|
Chaqqonlik va uni tarbiyalash
|
bet | 3/11 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 70,58 Kb. | | #234689 |
Bog'liq Mashg\'ulotda charchash va tiklanish darajalari1.2. Chaqqonlik va uni tarbiyalash
Chaqqonlikni nisbatan xususiy bo`lgan sifatlaridan biri muskullarni ratsional bo`shashtira bilishni o`rganish va uni takomillashtirishdir. Har qanday harakat ma`lum ma`noda muskullarni ko`zg’alishi va bo`shashtirilishining natijasidir. Ko`zg’alishdek, bo`shashtirish (lozim bo`lgan muskulni, lozim bo`lgan payitda) ni bilish har qanday harakatni samarali bajarishda muhim rol o`ynaydi. Harakatni qoyilmaqom qilib bajarish uchun vaqtihcha bo`shashib turishi kerak bo`lgan muskullar guruhining tarangligi harakatni bajarish uchun lozim bo`lgan bemalollik (bo`g’iqliq)ni, harakatni erkin bajarishni yo`qqa chiqaradi.
Harakatni bo`g’iq, emin-erkin bajara olmasak ruhiy va muskul tarangligi orqali sodir bo`ladi deb uni ikki guruhga ajratiladi. Ruhiy taranglik asosan his hayajonga sabab bo`ladigan faktorlar (kuchli raqibni ko`rish, musobaqalashadigan muhit, tomoshabinlar va h.k.) orqali sodir bo`ladi va chaqqonlikkagina emas, organizmning boshqa funktsional hamda jismoniy sifatlariga ham salbiy ta`sir ko`rsatadi. Bu diqqatni to`play olmaslik, faoliyat tarkibidagi o`zgartirish qilishda kechikish, harakatlar ketma-ketligini buzilishi va boshqalar tarzida namoyon bo`ladi. Bu noqulayliklar bilan kurashish yo`llari xaqida “Sport psixologiyasi” fanida lozim bo`lgan ma`lumotlarni olish mumkin. Ruhiy taranglik albatta muskul tarangligini sodir bo`lishi bilan kuzatiladi.
Muskul tarangligi turli sabablar orqali vujudga kelib quyidagi qayd qilingan uch shaklda namoyon bo`ladi: a) muskul tonusini ortishi (gipermoiotoniya) orqali muskul taranglashishi; b) o`ta tez bajarish oqibatida muskulni taranglikdan tushishga, bo`shashishga ulgurmasligidan sodir bo`ladigan taranglik; v) koordinatsiyaviy, (takomillashmagan koordinatsiya sababli muskul bo`shashishi fazasida bir oz qo`zg’aluvchanlikni mavjudligi orqali sodir bo`ladigan) taranglik.
Qayd qilingan chaqqonlikni namoyon bo`lishiga salbiy ta`sir ko`rsatayotgan muskul tarangligini engish usullari sport fiziologiyasi va jismoniy tarbiya nazariyasi fanlari orqali o`rganiladi.
Chaqqonlikni rivojlantiruvchi mashqlar tez charchatadi. Bunday mashqlarni bajarishda muskullar nihoyatda aniq va yuqori darajadagi sezgi talabiga muhtoj bo`lib, charchash sodir bo`lganda, mashqni bajarish kam samara beradi. Shunga ko`ra organizm sarflangan energiyani nisbatan to`liq tiklanishi uchun etarli bo`lganda dam olish oraliqlaridan (intervaldan) foydalaniladi. Yuqori darajada energiya sarflash bilan bajarilgan mashqlardan so`ng chaqqonlikni tarbiyalaydigan mashqlarni bajarish biz kutmagan natijani beradi.
Muskul ishi faoliyatida jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish davomida charchoqka qarshilik ko`rsatish darajasi chidamlilik sifati deb ataladi.
Jismoniy mehnat (sport faoliyati)ni5 bajarayotgan kishi sekin asta o`z faoliyatni davom ettirishi qiiynlashayotganligini sezadi. Ter quyuilib oqa boshlaydi, yuzida qizillik kuchayadi, rangi o`zgaradi, muskullarida xorg’inilik sezadi, harakat koordinatsiyasi, harakat texnikasi tarkibidagi elementlarning bajarish ketma-ketligi buziladi, nafas olishi ritmi chuqurligi o`zgaradi. Bajarayotgan harakati tarkibida qo`shimcha keraksiz harakatlar paydo bo`ladi, qo`shilib qoladi. Bunga asosan, organizmda kechayotgan fiziologik, bioximiyaviy va biomexanik o`zgarishlar sabab bo`ladi. Faoliyatni davom ettirish esa ruhiy, irodaviy va boshqa sifatlar evaziga bajariladi. Bunday holatni konpensatsiyali charchoq fazasi deyiladi.
Agarda iroda namoyon qilish darajasini ortganligiga qaramay, ish intensivligi pasaya borsa, konpensatsiyasiz charchoq fazasi boshlanganligini kuzatamiz.
Charchoq o`zi nima mehnat (mashq qilish) davomida ish qobiliyatining vaqtihchalik susayishi charchoq deyiladi. Bir xil ish faoliyati davomida charchoq turli kishilarda turlicha bo`lishi amaliyotda isbotlangan. chunki, har bir individning chidamliligini rivojlanganligi turlichadir.
Bobokalonimiz Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosidan charchash mavzusiga katta e`tibor berilgan. Bir minginChi yili yozishni boshlab, bir ming yigirma to`rtihchi yili mukammal tarixiy ilmiy asarga aylangan «Kitob ul qonun fit Tib”da surunkali jismoniy mashq bajarish charchoqni vujudga keltirishiga to`xtalib uni to`rt xilga ajratib izoh bergan:
1. Yarali charchash – unda terini yuzida yoki tagida yara kabi narsa seziladi.
2. Qotib charchash – unda kishi go`yo gavdasini ezilgan yoki majag’langan gumon qilib tanasida issiqlik va bo`shashishni sezadi.
|
| |