|
HP lazerli printer kartridjini qanday to'ldirish kerak - boshlash
|
bet | 57/74 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 37,16 Mb. | | #147871 |
Bog'liq Ishchi amaliy.1 HP lazerli printer kartridjini qanday to'ldirish kerak - boshlash
O'zingizga yonilg'i quyish uchun lazer kartridjlari HP, siz kukun shaklida maxsus toner sotib olishingiz kerak. Sizning modelingizga mos keladiganini topishga harakat qiling, bosib chiqarish sifati bunga bog'liq.
Agar muammo toner bilan hal qilingan bo'lsa, siz ishlashni boshlashingiz mumkin. Ish uchun eng munosib joyni toping va toner to'kilgan taqdirda uni gazetalar bilan yoping. Kukun sizga zarar etkazishi mumkin, shuning uchun rezina qo'lqop kiying va moddaning ko'zingizga tushmasligiga harakat qiling.
23-Mavzu: Turli lokal tarmoq topologiyalarini
tashkil etish.
Reja:
1. lokal tarmoq topologiyasi.
2. lokal tarmoqda ma’lumotlarning almashinuv jarayoni
3. lokal tarmoq tashkil etish usullari.
Tarmoqdagi xost-kompyuterlarning adreslariga maxsus talablar quyiladi. Adres formatga ega bo’lishi kerak, bu format bir tomondan adresning sintaksis avtomatik qayta ishlashni bajarishga imkon berishi kerak, ikkinchi tomondan esa u semantik tusga ega bo’lishi kerak, ya’ni adreslanadigan ob’ekt to’g’risida biror ma’lumotni o’zida mujassamlashi lozim.
Shuning uchun xost-kompyuterlarning adreslari Internet tarmog’ida ikkilangan kodlashga ega bo’lishi mumkin:
• telekommunikatsiya tizimini tarmoqda ishlashi uchun qulay bo’lgan majburiy kodlash: kompyuterga do’stona raqamli IP-adres (IP — Internet Protocol);
• tarmoq abonenta uchun qulay bo’lgan majburiy bo’lmagan kodlash: foydalanuvchiga do’stona domenli DNS-adres (DNS-Domain Name System).
Raqamli IP-adres 32 razryadli ikqilik son ko’rinishga ega. qo’laylik uchun u to’rtga blokka 8 bitdan ajratilib, ular o’nlik ko’rinishda yozilishi mumkin. Adres kompyuterni identifikaciyalash uchun zarur bo’lgan to’liq malumotga ega.
Mumkin bo’lgan varianta: ikkita katta blok tarmoq adresini, ikkita boshqasi esa qism tarmoq adresini va bu qism tarmoq ichidagi xost-kompyuterning adresini aniqlaydi. Masalan, ikkilik kodida raqamli adres quyidagicha yoziladi:
10011000001001010100100010001010.
O’nlik kodida ushbu ko’rinishga ega: 152.37.72.138.
Tarmoq. adresi - 152.37; qims tarmoq. adresi - 72; kompyuter adresi -138.
Domenli adres bir-biridan nuqta bilan ajratiladigan bir nechta harf-raqamli domenlardan (Damain - soxa) tashkil topgan. Bu adres ierarxik tasnif asosida qurilgan: eng chap chetdagidan tashqari har bir domen kompyuterlarning biror-bir belgilar bo’yicha ajratilgan butun bir guruhini aniqlaydi, bunda chapda joylashgan guruhlarning domeni o’ng domenning qism guruxi hisoblanadi. Hozirda tarmoqda hammasi bo’lib 120000 dan ortiqroq har xil domenlar mavjuddir.
Masalan, ba’zi mamlakatlarning geografik ikkita harfli domenlari:
• Avstriya — at,
•Bolgariya—br,
;• Kanada — sa,
• Rossiya — ga,
• AQSh-Sh,
• Franciya — fr.
Biror mavzuga bagishlangan belgilar bo’yicha ajratilgan domenlar ham bordir. Bunday domenlar uchta harfli qisqartma nomga ega:
• davlat muassasalari — gor;
• tijorat tashkilotlari — com;
• o’quv yurtlari — edu;
• harbiy muassasalar — mil;
• tarmoq tashkilotlari — net;
• boshqa tashkilotlar — org.
