|
Mikroiqtisodiyot
|
bet | 1/4 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 5,9 Mb. | | #256216 |
Bog'liq тақдимот (презентация) намуна
O̒ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ORIENTAL UNIVERSITETI
“MIKROIQTISODIYOT” fanidan
TAQDIMOT (1-mustaqil ish)
Mavzu: RAQOBAT VA YAKKA HOKIMLIK
Bajardi: IQT (S) – 46 guruhi talabasi Madrimov Husniddin
Qabul qildi: PhD, dotsent M.S.Yusupov
TOSHKENT-2022
REJA:
Kirish
Asosiy qism:
1. Raqobat tushunchasi va uning mohiyati.
2. MONOPOLIYA VA UNING TURLARI.
3. Monopoliya sharoitida mahsulot hajmini aniqlash va foydani maksimallashtirish shartlari.
4. MonopolIYAGA QARSHI DAVLAT SIYOSATI.
xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Bugungi kunda monopoliya va uni tartibga solish muammolari tobora dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Bu esa monopoliyani tartbga solish va adolatli raqobatni ta'minlash vazifalari bilan uzviy bog‘langan.
Raqobatni ta’minlash sohasida davlat siyosatining asosiy prinsiplari sifatida quyidagilarni belgilash nazarda tutilmoqda:
raqobatni rivojlantirish va himoya qilish boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirishda iste’molchilar huquqlarining ustuvorligi;
teng shartlar va iqtisodiy faoliyat erkinligini hamda bozorlarning faoliyatida davlatning minimal aralashuvini ta’minlash;
raqobatga qarshi har qanday хatti-harakatlarga nisbatan murosasizlikni shakllantirish va raqobatni rivojlantirish va himoya qilish borasida davlat siyosati vositalarini qoʻllanishida raqobat betarafligi;
raqobatni rivojlantirish va himoya qilish boʻyicha davlat siyosati natijalarini oʻlchay olishlik;
davlat organlarining oʻzlari mas’ul boʻlgan tarmoqlarda raqobatni rivojlantirish uchun javobgarligi;
tabiiy monopoliya sohalarining iqtisodiy asoslangan holda raqobat bozoriga holatiga oʻtishi uchun toʻsqinlik qilishga yoʻl qoʻymaslik.
Raqobat – bu musobaqalashuv, raqiblashuv:
- Kimlar orasida? – bir xil turdagi (o̒rinbosar) tovar ishlab chiqaruvchilar orasida.
- Nima uchun? – imkoni boricha ko‘proq xaridorlar jalb etish uchun.
- Nima ortidan quvib? – maksimal foyda ortidan quvib.
|
| |