• Nazariy qism.
  • Laboratoriya ishi №8 Mavzu




    Download 0.51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana04.02.2023
    Hajmi0.51 Mb.
    #40968
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    8-Laboratoriya ishi
    66-MAKTAB SXEMASI, Tcp ip protokollar steki. otabek, Xristianlik dininiń bayramları, Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari, 4070-Текст статьи-9954-1-10-20211202, Document(1) entry 2, ingliz tili orqali boshlangich sinf oquvchilarda musiqa savodxodxonlik malakasini shakllantirish, Menejmentning asosiy funksiyalari 2-мустакил таълим, 71pVk2-n5igXquAB6hjkoGaaz46QITHk, 1655295125, 20.Xizmat doirasidagi kammunikastiya shakli, 21.davlat tili haqidagi qonunning hayotiy ahamiyati, Yoritish qurilmalarining turi va sonini aniqlash, Yuqori tatibli oshkormas va parametrli ko’rinishda berilgan funksiyalarning yuqori tartibli hosilalari


    389 
    Laboratoriya ishi №8 
    Mavzu: Cisco Packet Tracer dasturida port xavfsizligini ta’minlash
    Ishdan maqsad: Kommutatsiya jadvallari to`ldirilishiga yo`naltirilgan
    hujumlardan, tarmoqni himoya qilish imkonini beruvchi kommutatorning “port- 
    security” funksiyasini sozlash bo`yicha amaliy ko`nikmalarga ega bo’lish. 
    Nazariy qism. 
    Port-security funksiyasi kommutatorning biror bir porti orqali tarmoqqa 
    faqat ko`rsatilgan qurilmalar kirishini sozlashga imkon beradi. Ushbu portga
    kirishga ruxsat berilgan qurilmalar MAC-manzillar bo`yicha aniqlanadi. MAC- 
    manzillar dinamik yoki tarmoq administrator tomonidan qo`lda sozlanishi mumkin.
    Bundan tashqari Port-security funksiyasi portga ulanuvchi tugunlar sonini
    cheklashga imkoniyat yaratadi, bu esa portga MAC-manzillar sonini ko`rsatish orqali 
    amalga oshiriladi. Yana bir funksiyasi MAC-manzillar jadvali to`ldirilishiga
    yo`naltirilgan hujumlardan kommutatorni himoyalash hisoblanadi (8.1-rasm.). 
    8.1-rasm. Kommutatorda Port Security funksiyasining ishlash tartibi. 
    MAC-manzillarga cheklov kiritishning ikkita usuli mavjud: 
    1. Statik – administrator qaysi manzillar kirishini ko`rsatadi (8.3-rasm); 
    2. Dinamik – administrator nechta manzil kirishini ko`rsatadi va kommutator qaysi 
    manzillar shu vaqtda ko`rsatilgan port orqali murojat qilayotganini eslab qoladi 
    (8.3-rasm). 


    390 
    Windows OS da Ethernet adapterining MAC-manzilini ipconfig /all buyrug`i 
    yordamida aniqlanadi. Quyidagi 8.2-rasmga kompyuterning MAC-manzili 00-18- DE-
    C7-F3-FB ko`rinishda keltirilgan. 
    8.2-rasm. Kompyuter qurilmasining MAC-manzilini ko`rish 
    Kommutator qurilmasining MAC-manzillar jadvalini ko`rish uchun show mac-
    address-table buyrug`i orqali aniqlanadi (8.3-rasm). 
    8.3-rasm. Kommutator qurilmasining MAC-manzilini ko`rish 
    Kommutatorni himoya qilishning oddiy usullaridan biri bu – ishlatilmayotgan
    portlarni o`chirib qo`yish hisoblanadi. 
    Ishlatilmayotgan portlarni o`chirish
    Ishlatilmayotgan portlarni o`chirish – bu ko`pchilik administratorlar 
    foydalanadigan, tarmoqni ruxsatsiz kirishdan himoya qilishda oddiy usullardan biri. 
    Masalan, agar Catalyst 2960 kommutatori 24 portga ega va unda 3 ta FastEthernet 
    portlari ishlatilayotgan bo`lsa, qolgan 21 ta ishlatilmayotgan portlarni o`chirib qo`yish 
    tavsiya etiladi. Buni amalga oshirish uchun har bir ishlatilmayotgan portga alohida 
    kiritiladi va o`chirib qo`yish buyrug`i beriladi: Cisco IOSda shutdown. 
    Sw1(config)#interface range fastEthernet 0/5-24 
    Sw1(config-if-range)#shutdown 


    391 
    Agar keyinchalik portlarni yana ishga tushurish kerak bo`lsa, no shutdown
    buyrug`idan foydalaniladi: 
    Sw1(config)#interface range fastEthernet 0/5-24 
    Sw1(config-if-range)#no shutdown 

    Download 0.51 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0.51 Mb.
    Pdf ko'rish