Domenli adres ixtiyoriy uzunlikka ega bo’lishi mumkin. Raqamli adresdan farqli ularoq u teskari tartibda o’qiladi.Oldin quyi darajadagi domen ko’rsatiladi — xost-kompyuter nomi, keyin xost-kompyuter joylashgan qism tarmoq va tarmoq nomlari domeni va, nixoyat, yuqori darajadagi domen — ko’pincha geografik hudud (mamlakatlar) identifikatori.
Shunday qilib, xost-kompyuterning domen adresi domenlarning bir nechta darajalarini o’z ichiga oladi. Har bir daraja boshqasidan nuqta bilan ajratiladi. Yukori darajadagi domenning chap tarafida boshqa nomlar joylashtiriladi. Chapda joylashgan hammasi umumiy domen uchun qism domendir.
Misol. Domen adresi comp.engec.spb.ru — Rossiya mamlakatining domeni; spb — Sankt-Peterburg shaxrining qism domeni: engec—Davlat muxandislik-iqtisodiyot akadeniyasining qism domeni; satr— kompyuterlar bilan bog’liq qism domen.
Internet dan foydalanuvchilar uchun pochta adreslari sifatida tarmoqka ulangan kompyuterda qayd qilingan bo’limlarning, tashkilotlarning nomlanishlari yoki oddiygina ularning nomlari qabul qilinishi mumkin. Nomdan keyin @ belgisi keladi. Buning hammasi chap tarafdan xost-kompyuterning adresiga biriktiriladi.
Misol. Internet da comp.engec.spb.ru nomiga ega bo’lgan kompyuterda priem nomi ostida qayd qilingan foydalanuvchi quyidagi adresga ega bo’ladi: priem@comp.engec.spb.ra (Sankt-Peterburg muxandislik-iqtisodiyot akademiyasining qabul komissiyasi).
Domen adresini mos raqamli IP-adresga o’zgartirishni maxsus serverlar — nom serverlari bajaradi. Shuning uchun foydalanuvchining raqamli adreslarni bilishining keragi yo’q.
Internet da ishlash uchun siz aloqa o’rnatmoqchi bo’lgan kompyuter yoki foydalanuvchining faqat domen adresini bilishingiz kerak.
Ishlatilayotgan texnologiyaga bog’liq ravishda domen adresining oldida uning foydalaniladigan bayonnomasi yoki xizmati ko’rsatilishi mumkin. Masalan, Web-server bilan ishlaganda odatda gipermatnni uzatish bayonnomasi ko’rsatiladi va yuqorida keltirilgan adres quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi: http://engec.spb.ra. Bu URL-adres deb ataladigan adresdir (URL — Uniform Resourse Locftor yoki resurslarning universal ko’rsatkichi).
Test savollari
1. Mamlakat, shaxar va viloyatlar darajasida kompyutеrlarni o’zaro boq'lagan tarmoq qanday nomlanadi?
A*Global tarmoq
B.Mintaqaviy tarmoq
C.Hamma javoblar to'g'ri
D.Lokal tarmoq
2. ... – bu Intеrnеtga ulanganda axborot almashish qurilmasi.
AMonitor
B.Skaner
C.*Modem
D.Printer
24-Mavzu: Yulduz topologiyasini tashkillashtirish
Kompyuter tарmоg‘i topologiyasi (yaxlitlash, qiyofalash, tuzilish) deganda tarmoq kompyuterlarini bir-biriga nisbatan fizik joylashtirish va ularni aloqa liniyalari bilan ulashi tushiniladi. Takidlash muhimki, topologiya tushunchasi eng avval lokal tarmoqlarga tegishli bo‘lib, ularda aloqalar tuzulishini oson ko‘rish mumkin. Global tarmoqlarda aloqalar tuzilishi foydalanuvchilardan odatda berkitilgan va unchalik muhim emas, chunki har bir aloqa seansi shaxsiy o‘zini yo‘li bilan bajarilishi mumkin.
Asbob – uskunalarga, ishlatiladigan kabel turiga, mumkin bo‘lgan va eng qulay almashuvni boshqaradigan usullariga, ishlash ishonchligiga, tarmoqlarni kengaytirish imkoniyatlariga topologiya talablarini belgilaydi. Garchi tarmoqdan foydalanuvchiga topologiyani tanlash tez – tez bo‘lmasa ham, asosiy topoloiyalarning xususiyatlari, ularning ustunliklari va kamchiliklarini bilishi kerak.
