|
BOB. Chidamlilikni rivojlantirish metodikasi
|
bet | 8/11 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 70,58 Kb. | | #234689 |
Bog'liq Mashg\'ulotda charchash va tiklanish darajalari2.BOB. Chidamlilikni rivojlantirish metodikasi
2.1. Kuch va uni rivojlantirish uslubiyati
Chidamlilik va uni rivojlantirish uslubiyati. Kurashchining chidamliligi10 - bu butun bellashuv davomida harakatlarni yuqori sur’atda bajarish va butun musobaqa davrida bir nechta bellashuvlarni shiddat bilan o’tkazish qobi- liyatidir.
Yuqori darajadagi chidamlilik kurashchiga katta trenirovka va musobaqa nagruzkalarini o’zlashtirishga, muso-baqa faoliyatida o’zining harakat qobiliyatlarini to’laqonli ravishda amalga oshirishga imkon beradi.
Kurashda umumiy va maxsus chidamlilik farqlanadi.
Umumiy chidamlilik deganda sportchining sust shiddatdagi ishni uzoq vakt bajarishga bo’lgan qobiliyati tushuniladi.
Maxsus chidamlilik kurashchining musobaqa bellashuvi da-vomida turli xususiyatdagi harakatlar va amallarni har xil kuchlanishlar bilan hamda gavdaning turli holatlarida yuqori sur’atda bajarish qobiliyati orqali tavsiflanadi.
Kurashchining musobaqa faoliyati ko’p qirrali va mushak tizimining ulkan ishi bilan bog’liq (kurashda statik va dinamik tartibda ishlovchi deyarli hamma mushak guruhlari qatnashadi). Shuning uchun chidamlilik nafaqat ishlayotgan mushaklarga yetkazib beriladigan kislorod miqdori bilan, balki mushaklarning o’zining uzoq vaqt davom etadigan kuchli zo’riqishli ishga bo’lgan moslashishi bilan aniqlanadi. Sportchi trenirovka va musobaqa faoliyatida ma’lum bir toliqishni yengib o’tgan taqdirdagina uning chidamliligi takomillashadi. Jismoniy toliqish va chidamlilik asosida mushak faoliyatining turli xildagi ta’minoti jarayonlari yotganligini bilgan holda ularning faoliyat ko’rsatish darajasini oshirish uchun ularga maqsadli ta’sir etish mumkin.
Mashg’ulot yuklama, sportchi organizmiga ta’sir ko’rsatish chorasi sifatida, quyidagi tavsiflar bilan belgilanadi: - mashq shiddati; - mashq davomiyligi; - takrorlash soni; - dam olish oralig’i davomiyligi; - dam olish xususiyati.
Dam olish oralig’i tiklanish uchun yetarli bo’lgan sust shiddatli mashqlarni bajarishda har bir keyingi urinish taxminan avvalgisiga o’xshagan ko’rinishda boshlanadi.
Ushbu holda dam olish oralig’ini kamaytirishda nagruzka ko’proq aerob nagruzkaga aylanadi, chunki odatda 3-4 minutga kelib vujudga kelayotgan nafas olish jarayonlari ham o’z kuchini saqlab qolgan bo’ladi.
Maksimal va submaksimal quvvatli mashqlardagi dam olish oralig’ini kamaytirish nagruzkani anaerob nagruzkaga aylantiradi, chunki mashq takrorlangan sari kislorod qarzi oshib boradi.
Dam olish xususiyati mashqlar o’rtasida faol, sust va aralash bo’lishi mumkin.
O’qitishning kritik nuqtasiga yaqin bo’lgan tezlikda ishlash paytida faol dam olish nafas olish jarayonlarini yuqori darajada ushlab turishga yordam beradi va ishdan dam olishga hamda aksincha holatga keskin o’tishning oldini oladi. Bu nagruzkani ko’proq aerob nagruzkaga olib keladi. Bundan tashqari, og’ir mehnatdan so’ng faol dam olish tiklanish jarayonlarini tezlashtiradi. Mashqlar o’rtasida sust dam olish paytida sportchi, butkul tinch holatda bo’lib, hyech qanday harakatlarni bajarmaydi.
Chidamlilikni rivojlantirish uchun quyidagi uslublar qo’llaniladi: bajariladigan mashqlar hajmi va shiddatini oshirish, o’zgaruvchan, oraliqli, o’zgaruvchan-oraliqli, takrorlash.
Hajmni oshirish uslubi shundan iboratki, jismoniy mashqlarni bajarish vaqti mashg’ulotlardan mashg’ulotga asta-sekin oshib boradi. Bu uslub mashg’ulotlar sonini ko’paytirishini nazarda tutadi.
Shiddatni oshirish uslubi jismoniy mashqlarni bajarish sur’ati, shuningdek butunlay mashg’ulot zichligini mashg’ulotdan mashg’ulotga asta-sekin oshirib borishni ko’zda tutadi.
O’zgaruvchan uslub shundan iboratki, jismoniy mashqlar har xil sur’atda bajariladi. Bunda past sur’atda o’tkaziladigan vaqt bo’laklari mashg’ulotdan mashg’ulotga kamayib, baland sur’atda o’tkaziladiganlari ortib boradi.
Oraliqli uslub shundan iboratki, bunda jismoniy mashqlar bo’laklarga bo’linib (seriyalab), sust va faol dam olish oraliqlari bilan bajariladi. Mashg’ulot vazifalari mashqlarni bajarish sur’ati va davomiyligiga, shuningdek kurashchining mashqlanganlik darajasi hamda kayfiyatiga qarab, ish hamda dam olish oraliqlari davomiyligiga ko’ra har xil bo’lishi lozim.
Takrorlash uslubi shundan iboratki, sportchi bir mashg’ulotning o’zida yoki bir nechta mashg’ulotda xajmi va shiddatiga ko’ra bir xil bo’lgan mashqlarni takrorlaydi.
Sport mashg’uloti jarayonida hamma uslublar bir-biri bilan turlicha uyg’unlashtirilgan holda qo’llaniladi. Chidamlilikni tarbiyalash samaradorligi ko’p jihatdan trenirovka jarayonining oqilona tuzilganligi bilan belgilanadi. Turli yo’nalishdagi mashqlarni bajarishda ma’lum bir ketma-ketlikka amal qilish va ularning ijobiy o’zaro ta’sir etishini ta’minlash juda muhimdir. Quyidagi ketma-ketlikka rioya etish maqsadga muvofikdir: - avval alaktat-anaerob mashqlar (tezkor va tezkor kuch), so’ngra anaerob-glikolitik (kuch chidamliligi uchun) mashqlar; - avval alaktat -anaerob, so’ngra aerob mashqlar (umumiy chidamlilik uchun); - avval anaerob-glikolitik, keyin aerob mashqlar.
Agar mashqlar ketma-ketligi teskari bo’lsa, tez trenirovka samarasining o’zaro ta’siri salbiy bo’ladi hamda bunday mashg’ulot kam foyda beradi.
|
| |