Science technology & Digital finance
APRIL-2024
ISSN:2992-9199
https://supportresult.uz/index.php/stdf/index
VOLUME|2 ISSUE|4
www.supportresult.uz
43
Science technology & Digital finance
journal homepage: https://supportresult.uz/index.php/stdf
O‘ZBEKISTONDA DAVLATNING PUL-KREDIT SIYOSATI, UNING DASTAKLARI
VA AMALGA OSHIRISH VOSITALARI
Bozorboyev Diyorbek Po‘lat o‘g‘li
O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali talabasi.
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekistonda davlat pul kredit siyosati, uning dastaklari va amalga oshirish vositaslari
to‘g‘risida malumot berilgan hamda bu tizimning rivojlanishi va istiqbollari va 2024-yilgacha mo‘ljallangan
asosiy yo‘nalishlari tahlili kabi ustuvor yo‘nalishlarning amaliyotdagi tahlillari ko‘rsatib berilgan.
Kalit so‘zlar:
pul-kredit tizimi, valyuta, markaziy bank, inflyatsiya, soliq-budjet, devalvatsiya, inflyatsion targetlash.
Email:
©2024. Bozorboyev Diyorbek Po‘lat o‘g‘li
_
Published by Fast support and result LLC. This is an open access article under the CC BY-NC-ND license
Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License
.
Science technology & Digital finance
APRIL-2024
ISSN:2992-9199
https://supportresult.uz/index.php/stdf/index
VOLUME|2 ISSUE|4
www.supportresult.uz
44
Kirish
Mamlakatimizda
hududlarni
kompleks va mutanosib rivojlantirish
dasturlari
ijrosining
faollashuvi,
iqtisodiyotni,
jumladan,
tadbirkorlik
faoliyatini kreditlash hajmlarining sezilarli
kengaytirilishi,
o‘z
navbatida,
pul
massasining tez sur’atlarda oshishiga olib
keldi. 2017-yilda boshlangan iqtisodiyotni
liberallashtirish va bozor mexanizmlari
rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy
islohotlarning yangi bosqichi o‘rta muddatli
istiqbolda bank tizimi va pul-kredit
siyosatini
rivojlantirishning
ustuvor
yo‘nalishlarini belgilab berdi. Valyuta kursi
shakllanishida
tamomila
yangi
yondashuvdan
foydalanilishi,
o‘z
navbatida, Markaziy bankning asosiy
e’tiborini
ichki
bozordagi
narxlar
barqarorligiga qaratish asnosida pul-kredit
siyosatini takomillashtirish imkoniyatini
beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 13-sentabr
kuni
“Pul-kredit
siyosatini
yanada
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qaror bilan
Markaziy
bankning
o‘rta
muddatli
istiqbolda pul-kredit siyosati maqsadlariga
erishish mexanizmlari va prinsiplarni,
jahondagi markaziy banklar tomonidan
ichki narxlar barqarorligini ta’minlashda
qo‘llaniluvchi
inflyatsion
targetlash
tartibiga (Inflyatsion targetlash – bu o‘rta
muddatli istiqbolda inflyatsiya maqsadini
belgilash va unga erishishga qaratilgan pul
siyosati rejimi) qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha
taklifi tasdiqlandi.
Asosiy qism
Markaziy bank, Moliya vazirligi va
Iqtisodiyot vazirligi tomonidan 2017—2021-
yillar davrida pul-kredit siyosatini yanada
takomillashtirish va inflyatsion target
rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha
ishlab chiqilgan chora-tadbirlar majmui
tasdiqlandi. Markaziy bankka 2018-yil 1-
martgacha pul-kredit siyosatini amalga
oshirish va rivojlantirish o‘rta muddatli
Konsepsiyasini hamda konsepsiyani 2018—
2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l
xaritasini” ishlab chiqish va tasdiqlash
vazifasi topshirildi.