Tarmoqning uchta asosiy topologiyalari mavjud:
• shina (bus), bunda hamma kompyuterlar bir aloqa liniyasiga parallel ulanadi va har bir kompyuterdan axborot bir vaqtda hamma qolgan kompyuterlarga uzatiladi (1-rasm);
rasm 1
• yulduz (star), bunda bitta markaziy kompyuterga chetda qolgan kompyuterlar ulanadi, shu bilan birga har biri o‘zining alohida aloqa liniyalaridan foydalanadi (2-rasm);
rasm 2
• halqa (ring), bunda har bir kompyuter axborotni har doim faqat bitta zanjirda kelayotgan kompyuterga uzatadi, axborotni esa faqat zanjirdagi oldinda kelayotgan kompyuterdan oladi va bu zanjir “halqa” bo‘lib birlashgan (3-rasm).
rasm 3
Amaliyotda ko‘pincha bаzаli topologiyalarning kombinatsiyasi ham ishlatiladi, lekin ko‘p tarmoqlar huddi shu uchtasiga mo‘ljallangan.
Yuqorida sanab o‘tilgan tarmoqli topologiyalarni ko‘rib chiqamiz.
“Shina” topologiyasi (yoki, yana bir nomi “ummiy Shina”) o‘zining tuzilishi bo‘yicha kompyuterlarning tarmoqli asbob – uskunalarining bir xilligi, shuningdek hamma abonentlarning teng huquqligi bilan farq qiladi. Bunday ulanishda kompyuterlar axborotni faqat navbat bo‘yicha uzatishi mumkin chunki aloqa liniyasi bir dona bo‘ladi. Aks holda ustma ust (konflikta, kollizi) tushishi natijasida uzatiladigan axborot buziladi.
Shunday qilib, shinada yarim dupleksli (Half duplex) almashuv rejimi amalga oshadi (ikki tomonlama, lekin bir vaqtida emas, ketma-ketlikda) “Shina” topologiyasida barcha axborotni uzatadigan markaziy abonent yo‘q bu esa uning ishonchliligini oshiradi (axir har qaysi markazning ishlashi buzilganda shu markaz bilan boshqariladigan hamma tizim faoliyatini to‘xtatadi.) Shinaga yangi abonentlarni qo‘shilishi tarmoq ishlab turgan vaqtda ham bo‘lishi mumkin.
Ko‘p holatlarda, shinadan foydalanayotganda boshqa topologiyalarga nisbatan ulanadigan kabelni eng kam miqdori talab qilinadi. To‘g‘ri shuni hisobga olish kerakki, har bir kompyuterga (ikkita chettagilardan tashqari) ikkita kabel keladi, bu esa har doim qulay bo‘lavermaydi.
Bu holatda bo‘lajak janjallarni hal etish har bir abonentning tar-moqli asbob – uskunalarga yuklanishi sababli “shina” topologiyasida tarmoqli adapter apparaturasi murakkabroq bo‘ladi, boshqa topologiyalarga qaraganda. Biroq, “Shina” topologiyali tarmoqlarni keng tarqalgani tufayli (Ethernet, Arcnet) tarmoqli asbob – uskunalarni narxi uncha yuqori emas.
Ayrim kompyuterlarning ishdan chiqib qolishi shinaga zarar qilmaydi, chunki tarmoqdagi hamma qolgan kompyuterlar alma-shuvni normal davom etishi mumkin.
Ko‘rinishi mumkinki, kabelni uzulganligi xam shinaga qo‘rqinchlik emas, chunki bunda sim bo‘ladi. Biroq, uzun aloqali liniyalarda elektr signallarning tarqalish xususiyatlariga ko‘ra, shinalarni oxirgi uchlarida maxsus kelishtiradigan qurilmalar – terminatorlarni ulashni ko‘zda tutish kerak.
Ular ulanmasa liniyani oxiridan signal akslanadi va shunday buziladiki, tarmoq bo‘yicha aloqa bo‘lmasdan qoladi. Shuning uchun kabel uzulganda yoki shikastlanganda (masalan, sichqonlar tomonidan) aloqa liniyasini mosligi buziladi va o‘zaro ulanib qolgan o‘sha kompyuterlar xam o‘rtasidagi almashuv to‘xtaydi. Batafsil moslashtirish to‘g‘risida kitobning maxsus bo‘limida bayon etiladi. Shina kabelini har qanday nuqtasida qisqa tutashtiruv tarmoqni hammasini ishdan chiqaradi.
