• 1 LABORATORIYA ISHI KOMMUTATORDA PORT XAVFSIZLIGI (PORT SECURITY) NI SOZLASH Ishdan maqsad
  • Qisqacha nazariy ma’lumotlar
  • Ishlatilmayotgan portlarni o`chirish
  • Ministry of development of information technologies and communications named after muhammad al-khwarizmi toshkent information technologies university




    Download 1.05 Mb.
    Sana02.08.2023
    Hajmi1.05 Mb.
    #77862
    Bog'liq
    1690715879 (1)
    Registering for Level 1 Level 2 Exams

    MINISTRY OF DEVELOPMENT OF INFORMATION TECHNOLOGIES AND COMMUNICATIONS NAMED AFTER MUHAMMAD AL-KHWARIZMI TOSHKENT INFORMATION TECHNOLOGIES UNIVERSITY



    Practice work


    Done by: Ramazonov Mirjon
    Checked by: Elshod aka


    Tashkent-2023
    1 LABORATORIYA ISHI
    KOMMUTATORDA PORT XAVFSIZLIGI (PORT SECURITY) NI
    SOZLASH


    Ishdan maqsad:
    Kommutatsiya jadvallari to`ldirilishiga yo`naltirilgan
    hujumlardan, tarmoqni himoya qilish imkonini beruvchi kommutatorning “portsecurity” funksiyasini sozlash bo`yicha amaliy ko`nikmalarga ega bo’lish.
    Qisqacha nazariy ma’lumotlar
    Port-security funksiyasi kommutatorning biror bir porti orqali tarmoqqa
    faqat ko`rsatilgan qurilmalar kirishini sozlashga imkon beradi. Ushbu portga
    kirishga ruxsat berilgan qurilmalar MAC-manzillar bo`yicha aniqlanadi. MACmanzillar dinamik yoki tarmoq administrator tomonidan qo`lda sozlanishi mumkin.
    Bundan tashqari Port-security funksiyasi portga ulanuvchi tugunlar sonini
    cheklashga imkoniyat yaratadi, bu esa portga MAC-manzillar sonini ko`rsatish
    orqali amalga oshiriladi. Yana bir funksiyasi MAC-manzillar jadvali to`ldirilishiga
    yo`naltirilgan hujumlardan kommutatorni himoyalash hisoblanadi (2.1-rasm.).
    2.1-rasm. Kommutatorda Port Security funksiyasining ishlash tartibi
    MAC-manzillarga cheklov kiritishning ikkita usuli mavjud:
    1. Statik – administrator qaysi manzillar kirishini ko`rsatadi (2.3-rasm);
    2. Dinamik – administrator nechta manzil kirishini ko`rsatadi va kommutator
    qaysi manzillar shu vaqtda ko`rsatilgan port orqali murojat qilayotganini
    eslab qoladi ((2.3-rasm).
    Windows OS da Ethernet adapterining MAC-manzilini ipconfig /all buyrug`i
    yordamida aniqlanadi. Quyidagi 2.2-rasmga kompyuterning MAC-manzili 00-18-
    DE-C7-F3-FB ko`rinishda keltirilgan.
    2.2-rasm. Kompyuter qurilmasining MAC-manzilini ko`rish
    Kommutator qurilmasining MAC-manzillar jadvalini ko`rish uchun show
    mac-address-table buyrug`i orqali aniqlanadi (2.3-rasm).
    2.3-rasm. Kommutator qurilmasining MAC-manzilini ko`rish
    Kommutatorni himoya qilishning oddiy usullaridan biri bu – ishlatilmayotgan
    portlarni o`chirib qo`yish hisoblanadi.
    Ishlatilmayotgan portlarni o`chirish
    Ishlatilmayotgan portlarni o`chirish – bu ko`pchilik administratorlar
    foydalanadigan, tarmoqni ruxsatsiz kirishdan himoya qilishda oddiy usullardan
    biri. Masalan, agar Catalyst 2960 kommutatori 24 portga ega va unda 3 ta
    FastEthernet portlari ishlatilayotgan bo`lsa, qolgan 21 ta ishlatilmayotgan portlarni
    o`chirib qo`yish tavsiya etiladi. Buni amalga oshirish uchun har bir
    ishlatilmayotgan portga alohida kiritiladi va o`chirib qo`yish buyrug`i beriladi:
    Cisco IOSda shutdown
    Sw1(config)#interface range fastEthernet 0/5-24
    Sw1(config-if-range)#shutdown
    Agar keyinchalik portlarni yana ishga tushurish kerak bo`lsa, no shutdown
    buyrug`idan foydalaniladi:
    Sw1(config)#interface range fastEthernet 0/5-24
    Sw1(config-if-range)#no shutdown



    Download 1.05 Mb.




    Download 1.05 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ministry of development of information technologies and communications named after muhammad al-khwarizmi toshkent information technologies university

    Download 1.05 Mb.