|
Taekvondo va sport faoliyati fakulteti
|
bet | 1/11 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 70,58 Kb. | | #234689 |
Bog'liq Mashg\'ulotda charchash va tiklanish darajalari
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
TAEKVONDO VA SPORT FAOLIYATI FAKULTETI
“Sport menejmenti” kafedrasi
“Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: “Mashg'ulotda charchash va tiklanish darajalari”
Bajardi: 22/207-guruh (Menejment) talabasi Yuldoshev A
Ilmiy rahbar:Kadirov.A
Toshkent 2024
Mundarija:
KIRISH 3
Kurs ishining vazifalari: 4
1.1.Jismoniy sifatlar va ularning moxiyati. 6
Xulosa 33
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Har bir jamiyatimiz a’zosining zaruriy ehtiyojlaridan biri ilm olishdir. Mustaqil taraqqiyotimizning ilk kunla ridan boshlaboq uning huquq va manfatlari oliy qadriyat sifatida ulug‘lanib kelinmoqda. 1-Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan inson manfaatlarini ta'minlash barcha o‘zgarish va islohotlarimizning bosh maqsadiga aylandi shu maqdadlarni hozirgi amaldagi yurtboshimiz ham uzluksiz davom ettirmoqda. Buni birgina ta'lim sohasidagi o‘zgarishlar misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Shuning uchun ham bu sohada amalga oshirilayotgan islohatlar halqaro hamjamiyat tomonidan ham keng ko‘lamda e’tirof etilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yil 5-martdagi ,,Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risidagi” farmoniga asosan: Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmalarni yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta'minlash borasida va respublikaning chekka hududlaridagi bolalarni jismoniy rivojlantirish darajasini kompleks o‘rganish, milliy genofondimizni bugungi holatini aniqlash bilan birga bolalarni sportning u yoki bu ruhiy moyilligiga qarab, jismoniy tarbiya va sportni ma'lum bir turi bo‘yicha yo‘naltirishdan iborat ekanligini takidlab o‘tdi.1
Mamlakatimizning jismoniy madaniyati va jismoniy tarbiyasi ta'limi jarayoni bundan istisno emas. Hozirgi kunda davlat siyosati darajasigacha ko‘tarilgan ”Barkamol avlod tarbiyasi”ning yetakchi o‘zani sanalgan jismoniy tarbiya ta'limining rivojlanishiga innovatsion salohiyat va qulay shart- sharoitlar yuzaga kelganligi o‘z navbatida soha kadrla rini tayyorlash jarayonini takomillashtirishni taqazo etadi. Shunga ko‘ra halqaro talablarga javob beradigan darsliklrni tayyorlash hozirgi kun talabi hisoblanadi.
Shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2019-yil 13-fevralda tasdiqlangan 2019-2023-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaroriga asosan: Respublikada jismoniy tarbiya va sportni faol rivojlantirish aholini barcha qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzining foydasi va ustunligini keng targ‘ib qilish, mamlakatda yaratilgan jismoniy tarbiya sog‘lomlashtirish va sport infratuzilmasidan to‘loqonli va samarali foydalanishni taminlash, shuningdek, yanada takomillashtirish maqsadida ustuvor yo‘nalish va vazifa etib belgilandi.2
Jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, sport sohasi kadrlarini tayyorlashning mavjud milliy modeli talablaridan kelib chiqib, Respublikamiz oliy o‘quv yurtlarining jismoniy tarbiya fakultetlari talabalariga mo‘ljallangan, 2005 yilda chop etilgan”Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat” bakalavrlari ixtisosligining kasbiy bilimlarini beruvchi “Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti” darsligining 2-to‘ldirilgan variantini o‘qib chiqishlaringizni istab qolardim..
Chunki, mamlakatimizning soha kadrlarini tayyorlash milliy modeli talablari jahon standartlariga javob beruvchi, ilg‘or xalqaro innovatsialarni o‘zida mujassam lashtirgan davlat tilidagi, ayniqsa, yangi pedagogik texnolo giyalar asosida o‘qitishga mo‘ljallangan maxsus adabiyotlarni yaratishni nazarda tutmoqda.
|
| |