Shinadagi asbob – uskunalarni har qanday ishdan chiqishini lokalizatsiya qilish juda qiyin, chunki hamma adapterlar parallel ulangan va qaysi biri ishdan chiqqanligini bilish uncha oson emas.
“Shina” topologiyali tarmoqning aloqa liniyalari bo‘yicha o‘tаdigаn axborotli signallar kuchsizlanadi va hech tiklanmaydi, bu esa aloqa liniyalarning yig‘indi uzunligiga qattiq cheklanishlar qo‘yadi, bundan tashqari har bir abonent tarmoqdan uzatuvchi abonentning masofasiga bog‘langan har xil darajali signallar olishi mumkin.
Tarmoqli asbob – uskunalarning qabul qiluvchi uzellariga qo‘shimcha talablar qo‘yadi. “Shina” topologiyali tarmoq uzunligini uzaytirish uchun ko‘pincha birnechta segmentlar ishlatiladi (ularning har biri shina deyiladi).Maxsus signal tiklagichlari repiterlar yoki qaytargichlari (3-rasm) yordamida bir birovi bilan ulanadi.
rasm 4
Biroq bunday tarmoq uzunligini uzaytirish cheksiz bo‘la olmaydi, chunki aloqa liniyalari bo‘yicha signallarning tarqalishini oxirgi tezligi bilan bog‘liq cheklanishlari ham bor.
“Yulduz” yaqqol ajralib turadigan markazli topologiya, bunga barcha qolgan abonentlar ulangan. Barcha axborotlar almashuvi faqat markaziy kompyuter orqali bajariladi, shunday qilib unga juda katta yuklanish yotadi, shuning uchun tarmoqdan tashqari boshqa hech narsa bilan u shug‘ullana olmaydi. Tushunarliki, markaziy аbоnеntning tarmoqli asbob – uskunalari atrofdagi abonentlarning asbob – uskunalarga qaraganda juda murakkab bo‘lishi kerak. Abonentlarning bir xil huquqga egaligi to‘g‘risida bunda gapirib bo‘lmaydi.
Odatda, huddi shu markaziy kompyuter eng kuchli bo‘ladi va faqat unga almashuvni boshqarish hamma funksiyalari topshiriladi. “Yulduz” topologiyali tarmoqdа hech qanday mojarolar bo‘lishi mumkin emas, chunki boshqarish to‘liq markazlashgan.
Agar kompyuterlarni ishdan chiqishiga yulduzni mustaxkamligi to‘g‘risida gap ketsa, bunda atrofdagi kompyuterni ishdan chiqishi tarmoqning qolgan qismlarini ishlashiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, lekin markaziy kompyuterni har qanday ishdan chiqishi tarmoqni butunlay ishdan chiqaradi. Shuning uchun markaziy kompyuterni va uning tarmoqli apparturalarini ishonch-liligini oshirish uchun maxsus choralar ko‘rilishi kerak.
Har qanday kabelni uzilishi yoki undagi qisqa tutashuv “yulduz” topologiyasida faqat bitta kompyuter bilan almashuv buziladi, boshqa kompterlar esa normal holatda ishini davom ettirishi mumkin. Shinaga qaraganda yulduzda har bir aloqa liniyasida faqat ikkiga abonent turadi: markaziy va atrofdagilardan bittasi. Ko‘pincha ular-ning ulanishi uchun aloqa liniyasini ikkitasi ishlatiladi, ularning har biri axborotni faqat bir yo‘nalishda uzatadi. Shunday qilib, har bir aloqa liniyasida bitta qabul qiluvchi (pryomnik) va bitta uzatuvchi (peredatchik) mavjud. Shina bilan solishtirganda buning hammasi tarmoqli asbob – uskunalarni sezilarli soddalashtiradi va qo‘shimcha tashqi terminatorlarni qo‘llashdan ozod qiladi. “Shina” ga qaraganda aloqa liniyalarda signallarni so‘nish muammosi “yulduzda” oddiy hаl etiladi, chunki har bir priyomnik doim bir darajali signal qabul qiladi. “Yulduz ” topologiyasini jiddiy kamchiligi abonentlar soni qattiq cheklangan. Odatda markaziy abonent 8-16 dan oshmagan atrofdagi abonentlarga xizmat ko‘rsatadi.
Agar bu chegarada yangi abonentlarni ulash juda oddiy bo‘lsa, lekin bundan oshib ketganda umuman mumkin emas. To‘g‘ri, gohida yulduzda qo‘shib borish imkoniyati ko‘zda tуtilgаn, ya’ni atrofdagi abonentlardan bittasini o‘rniga yana bitta markaziy abonentni ulash (natijada bir nechta bir birovi bilan ulangan yulduzlar topologiyasi paydo bo‘ladi). Yulduz aktiv, faol nom bilan yuritiladi, yoki haqiqiy yulduz. Passiv yulduz degan topologiya ham bor, u faqat tashqi ko‘rinishidan yulduzga o‘xshaydi (4-rasm). U bugungi kunda aktiv yulduzga qaraganda ko‘proq tarqalgan. Aytish kerakki, bugungi kunda eng mashhur Ethernet tарmоg‘idа u ishlatiladi.
rasm 5
Tarmoq markazida shu topologiyali kompyuter emas, balki konsentrator, yoki xab (HUB), repiterga o‘xshab o‘sha funksiyani bajaradigan joylashtiriladi. U kelayotgan signallarni tiklaydi va ularni boshqa aloqa liniyalarga uzatadi. Kabellarni joylashtirish haqiqiy yoki aktiv yulduzga o‘xshasa ham, haqiqatda biz shinali topologiyasiga o‘xshab ish yuritamiz, chunki har qaysi kompyuterdan axborot bir vaqtda boshqa qolganlarga uzatiladi, markaziy abonent esa bo‘lmaydi. Tabiyiki, passiv yulduz oddiy shinaga qaraganda qim-matroq bo‘ladi, chunki bunda yana kansentrator ham kerak bo‘ladi. Ammo u yulduzning afzalliklari bilan bog‘liq bir qator qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi. Huddi shuning uchun oxirgi vaqtda passiv yulduz haqiqiy shinani ko‘proq siqib chiqarayapti, chunki u kam perspektivali topologiya hisoblanadi.
Aktiv va passiv yulduz o‘rtasida topologiyaning oraliq turini ham ajratish mumkin. Bu holda konsentratorga tushadigan signallarni faqat ret- ranslyatsiya qilmasdan, o‘zi qatnashmasa ham, almashuv boshqarishini bajara oladi. Yulduzning (ham aktiv va ham passiv) katta ustunligi shundaki, hamma ulanadigan nuqtalar bir joyda yig‘ilgan. Bu tarmoq ishini oson nazorat qilishga, markazdan u yoki bu abonentlarni oddiy o‘chirish yo‘li bilan nosozliklarni lokalizatsiya qilish (masalan, shina holatda bajarib bo‘lmaydi), shuningdek tarmoq uchun xayotiy muhim bo‘lgan ula-nish nuqtalariga begona shaxslar kirishini cheklab qo‘yishdir. Yulduz holatida xar bir atrofdagi abonentga bitta kabel kelishi xam mumkin (unda uzatish ikki tomonlama ketadi), va ikkita xam (Ularning har biri-bir tomonga uzatadi), buning ustiga ikkinchi holat ko‘proq uchraydi.
“Yulduz” turidagi barcha topologiyalarning umumiy kamchiligi boshqa topologiyalarga qaraganda juda katta kabel sariflanishidir. Masalan, Agar kompyuterlar bir chiziqda joylansa, “yulduz” topologiyasi tanlanganda “Shina” topologiyasiga qaraganda bir necha martta ko‘p kabel talab qilinadi. Bu hamma butun tarmoqning narxiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
“Halqa” – bu topologiya, bunda har bir kompyuter faqat ikkitasi boshqalari bilan aloqa liniyalari bilan ulangan. Faqat u biridan axborot oladi, ikkinchisiga esa – faqat uzatadi.
Har bir aloqa liniyasida, yulduz holatiga o‘xshab, faqat bitta (peredatchik) uzatuvchi va bitta (priyomnik) qabul qiluvchi ishlaydi. Bu tashqi terminallarni qo‘llashdan ozod qiladi.
