Simsiz tarmoq xavfsizligining monitoringi




Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/55
Sana20.11.2023
Hajmi2,59 Mb.
#101929
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
10.-S.K.GanievT.A.Kuchkarov.TarmoqxavfsizligiMobiltarmoqxavfsizligi

11.2. Simsiz tarmoq xavfsizligining monitoringi 
Simsiz tarmoq xavfsizligining monitoringi, uning vazifasi bilan 
bog’liq barcha biznes jarayonlarning maksimal samarali ishlashini 
madadlash uchun zarur. Tarmoqni tekshirish davriy yoki bir martali 
bo’lishi mumkin. Tarmoqni davriy tekshirish, odatda, muammolarning 
paydo bo’lishini oldini olishga yo’naltirilgan, bir martali tekshirish esa 
mavjud buzilishni lokalizatsiyalash zarurati tug’ilganida yoki berilgan vaqt 
onida simsiz tarmoq holati xususida xulosa qilish uchun bajariladi. 
Shu sababli tekshirish "teranligi" farqlanadi. Davriy tekshirish 
ko’pincha yuzakiroq, bir martali tekshirish esa simsiz tarmoq holatining 
maksimal batafsil auditiga yo’naltirilgan. 
Simsiz tarmoq rivojining turli bosqichlarida monitoring zarurati 
tug’ilishi mumkin. Loyihalash bosqichida radioefir monitoringi tarmoq 
qurilishining o’ziga xos xususiyatiga yoki bo’lishi mumkin bo’lgan 
xalallarga bog’liq holda foydalanish nuqtasini to’g’ri joylashtirishga 
yordam beradi. Bunday tekshirish tarmoq rivoji (simsiz tarmoqni 
kengaytirish) bosqichida ham kerak bo’lishi mumkin. Simsiz tarmoqning 
joriy holatini baholash foydalanishning yangi nuqtasini kirgizish 
masalasini engillashtiradi. 
Simsiz tarmoqning radiomonitoringi korxona yoki tashkilotning 
simsiz tarmog’i xavfsizligining yuqori darajasini ta’minlash bo’yicha 
masalalarni bajarishda kerak bo’ladi. 
Quyida, misol tariqasida, simsiz tarmoqlar bo’yicha axborot sirqib 
chiqish kanalini avtomatlashtirilgan nazoratlovchi ixtisoslashtirilgan vosita 
sifatida ishlab chiqilgan ZODIAK dasturiy-apparat kompleksi xususida 
so’z boradi. 
ZODIAK dasturiy-apparat kompleksining imkoniyatlari: 


135 
- simsiz tarmoqlarni aktiv va passiv rejimlardagi monitoringi; 

vaqtning 
real 
rejimida 
qurilmalar 
parametrlarining 
va 
ulanishlarning nazorati; 

qurilmalar 
parametrlarining 
"xavfli" 
birikmalarini 
avtomatlashtirilgan kuzatuvi; 
- soni cheklanmagan qurilmalar va tarmoqlarning bir vaqtdagi 
monitoringi; 
- tarmoq trafigini monitoringlash dasturiga ko’rinmaydigan yashirin 
mijozlarni va foydalanish nuqtalarini aniqlashi; 
- ko’p zonali tarmoq konfiguratsiyasini madadlashi; 
- aniqlangan qurilmalar o’rnashgan joyini belgilashi. 
Simsiz tarmoqlarni aktiv va passiv rejimdagi monitoringi. Passiv 
rejimdagi monitoringda kompleks paketlarni faqat oladi va tahlillaydi. 
Aktiv rejimdagi monitoringda kompleks maxsus shakldagi paketlarni 
jo’natib, 
"yashirin" 
mijozlarning 
va 
foydalanish 
nuqtalarining 
aktivlashishini yuzaga keltirishga urinadi. Ushbu rejimda kompleks passiv 
rejimda ko’rinmaydigan qurilmalarni aniqlashi mumkin. 
Vaqtning 
real 
rejimida 
qurilmalar 
parametrlarining 
va 
ulanishlarning nazorati. Kompleks vaqtning real rejimida qurilmalarning 
quyidagi parametrlarini nazoratlaydi: 
- tarmoq adapterining apparat adresi; 
- foydalanish nuqtasi uchun tarmoq nomi; 
- aniqlanish vaqti; 
- aktivlik darajasi; 
- aktiv ulanishlar soni; 
- qurilma ishlashi rejimi; 
- qurilmadan keladigan signal sathi. 
Kompleks ulanishlarning quyidagi parametrlarini nazoratlashga 
imkon beradi: 
- qabul qiluvchining tarmoq adapterining apparat adresi (MAS-
adresi); 
- shlyuzning tarmoq adapterining apparat adresi (MAS-adresi); 
- birinchi aniqlangan seans vaqti; 
- joriy seans aniqlangan vaqt; 
- joriy seans davomligi; 
- uzatiluvchi trafik hajmi; 
- aktivlik darajasi; 
- ulanish protokoli; 


