I . C++ tilida massivlarni tezkor saralash usullari




Download 37,56 Kb.
bet2/8
Sana14.05.2024
Hajmi37,56 Kb.
#233609
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Jizzax f-www.hozir.org

I . C++ tilida massivlarni tezkor saralash usullari .

1.1)Massivlar va ularning berilish usullari.
Ko’p hollarda, bir necha sonlarni yoki o’zgaruvchilarni bitta nom ostida tizib chiqishga to’g’ri keladi. Buning uchun quyidagicha tartibda ish bajariladi. Bu sonlar bitta to’plamga (massivga) tizib chiqiladi va unga biror nom beriladi. Bu to’plam (massiv)ga kirgan har bir o’zgaruvchi massivning elementi deb yuritiladi. Massivning elementlari massivda tizilgan o’rniga qarab nomerlab chiqiladi va bu nomerlar massiv elementlarining indeksi deb yuritiladi. Massivga murojaat qilinayotganda, massiv nomi ko’rsatiladi va uning yoniga [] qavslar ichiga bu massivning jami elementlar soni ham yozib qo’yiladi. Massivga kirgan har bir o’zgaruvchi ham massiv nomi bilan yuritiladi va nom yoniga uning bu massivdagi tartib raqami ham yozib qo’yiladi. Massivlardan dastur tuzishda foydalanish uchun ularni dastlab e'lon qilish va kerak bo'lsa massiv elementlarini initsalizatsiya qilish, ya’ni tavsiflash kerak bo’ladi. Massiv e'lon qilinganda, kompilyator elementlar soniga teng miqdorda xotiradan joy ajratadi. Masalan, char tipidagi o’zgaruvchili, m nomli massiv quyidagicha e'lon qilinadi: Massivlar dasturlashda eng ko'p qo'laniladigan ma'lumot turlari hisoblanadi. Bundan tashqari ma’lumot tuzilmalari turlicha o'zgaruvchilardan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Bunday ma’lumot tuzilmasi klass deb nomlanadi. Masalan bunday tuzilmada odam ismi va yoshi bo'lishi mumkin.

Massivlar xotirada ketma-ket joylashgan, bir tipdagi o'zgaruvchilar guruhidir. Alohida bir o'zgaruvchini ko'rsatish uchun massiv nomi va kerakli o'zgaruvchi indeksini yoziladi. C++ dasturlash tilida massivlardagi elementlar indeksi har doim noldan boshlanadi. [] qavslar ichidagi indeks butun son yoki butun songa olib keluvchi ifoda bo'lmog'i kerak. Oxirgi element indeksi n-1 bo'ladi (n - massiv elementlari soni). Bir vaqtning o’zida bir necha massivni e'lon qilish ham mumkin: Massiv bu bir tipli nomerlangan ma’lumotlar jamlanmasidir. Massiv indeksli o’zgaruvchi tushunchasiga mos keladi. Massiv ta’riflanganda tipi, nomi va indeksi chegarasi ko’rsatiladi. Misol uchun long int a[5]; char w[200]; double f[4][5][7]; char [7][200]. Massiv indekslar har doim 0 dan boshlanadi. C++ tilida standarti bo’yicha indekslar soni 31 tagacha bo’lishi mumkin, lekin amalda bir o’lchovli massivlar qo’llaniladi. Bir o’lchovli massivlarga matematikada vector tushunchasi mos keladi. Massivning int z[3] shaklidagi ta’rifi, int tipiga tegishli z[0], z[1], z[2] elementlaridan iborat massivni aniqlaydi. Massivlar ta’riflanganda inistilizatsiya qilinishi, ya’ni boshlang’ich qiymatlari ko’rsatilishi mumkin. Misol uchun: float C[]={1,-1,2,10,-12.5};Bu misolda massiv chegarasi avtomatik aniqlanadi. Agar massiv inistilizatsiya qilinganda elementlar chegarasi ko’rsatilgan bo’lsa, ro’yhatdagi elementlar soni bu chegaradan kam bo’lishi mumkin emas. C++ tilida massivlar quyidagicha berilishi mumkin so’zlar massivlari, ko’rsatgichlar massivlari, funksiya va massivlar, simvolli massivlar, satrli massivlar, ko’rsatgich va massivlar.C++ tilida so’zlar massivlari ikki o’lchovda simvolli massivlar sifatida ta’riflaadi. Misol uchun :Char name [4][5].Bu ta;rif yordamida har biri5 ta harfdan iborat bo’lgan 4 ta so’zli massiv kiritiladi.So’zlar massivlari quyidagicha inistilizatsiya qilinishi mumkin:Chat Name [3][8]={“anvar”,”mirkomil”,”yusuf”}. Bu ta’rifda har bir so’z uchun hotiradan 8 bayt joy ajratiladi va har bir so’z ohiriga ‘\0’ belgisi qo’yiladi so’zlar massivlari inistilizatsiya qilinganda so’zlar soni ko’rsatilmasligi mumkin.




Download 37,56 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 37,56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I . C++ tilida massivlarni tezkor saralash usullari

Download 37,56 Kb.