923-1924-yillarda O’rta Osiyoda o’tkazilgan ma’muriy-hududiy 
chegaralanishdan o’tkazilishdan bosh maqsad birinchi navbatda o’zbeklarning O’rta 
Osiyo xalqlarini birlashtirish salohiyatiga barham berishdan iborat edi. Buning sababi 
shunda ediki, yuqorida qayd etilgan xalqlarni birlashtirish g’oyalari bevosita o’zbeklar 
bilan bog’liq edi. Bu haqida Allwarth shunday deydi: o’zbeklar madaniy sohada ham, 
siyosiy sohada ham Markaziy Osiyoning janubiy qismida yuqori mavqeiga ega edi. 
Ruslar uchun o’zbeklar uch tomonlama xavf solar edi. O’zbeklar Markaziy Osiyoning 
o’troq aholi yashaydigan mintaqalarida ko’pchilikni tashkil qiladi va butun janubiy 
hududlarning ijtimoiy va madaniy hayotida faol ishtirok etardi. Agar o’zbeklar o’zlari 
yashaydigan hududlarda siyosiy faolitayini davom ettiraversalar ular mintaqa ishlariga 
6Gessen, Masha (2016). Yahudiylar bo'lmagan joyda: Rossiyaning Yahudiy avtonom viloyati Birobidjanning qayg'uli va 
bema'ni hikoyasi (Birinchi tahriri). Nyu York. 


JOURNAL OF ADVANCED
RESEARCH AND STABILITY (JARS) 
Volume: 01 Issue: 06 | 2021 
ISSN: 2181-2608
306 
bundan buyon ham kuchli ta’sir ko’rsataverar edi. Markaziy Osiyo xalqlariga nisbatan 
o’zbeklarda boshqa etnoslarni assimilyatsiya qilish ehtimoli katta edi. Bunday 
assimilyatsiya provardida o’zbeklar yashaydigan hududlarning doirasini kengaytirar va 
o’zbeklarning son jihatidan salmog’ini yanada oshirar edi. Aftidan bunday omillar 
Rossiyaning va mustabid tuzumning Markaziy Osiyodagi missiyasiga rahna solar edi, 
shu sababli ushbu masala 1917-yilning martidan keying o’n yillikda V. I. Lenin va I. V. 
Stalin tomonidan ilgari surilgan sotsial-demokratik ishchi partiyasining mafkurasi va 
siyosati yangi sovet hokimiyatining dasturiga aylangan kezda judayam dolzarb masalaga 
aylandi. Moskvadagi rahbarlar o’zbeklarning ta’siri kamaytirilsa, Markaziy Osiyoni 
boshqarish osonroq bo’lishini va boshqa etnik guruhlarni nazorat qilish imkoniyati 
keskin ko’tarilishini yaxshi fahmlar edi, Shu sababli avval mavjud bo’lgan uchta 
subyektni tugatib, Markaziy Osiyoni oltita ma’muriy birlikka parchalab tashlashni 
ko’zlovchi sovet siyosati bosh maqsad qilib belgilab olindi. Birinchi respublika bo’lmish 
Qozog’iston Respublikasi panislomizmga qarshi qaratilgan bolshveklarning ilk 
loyihalaridan biri edi.
“Turkiston va Rossiya imperiyasi taqdiri” (“Turkestan and the Fate of the Russian 
Empire”) asarining muallifi Daniel Brower ruslarning qozoqlarga Chor Rossiyasi 
davridayoq xayrixoh bo’lganligi haqida shunday deydi: “Markaziy Osiyoda ruslar ikki 
xil madaniy zonaga duch keldi: ko’chmanchi qozoq va qirg’izlar katta hududlarni 
egallagan bo’lsa, o’troq xalqlar esa eng aholi zich mintaqaga joylashgan edi. K. P. fon 
Kaufman qirgizlar tabiiy va hanuzgacha primitiv prinsiplarga asoslangan o’ziga xos 
turmush tarziga egaligiga ishonchi komil edi. Primitiv turmush tarzi yovvoyilikka yaqin 
xususiyatni kasb etishi mumkin edi. Biroq uning nuqtayi nazaridan bunday turmush tarzi 
o’zida islom dinidan himoya qiluvchi kuchni mujassamlashtirardi. Uning real dalil 
isbotlarga emas balki batamom G’arb ijtimoiy nazariyasiga asoslangan qarashi bunday 
qoloq xalqlar murakkab dinga ega emasligini anglatar edi. Ko’chmanchilar rasman 
islom diniga e’tiqod qiladi, aslida bu dindan o’zini chetga oladi va muayyan diniy 
e’tiqodga ega emas. Islom dini dasht hududlarida hozirgi Qozog’iston hududida 
hukmronlik qilmasligi kerak. Ushbu xaqlarning kalajagi Rossiyaning Turkistondagi 
islom diniga nisbatan tutgan siyosatiga bog’liq. U kolonial siyosat olib boorish uchun 
etnik tafovutarni bilish zarurligiga amin edi. Amaliy faoliyat doirasida rus kuzatuvchilari 
shunday xulosaga keldi: Sartlar- bu eng avvalo urug’-aymoqlarga bo’linishdan voz 
kechgan savdogarlar, hunarmandlar yoki dehqonlardir. Demak G’arb andozalari 
bo’yicha sartlar Turkistonning tub aholisi orasida eng yuksak ijtimoiy mavqeini 


JOURNAL OF ADVANCED
RESEARCH AND STABILITY (JARS) 
Volume: 01 Issue: 06 | 2021 
ISSN: 2181-2608
307 
egallagan.Turkmanlar, qozoqlar va qirg’izlar insoniyat taraqqiyotining quyi pog’onasida 
joylashgan ko’chmanchilardir. K.P. fon Kaufman fikricha agar ko’chmanchilar 
ma’muriy hududiy jihatdan sartlarga yaqin joylarga joylashtirilsa ular fanatik, monofiq 
va poraxo’r mullalar, hojilar, avliyolar va darveshlarning qurbonlariga aylanadi. Shu 
sababdan mintaqa viloyatlaridagi okruglar va tumanlarning ma’muriy chegaralarini tuzib 
chiqishda sartlar hamda qirg’izlarni hududiy jihatdan qat’iy ajratish bosh maqsadga 
aylandi. K.P. fon Kaufmanning colonial boshqaruvi islom dinini tiyib turish va tub 
xalqlarning hurmatini qozonish imkonini beradigan bilimlarga asoslangan edi. Buni 
ro’yobga chiqarish uchun u birinchi qadamni ushbu hudud va xalqlarning noyob jihatlari 
bilan tanishishdan boshladi. So’ngra maxsus institutlar tuzilda va Rossiya hukmronligini 
o’rnatish uchun zarur bo’lgan siyosat yaratildi. Shundan keyin Turkistonni imperiyaning 
mustahkam hududiga aylantirishni boshlash mumkin edi. Qozoq respublikasini tashkil 
etishdan bosh maqsad O’rta Osiyodagi Turkiston va Rossiyadagi Tatariston, Qrim, 
Boshqirdiston va Kavkaz kabi turk o’lkalarida to’siq bo’ladigan hududni yaratish, islom 
bayrog’i ostida g’oyalarning Turkistondan Rossiyaning turkiy musulmon o’lkalariga 
tarqalishining oldini olish edi.” 
Tadqiqotchil olim Arne Haugen “”(“The Establishment of National Respublics in Soveit 
Central Asia”) asarida qozoq dashtida olib borilgan mazkur siyosat haqida quyidagicha 
xulosa beradi: “Rossiya hukumati Markaziy Osiyoda sivilizatorlik missiyasini 
cheklangan miqdorda amalga oshirdi. Bir qancha rus maktablari ochildi va eng asosiysi 
ma’rifat yo’lida gazetalar chop etish yo’lga qo’yildi. Shunga qaramay bu ehtiyotkorona 
yondashuv edi. Chunki ruslarning ko’z o’nggida islom dini dahshatli fanatizmni 
qo’zg’atishi mumkin edi. Islom dini asta-sekin o’z ahamiyatini yo’qotishiga umid 
bog’lab u nazardan chetda qoldirildi, din e’tiborga olinmadi va yakkalab qo’yildi hamda 
har qanday hujum islom diniga emas uning tashkiliy tuzilmasiga qaratidi. Chor 
hukumati yuritgan bunday siyosat eng avvalo Markaziy Osiyoning janubiga taalluqlidir. 
Qozoq dashtlarida vaziyat tubdan farq qilar edi. U yerda janubdagiga nisbatan ruslar 
amalga oshirgan o’zgarishlar kuchliroq sezilar edi. Masalan dunyoviy ta’lim dasturi 
Turkistonga nisbatan qozoq dashtlarida ancha kengroq joriy etilgan edi. Bu tez orada 
intellektual kamolotga yetishishga va qozoq ziyolilarining paydo bo’lishiga olib keldi. 
Shuningdek Qozoq Respublikasining tashkil etilishi O’rta Osiyodagi bosmachilik 
harakati Rossiyaning Tatariston, Boshqirdiston, Kavkazdagi turkiy musulmon 
o’lkalariga tarqalishining oldini olar edi. Sovetlarning milliy hududiy chegaralanish 
o’tkazishga majburlagan sabablar to’g’ridan to’g’ri panturkizm, panislomizm hamda 