136 
- port; 
- jo’natuvchining IP adresi; 
- qabul qiluvchining IP adresi. 
Qurilmalar 
parametrlarining 
"xavfli" 
birikmalarini 
avtomatlashtirilgan kuzatuvchi. Kompleksda qurilmalar parametrlarining 
"xavfli" birikmalarini aniqlash uchun qoidalar vositasi amalga oshirilgan. 
Ular yordamida operator kompleks tomonidan avtomatik rejimda 
kuzatiluvchi, qurilma parametrlarining "xavfli" birikmalarini beradi. 
Bunday parametrlar aniqlanganida kompleks xavfni qaydlaydi va oldindan 
belgilangan harakatlarni bajaradi. 
Qoidalar parametrlarning ma’lum nabori bo’yicha qurilmalar va 
ulanishlar ro’yxatlarini filtrlashni sozlash uchun ishlatilishi mumkin. Bu, 
masalan, nodolzarb qurilmalar yoki bog’lanishlarni bekitish uchun 
qurilmalarning "aktiv bo'lmaganida" yoki "yuqori tarmoq aktivligida" 
axborotni ifodalashni optimallashtirishga imkon beradi. 
Soni cheklanmagan qurilmalar va tarmoqlarning bir vaqtdagi 
monitoringi.
 
Kompleksda ko’p rejimli foydalanish amalga oshirilgan, ya’ni 
bir necha foydalanishli, xususan yashirin tarmoqlarga (parol, mavjudligi 
shartida), mijoz sifatida ushbu paketlarni tahlillash bilan, ulanish 
imkoniyati mavjud. 
Tarmoq trafigini monitoringlash dasturiga ko’rinmaydigan yashirin 
mijozlarni va foydalanish nuqtalarini aniqlash. Kompleks radio 
ilg’aydigan zonadagi simsiz tarmoqning barcha qurilmalaridan keluvchi 
ma’lumotlar paketini qabul qiladi va tahlillaydi. Olingan axborot asosida 
kompleks aktiv qurilmalar va ular parametrlarning ro’yxatini tuzadi. 
Olingan paketlarning tahlili tarmoq mijozlarini va foydalanish nuqtalarini 
nafaqat kompleksning radio ilg’aydigan zonasida, balki uning 
chegarasidan tashqarida aniqlashga imkon beradi. 
Ko’p zonali tarmoq konfiguratsiyasini madadlash.
 
Tarmoq 
strukturasi xususidagi axborot o’zaro bog’langan qurilmalar daraxti va 
ularning bog’lanishlari ko’rinishida ifodalangan. Bu yangi qurilmalar yoki 
bog’lanishlarning paydo bo’lishini vaqtning real rejimida kuzatishga 
imkon beradi. 
Aniqlangan qurilmalar o’rnashgan joyini belgilash. Simsiz tarmoq 
mijozlarini maydoni yoki qavatlar soni katta ob’ektlarda 10 m aniqlikda 
lokalizatsiyalash uchun kompleksning ko’p zonali konfiguratsiyasi tashkil 
etilishi lozim. 


137 
ZODIAK zakladka qurilmalarini aniqlashga mo’ljallab ishlab 
chiqilgan. Shu sababli, u "xavfli" qurilmalarni, xususan efirning qonuniy 
qurilmalar signallari bilan yuqori yuklanishi sharoitida, samarali 
aniqlashga imkon beradi. 
Demak, ZODIAK binolarni maxsus tekshirish amalga oshirilganida 
mobil vosita sifatida va taqsimlangan infrastrukturali simsiz tarmoqlarning 
radiomonitoringida statsionar kompleks sifatida ishlatilishi mumkin. 


138 

Download 2,59 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Simsiz tarmoq xavfsizligining monitoringi

Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish