|
Milliy hisoblar tizimi – iqtisodiy statistikaning markaziy bo`G’ini
|
bet | 2/3 | Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 126,01 Kb. | | #107191 |
Bog'liq O ZBEKISTON MILLIY HISOBLAR TIZIMI IQTISODIY STATISTIKANING USLUBIY NEGIZI.SHunday qilib, MHTda behisob miqdordagi xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning barchasi beshta nisbatan bir xil guruhlarga – sektorlarga birlashtirilgan. MHTda har bir sektor uchun andozaviy hisoblamalar yig’indisidan foydalaniladi va quyidagi operatsiyalar: ishlab chiqarish, daromadlarni hosil bo`lishi, daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash, ularni saqlash va jamg’arish, moliyaviy aktivlarni sotib olish va moliyaviy majburiyatlar olish kabilar hisobga olinadi. - 1993 yilda qabul qilingan MHTning yana bir muhim xususiyati shundan iboratki, unda xo`jalik yurituvchi sub`ektlar quyidagi 5ta institutsional sektorlar bo`yicha gu ruhlarga ajratilgan:
- nomoliyaviy korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalar;
- moliyaviy korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalar;
- davlatni boshqarish;
- uy xo`jaligi;
- uy xo`jaliklari xizmatidagi notijorat tashkilotlar.
2. Asosiy hisoblamalar tizimi - Hisoblamalar MHTning eng muhim qismi hisoblanadi. Ularda institutsional birliklar yoki korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, uy xo`jaliklari va h.k.lar amalga oshirgan iqtisodiy operatsiyalar qayd etiladi.
- Tuzilishi bo`yicha MHT hisoblamalari buxgalteriya hisobi hisoblamalariga o`xshaydi. Ular T-formasiga ega bo`lib, ularni balanslashtirishning ikki xil usuli mavjud. Ularning ba`zilari balans usulida yoki balanslashtiruvchi modda so`ngra, keyingi hisoblama uchun boshlovchi modda bo`lib hisoblanadi.
- Boshqa hisoblamalar «aniqlash bo`yicha» balanslashtiriladi. Buning mohiyati shundaki, unda hisoblamaning resurs qismi bilan, ulardan foydalanish qismi orasidagi farq aniqlanadi. SHunday hisoblamalardan biri «tovar va xizmatlar» hisoblamasidir.
MHTda hisoblamalarning aniq tasnifi mavjud. Quyidagi hisoblamalar guruhini bir-biridan ajratish lozim: - MHTda hisoblamalarning aniq tasnifi mavjud. Quyidagi hisoblamalar guruhini bir-biridan ajratish lozim:
- iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar;
- iqtisodiyot tarmoqlari uchun hisoblamalar;
- ayrim iqtisodiy operatsiyalar uchun hisoblamalar;
- butun iqtisodiyot uchun hisoblamalar (yig’ma hisoblamalar).
- Iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar, o`z navbatida quyidagi guruhlarga ajratiladi:
- joriy hisoblamalar;
- jamg’arish hisoblamalar;
- aktivlar va passivlar balanslari.
- Joriy hisoblamalar quyidagilarni o`z ichiga oladi:
- ishlab chiqarish hisoblamasi;
- daromadlarni hosil bo`lishi;
- daromadlarni birlamchi taqsimlash;
- daromadlarni pul formada qayta taqsimlash;
- ixtiyordagi daromadlardan pul formada foydalanish;
- daromadlarni natural formada qayta taqsimlash;
- tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromadlardan foydalanish hisoblamalari.
- Jamg’arish hisoblamalari quyidagilarni o`z ichiga oladi:
- kapital bilan operatsiyalar hisoblamalari;
- moliyaviy hisoblama;
- aktiv va passivlardagi boshqa o`zgarishlar hisoblamalari;
- a) aktiv va passivlardagi boshqa o`zgarishlar hisoblamalari;
- b) aktiv va passivlarni qayta baholash hisoblamalari.
- Aktiv va passivlar balanslari o`z ichiga quyidagilarni oladi:
- davr boshidagi aktiv va passivlar balansi;
- davr oxiridagi aktiv va passivlar balansi.
|
| |