JOURNAL OF ADVANCED
RESEARCH AND STABILITY (JARS) 
Volume: 01 Issue: 06 | 2021 
ISSN: 2181-2608
308 
bosmachilik harakati bilan bog’liq edi”. 
Arne Haugen bu borada shunday deydi: “G’arb nuqtayi nazariga ko’ra bosmachilar chet 
ellik bosqinchilarga ya’ni ruslarga qarshi milliy ozodlik kurashchilaridir”. 
Boymirza Hayit fikricha: “Bosmachilik milliy ozodlik kurashchilarining uyushgan sa’yi 
harakatini o’zida mujassam etgan”. Olim bunday xulosaga kelishida I. V. Stalinning 
bayonotiga asoslanganligi birlamchi ahamiyat kasb etganligini anglash qiyin emas. I. V. 
Stalin bosmachilik arakati Markaziy Osiyo respubliklalarini Sovet hokimiyatidan ajratib 
olishni maqsad qilgan deb ta’kidlagandi. 
Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro`yxati
1. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik 
shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T: O`zbekiston,1997.
2. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.T: O`zbekiston, 2009.
3. Alimova D., va boshq. O’zbekiston tarixi. T.: Sharq, 2000.
4. O.Atamirzayeva, V.Gentshke, R.Murtazayeva. 
5. Узбекистан Многонациональный : Историко-Демографический Аспект. T.: 
Yangi asr avlodi, 2011
6. Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. T.: Sharq, 2010.
7. Tursunov X. O’zbekiston SSRning tashkil topishi. T.: Fan, 1957.
8. O’zbekistoning yangi tarixi: O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. Ikkinchi 
kitob. T.:Sharq, 2000.
9. O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. T.: O’zbekiston, 2006.
10. O’zbekiston SSR tarixi. I.Mo’minov tahriri ostida. T.: Fan,1971.
11. Крыльцов. И. И. Государственное размежевание Средне-Азиатских 
Республик//Вестник юстиции Узбекистана. 1925. №1.
12. Мухаммедяров Ш.Ф., К истории проведение национально-государствен-ного 
размежевания Средней Азии в 1924 г.// Советское Востоковедение. 1955. №1.
13. www.credo.ru
14. www.albest.ru 

Download 1,09 Mb.




Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Microsoft Word 301-308 Oˇrta Osiyoda Milliy-Hududiy Chegaralanishning Oˇtkazilishi Maqsad, Mohiyat Va Oqibat

Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish