|
Google reklamalari (Google Ads)
|
bet | 11/13 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 41,09 Kb. | | #251385 |
Bog'liq Akbar kurs ishiGoogle reklamalari (Google Ads) – bu Google tomonidan ishlab chiqarilgan onlayn reklama platformasi boʻlib, undan reklama beruvchilar internet foydalanuvchilariga reklamalar, servis xizmatlari, mahsulot kataloglari va videoroliklar taqdim etishda foydalanishadi. Reklamalar Google Qidiruv (Google Qidiruv tarmogʻi) kabi qidiruv tizimlari natijalariga, mobil ilovalarga, videolarga va turli veb-saytlarga joylashtiriladi. Ushbu xizmat pay-per-click (PPC) narxlash modeli asosida taklif etiladi.
Google reklamalari Alphabet Inc. korparatsiyasining asosiy daromad manbai hisoblanib, u kompaniyaga 2022-yilda US$224.47 milliard qiymatida daromad keltirdi.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Servisning sobiq logotipi
Google 2000-yilda AdWords-ni ishga tushirgan. Dastlab Google oʻzi reklama kampaniyalarini oʻrnatgan va boshqargan. Google tez orada kichik biznes va oʻz kampaniyalarini boshqarishni istaganlar uchun AdWordsning oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish portalini taqdim etdi.
2005 yilda Google „Jumpstart“ deb nomlanuvchi reklama kampaniyalarini boshqarish xizmatini ishga tushirdi.
2008-yilda Google oʻquv yurtlari talabalarining oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun Google Onlayn Marketing Challenge platformasini ishga tushirdi.
2013-yil aprel oyida Google koʻpchilik foydalanuvchilar uchun moʻljallangan kampaniyalarni boshqarish maqsadida AdWords ga yanada yaxshilangan reklama kampaniyalari tizimini qoʻshish haqida eʼlon qildi. Ushbu yaxshilangan kampaniyalar konvertatsiyalar haqidagi aniq hisobotlarni ham oʻz ichiga oladigan boʻldi.
2016-yil iyul oyida Google „Showcase Shopping“(ingl. Xarid koʻrgazmasi) reklamalarini taqdim etdi. Ushbu rekalama formatlari yordamida sotuvchilar oʻz mahsulotlari toʻgʻrisida qidiruv natijalariga turli qidiruv soʻrovlari va kalit soʻzlar bilan bogʻliq rasmlar qoʻshish imjoniyatiga ega boʻlishdi[1].
2017-yil oktyabrida, Google AdWords’ning kunlik byudjetini qayta koʻrib chiqib, oldingi 120% dan maksimum 200% gacha etib belgiladi. Ushbu yangilik eʼlon qilingan kunning oʻzidayoq joriy etildi, bu esa bir qator qidiruv tizimlari boʻyicha mutaxassislarning tanqidiga sabab boʻldi. Biroq, keyinroq Google bu oʻzgarish faqat 30 kundan kam boʻlgan qisqa muddatli reklama kampaniyalariga taalluqli boʻlishini va 30 kundan ortiq davom etadigan reklama kampaniyalari uchun toʻlongan toʻlovlari qaytarilishini maʼlum qildi[2].
2018-yil 27-iyundan Google oʻzining AdWords tizimini qayta nomlab, 2018-yil 24-iyuldan Google Ads sifatida tashkil etilishini eʼlon qildi[3].
|
| |