Unda inflyatsion target rejimiga
quyidagi yo‘llar bilan bosqichma-bosqich
o‘tish nazarda tutilgan:
-
umumiqtisodiy, soliq-budjet
va pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirish
amaliyotini takomillashtirish, iqtisodiy
o‘sish maqsadlari, davlat budjeti balansi va
iqtisodiyotdagi
narx
darajasining
barqarorligi
bo‘yicha
maqsadlar
muvofiqligi hamda o‘zaro aloqalarini
ta’minlashga alohida e’tibor berish;
-
likvidlikni taqdim etish va jalb
qilish operatsiyalari bo‘yicha samarali
foydalanadigan foizli pul-kredit siyosati
vositalarini kengaytirish;
-
tijorat banklari tomonidan foiz
stavkalarini shakllantirish uchun bozor
mexanizmlarini, shu jumladan, kreditlar
bo‘yicha keng qo‘llash;
Science technology & Digital finance
APRIL-2024
ISSN:2992-9199
https://supportresult.uz/index.php/stdf/index
VOLUME|2 ISSUE|4
www.supportresult.uz
45
-
makroiqtisodiy
tahlil
va
prognozlarning eng yaxshi xorijiy tajriba
modellariga muvofiq takomillashtirish;
-
pul-kredit
siyosatining
shaffofligi va oldindan taxmin qilinish
imkoniyatini
oshirish,
jumladan,
qo‘llaniladigan
vositalar
va
olib
boriladigan siyosatning asosiy maqsadlari
to‘g‘risida axborot berish maqsadida
jamoatchilik
bilan
munosabatlarni
mustahkamlash.
Quyidagilar O‘zbekiston Markaziy
banki pul-kredit siyosatining asosiy
tamoyillari etib belgilandi:
-
inflyatsiyaning doimiy amal
qiladigan maqsadini belgilash va uni keng
jamoatchilikka yetkazish;
-
pul
bozoridagi
foiz
stavkalarini tartibga solish va inflyatsion
jarayonlarni boshqarish maqsadida pul-
kredit
siyosatining
keng
qamrovli
instrumentlarini qo‘llash;
-
pul-kredit siyosati sohasida
obyektiv qarorlar qabul qilish maqsadida
ichki va tashqi bozorlarda mavjud bo‘lgan
ochiq ma’lumotlarni hisobga olgan holda
batafsil
makroiqtisodiy
tahlil
va
prognozlarni amalga oshirish;
-
pul-kredit
siyosati
maqsadlarini
keng
jamoatchilikka
yetkazish,
makroiqtisodiy
holatning
oldindan ko‘ra bilinishini ta’minlash va
bozor
ishtirokchilari
ishonchini
shakllantirish
maqsadida
O‘zbekiston
Markaziy
bankining
kommunikatsiya
siyosatini takomillashtirish.
Inflyatsion targetlashga o‘tish orqali
pul-kredit siyosatini amalga oshirishning
2020-yil va 2021-2022-yillar davriga
mo‘ljallangan
asosiy
yo‘nalishlari
O‘zbekiston
Respublikasining
yangi
tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining
Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni va
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019-yil
18-noyabrdagi
PF-5877-sonli
“Inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-
bosqich o‘tish orqali pul-kredit siyosatini
takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga
muvofiq ishlab chiqildi.
Joriy makroiqtisodiy holat, jumladan,
inflyatsiyaning amaldagi dinamikasi va
prognoz
ko‘rsatkichlari,
shuningdek,
barqaror va muvozanatli iqtisodiy o‘sishni
ta’minlash zaruriyati Markaziy bank
tomonidan narxlar barqarorligini ta’minlash
bo‘yicha aniq va yanada ta’sirchan choralar
ko‘rishni taqozo etmoqda. Shu munosabat
bilan, mazkur hujjatni ishlab chiqishda,
Markaziy bank tomonidan asosiy e’tibor
tarkibiy islohotlarning yangi bosqichiga
o‘tish davrida inflyatsion targetlash rejimini
faol tadbiq etish orqali pul-kredit siyosati
sharoitlarini belgilashga qaratildi. Bunda:
-
2023-yildan inflyatsiyaning 5
foizlik doimiy maqsadli ko‘rsatkichi
(targeti);
-
2023-yilda inflyatsiyani 10
foizgacha pasaytirish maqsadi belgilandi.