Halqani muhim xususiyati shundaki, har bir kompyuter unga keladigan signalni tiklaydi, yani repiter rolini o‘ynaydi, shuning uchun halqaning hamma joyida signalni so‘nishi hech qanday ahamiyati yo‘q, muhimi faqat halqaning qo‘shni kompyuterlar orasidagi so‘nishidir. Bu holatda аniq ajratilgan markaz yo‘q, hamma kompyuterlar bir xil bo‘lishi mumkin. Ammo, ko‘pincha halqada maxsus abonent ajratiladi, u almashuvni boshqaradi yoki nazorat qiladi. Tushunarliki, bunday boshqaradigan abonentni borligi tarmoq ishonchliligini pasaytiradi, chunki uning ishdan chiqishi tezda barcha almashuvni falaj qilib qo‘yadi.
Qa’tiyat bilan аytgаndа, halqadagi kompyuterlar to‘liq teng huquqli emas (masalan, shinali topologiyaga qaraganda). Ulardan birlari kompyuterdan, shu momentda uzatishni olib borayotgan, albatta axborotni oladi, oldinroq, boshqalar esa kеyinrоq. Topologiyani huddi shunday xususiyatlariga ko‘ra, “halqaga” maxsus hisoblangan tarmoqdagi almashuvni boshqarish usullarda keyingi uzatish huquqi (yoki, yana aytilishicha, tarmoqni qurshab olish) keyingi halqadagi kompyuterga ketma – ket o‘tadi.
Yangi abonentlarni “Halqaga” ulash mutloqo beziyon, lekin ulanish vaqtida butun tarmoqni ishlashini to‘xtatish talab qilinаdi. “Shina” topologiyali holatga o‘xshab halqadagi eng ko‘p abonentlar soni ancha muncha bo‘lishi mumkin (minggacha va undan ko‘proq). Halqali topologiya oshiqcha yuklanishlarga eng mustахkаm, u uzatiladigan tarmoq bo‘yicha axborotlarni eng katta oqimlari bilan ishonchli ishlashni ta’minlaydi, chunki unda janjallar yo‘q (shinaga qaraganda), shuningdek markaziy abonent yo‘q (yulduzga qaraganda).
Halqadagi signal tarmoqdagi hamma kompyuterlardan o‘tgani sababli, lokal ulardan bittasini ishdan chiqishi (yoki uning tarmoq-dagi asbob-uskunalarini) yaxlit butun tarmoqni ishdan chiqaradi.
Huddi shunga o‘xshab halqadagi har qaysi kabellarni uzilib qolishi yoki qisqa tutashuvi butun tarmoqni ishdan chiqaradi.
Kabelni buzilishlariga halqa ko‘proq shikastlanadigan bo‘ladi, shuning uchun bu texnologiyada ikkita (yoki ko‘proq) parallel aloqa liniyalari qo‘yib borishni ko‘zda tutiladi. Shunda ularning bittasi zahirada turadi.
Shu bilan bir vaqtda halqani katta ustunligi shundaki, har bir abonent tomonidan signallarni retranslyatsiya qilish butun tarmoq o‘lchamlarini sezilarli ko‘paytirishga yordam beradi (gohida bir necha o‘n kilometrgacha). Halqa bu tomonidan boshqa har bir texnologiyalardan ko‘proq (sezilarli) ustunlik qiladi.
Halqani kamchiliklaridan (yulduzga taqqoslanganida) shuni hisoblash kerakki, tarmoqdаgi har bir kompyuterga ikkita kabel olib kelinishi kerak.
Ba’zan “Halqa” topologiyasi axborotni qarama-qarshi yo‘nalishlarida uzatilishini ikkita halqali aloqa liniyalari asosida bajariladi. Masalani bunday hal etilishi – axborotni uzatish tezligini (ideal holatda ikki marotaba) оshirilishi. Kabelni bittasi buzilganda tarmoq boshqa kabel bilan ishlashi mumkin (to‘g‘ri, cheklangan tezlik kamayadi). Yuqorida ko‘rilgan uchta asosiy, bazaviy topologiyalardan tashqari, qo‘shimcha yana “daraxt” (tree) tarmoqli topologiya ishlatiladi, u bir nechta yulduzlar kombinatsiyasidan iborat. Yulduzga o‘xshash daraxt aktiv, yoki haqiqiy, passiv bo‘lishi mumkin. Aktiv daraxtga bir nechta aloqa liniyalari birlashtirilgan markazlarda markaziy kompyuterlar joylashgan, passilida esa konsentratorlar (Xablar).
