|
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar
|
bet | 5/7 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 293,8 Kb. | | #141255 |
Bog'liq Ibrohimova Sumayya Hamza qiziMisollar
Ibrohimova Sumayya Hamza qizi
Yuqoridagi Func, Action va Predicate mavzularida ushbu delegatlarning anonim metod bilan qo'llanishini ko'rdik, lekin anonim metod qanday ekanligi haqida endi gaplashamiz.😊
Nomidan ko'rinib turibdiki, Anonim metod - bu ismsiz metod. U metod bo'lsa, delegatlar mavzusida nima qilyapti degan savol tug'ilishi mumkin. Buning sababi shundaki, Anonim metod delegat tushunchasi bilan chambarchas bog'liq va delegatlarni chaqirish uchun ishlatiladi.
Qisqacha qilib aytganda metodlarni nima deb nomlashni bilmasdan nom qidirgan paytingizda: "keling endi shu metodni benom qoldiramiz" deb yordamga keladi.
Anonim metod umumiy ko'rinishi:
Anonim metoddan foydalanish uchun quyidagi qadamlarni bajarish yetarli:
Delegat e'lon qilish
Delegatdan obyekt hosil qilish
delegate kalit so'zi yordamida hosil qilingan obyektga mos nomsiz metod yozish
delegatdan foydalanish
Misol:
using System;
namespace Delegates
{
class Program
{
//delegat e'lon qilish
public delegate void Print(string s);
static void Main(string[] args)
{
//delegatdan obyekt hosil qilib unga anonim metod tayinlash
Print print;
print = delegate (string str)
{
Console.WriteLine($"Hello {str}");
};
//delegatni chaqirish
print("DOT-NET.UZ");
Console.ReadKey();
}
}
}
//Chiquvchi:
// Hello DOT-NET.UZ
Anonim metodlar ichida global o'zgaruvchilardan ham foydalanish mumkin. Quyidagi misolda biror sonning ko'rsatilgan darajasini hisoblovchi dastur ko'rsatilgan(anonim metod ichida 'a' global holatda, 'n' esa 'N' nomi bilan parametr sifatida ishlatilgan):
using System;
namespace Delegates
{
class Program
{
//delegat e'lon qilish
public delegate int Degree(int i);
static void Main(string[] args)
{
//o'zgaruvchilarni kiritish
Console.Write("Son kiriting: ");
int a = int.Parse(Console.ReadLine());
Console.Write("Darajani kiriting: ");
int n = int.Parse(Console.ReadLine());
//delegatdan obyekt hosil qilib unga anonim metod tayinlash
Degree d = delegate (int N)
{
return (int)Math.Pow(a, N);
};
//delegatni chaqirish
Console.WriteLine($"\n{a} sonining {n}-darajasi: {d(n)}");
Console.ReadKey();
}
}
}
Natija:
|
| |