2023-yilda YaIM deflyatori va
inflyatsiya sur’atlarini pasayishini inobatga
olib kreditlar qoldig‘i o‘sishi 18-20 foiz
atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Yuqoridagi
omillar natijasida, 2021-2022-yilda uy
Science technology & Digital finance
APRIL-2024
ISSN:2992-9199
https://supportresult.uz/index.php/stdf/index
VOLUME|2 ISSUE|4
www.supportresult.uz
46
xo‘jaliklarining yakuniy ist’emol xarajatlari
o‘sishi 4,5-5,6 foiz atrofida bo‘lishi ko‘zda
tutilgan. 2023-yilda ushbu ko‘rsatkich biroz
pastroq darajada (3-4 foiz atrofida)
shakllanadi va asosan, aholi tomonidan
daromadlarning bir qismini jamg‘arishga
yo‘naltirilishi bilan izohlanadi. Asosiy
kapitalga investitsiyalar hajmi o‘sish
sur’atlari mazkur ssenariyda bir maromda
tiklanib borishi, ya’ni, 2021-yilda o‘sish
sur’atlari 2-4 foiz, 2022-2023-yillarda esa
mos ravishda 2,5-4,5 va 3,5- 5,5 foiz atrofida
bo‘lishi prognoz qilinmoqda. 2021-yilda
yillik inflyatsiya darajasi bir xonali son
darajasigacha pasayib, 9-10 foiz doirasida
shakllanishi kutilmoqda.
Umuman
olganda,
inflyatsion
targetlashga o‘tish pul-kredit siyosati
sohasining barcha jihatlarini tubdan qayta
ko‘rib chiqish va takomillashtirishni talab
etadi. Bu esa, o‘z navbatida, uzoq muddatli
istiqbolda barqaror iqtisodiy o‘sishning
asosi bo‘lgan makroiqtisodiy barqarorlikni
ta’minlashda sifat jihatdan yangi bosqichga
o‘tilishini anglatadi.
Xulosa
Xulosa qiladigan bo‘lsak, O‘zbekiston
so‘ngi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan
taraqqiy etayotgan va raqobatbardosh
mamlakatga
aylanmoqda.
Zero,
raqobatbardosh
iqtisodiyotni
shakllantirmasdan,
mamlakatimizda
demokratik
islohotlarni
yanada
chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini
rivojlantirish
konsepsiyasida
ko‘zda
tutilgan maqsadli vazifalarni amalga
oshirmasdan
turib,
kelajakda
iqtisodiyotimizni rivojlangan demokratik
mamlakatlar
darajasiga
olib
chiqib
bo‘lmasligi davlatimiz rahbari tomonidan
asoslab berilgan edi. Bozor iqtisodiyoti har
bir kishidan qanday kasb egasi bo‘lmasin
iqtisodiy mushohada yuritish va shu asosda
xulosa chiqarishni o‘rganishni talab qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2020-yil 12-maydagi “2020—
2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston
Respublikasining bank tizimini isloh qilish
strategiyasi
to‘g‘risida”
PF-5992-sonli
farmoni.
2.
Sh. Shodmonov. [va boshq.] “Iqtisodiyot
nazariyasi”: Darslik. – Toshkent, 2020. 788 b
3.
Abdulloyev A.J. [va boshq.] “Pul va
banklar: o‘quv qo‘llanma” /.- Buxoro: ООО
"Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona
nashriyoti, 2021. 360 b.
4.
Abdullaeva SH.Z. Pul, kredit va banklar.
- T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2007 yil, 348 bet.
5.
Bultakov S., Bozorboyev D. O
‘ZBEKISTONDA
RAQOBATCHILIK
MUHITINING VUJUDGA KELISHI VA
RAQOBAT
TO
‘G
‘RISIDAGI
QONUNCHILIKNING MAZMUNI VA
MOHIYATI //Science technology&Digital
finance. – 2023. – Т. 1. – №. 4. – С. 73-78.
6.
Болтаков
С.
Xizmatlar
sohasini
raqamlashtirishning
samaradorligini
oshirish //Информатика и инженерные
технологии. – 2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 165-
169.
|