Kombinatsiyali topologiyalar ham ancha ko‘p ishlatiladi, ular orasida eng ko‘p tarqalgan yulduz-shinali va yulduz-halqalilaridir.
rasm 6
rasm 7
rasm 8
rasm 9
Yulduz-shinali topologiyada (star-bus) shina va passiv yulduzlar kombinatsiyasi ishlatiladi. Bunda konsentratorga alohida kompyuterlar ham va butun shinali segmentlar ham ulanadilar, ya’ni tarmoq-dаgi barcha kompyuterlar kiritilgan fizik topologiya amalga oshiriladi. Bu topologiyada bir nechta konsentratorlar ham ishlatilishi mumkin, ular bir biroviga ulanib magistrali, tayanchli deb nomlangan shinani tashkil qiladi. Konsentratorlarning har biriga alohida kompyuterli yoki shinali segmentlar ulanadi. Shunday qilib, foydalanuvchi o‘ziga qulay qilib shinali va yulduzli topologiyalarni avzalliklarini kombinatsiya qilish imkoniyatlaridan foydalaniladi, shuningdek tarmoqga ulangan kompyuterlar sonini oson o‘zgartiradi.
Yulduz-halqali topologiya holatida kompyuterlarni o‘zi birlashmaydi, balki maxsus konsentratorlar, ularga o‘z navbatida, yulduz shaklli ikkitali aloqa liniyalari yordamida kompyuterlar ulanadi. Haqiqatda, tarmoqning hamma kompyuterlari berk halqaga ulanadi, chunki konsentratorlar ichidagi barcha aloqa liniyalari berk konturni tashkil qiladi. Bu topologiya yulduzli va halqali topologiyani ustunligini kombinatsiyalashga imkon yaratadi.
Masalan, konsentratorlar barcha ulanadigan nuqtalarni bir joyga yig‘ishga imkon yaratadi.
Tarmoq topologiyasi kompyuterlarni faqat fizikaviy joylanishlarini ifodalamasdan, lekin undan muhimrog‘i, ular orasidagi aloqalar xarakteri, tarmoq bo‘yicha signallarning tarqalganish xususiyatlari ifodalaydi. Huddi shu aloqalar xarakteri tarmoqning buzi-lishiga mustaxkamlik darajasini belgilaydi, tarmoqdаgi apparatlar-ning kerakli murakkabligini, almashuv boshqarish usulini eng to‘g‘ri keladiganini, uzatish muxitining mumkin turlarining (aloqa kanallari), tarmoqning mumkin bo‘ladigan o‘lchamlari (aloqa liniyalar uzunligi va abonentlar soni), elektr muvofiqlashtirishni kerakligi va h.k. tarmoq bilan birlаshgаn kompyuterlarni fizik joylanishi topologiyani tanlashda, umuman olganda, ta’siri kam har qaysi kompyuterlarni, ular qanday joylashganidan qa’tiy nazar, har qanday ol-dindan tanlangan topologiya yordamida har doim ulash mumkin (8-rasm).
rasm 10
Agar ulanadigan kompyuterlarni doirani konturi bo‘yicha joylashgan bo‘lsa, ular yulduz yoki shina bo‘lib bеmаlоl ulanishi mumkin. Agar kompyuterlar qandaydir markaz atrofida joylansa, ular bir birovi bilan shinali yoki halqali bo‘lib ulanishi mumkin. Kompterlar bir chiziq bo‘yicha joylashgan bo‘lsalar, ular yulduz yoki halqa bo‘lib ulanishi mumkin.
Boshqa gap, buning uchun kabelning kerakli yig‘indisi uzunligi qancha bo‘lishidir.
Adabiyotda tarmoq topologiyalari to‘g‘risida gap ketsa, tarmoq arxitekturasining har xil darajalariga tegishli to‘rt mutloqo har xil tushunchalar o‘ylash mumkin.
Fizikkaviy topologiya (ya’ni kompyuterlarni joylanish sxemasi va kabellarni yotqizilishi). Bu ma’noda, masalan, passiv yulduz aktiv yulduzdan hech qanday farq qilmaydi, shu tufayli uni ko‘pincha oddiy “yulduz” deb ataladi.
|
| |