|
O‘QUV AMALIYOTINING MAQSAD VA VAZIFALARI
|
bet | 2/74 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 37,16 Mb. | | #147871 |
Bog'liq Ishchi amaliy.11.2. O‘QUV AMALIYOTINING MAQSAD VA VAZIFALARI
1.2.1. AMALIYOT MASHG‘ULOTINING MAQSADI
Mobil qurilmalarning dasturiy taninotio’quv amaliyoti “Apparat va dasturiy taminot sozlovchisi” kasbi bo‘yicha ta’lim oluvchi talabalarga mo‘ljallangan. Bu amaliyot fanning asosiy maqsadi o‘zbek va xorijiy mamlakatlar texnologiyasi asosida amaliyot laboratoriyalari sharoitida tayyorlashni texnologik jarayonlarini o‘rganadi va boshlang‘ich amaliy tajribani egallash yoki keyinchalik kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan o‘ziga xos umumiy va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish uchun amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish. Shaxsiy kompyuterlar, serverlar, periferiya uskunalarining dasturiy ta’minotini o’rnatish va xizmat ko’rsatish o’quv amaliyotida texnologik yo‘riqnomalar va ma’lumotnoma hujjatlardan to‘g‘ri foydalana olish va kasbiy kompetensiyalarini amaliyot laboratoriyalarida shakllantirish.
1.2.2.AMALIYOT MASHG‘ULOTINING VAZIFALARI
Ushbu o‘quv amaliyoti bosqichida har bir o‘quvchi uchun amaliyot uchun ajratilgan 120 soat vaqtni dasturda belgilangan kompetensiyalarni shakllantirish uchun muhim bo‘lgan amaliy, zarur va yetarli amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish uchun to‘g‘ri taqsimlash. Amaliyot dasturiga muvofiq boshlang‘ich kasbiy tajribani rivojlantirish uchun amaliyot laboratoriyalarida sharoit yaratish. O‘quvchini ongli tushunishiga va o‘z faoliyatini baholashga jalb etish uchun sharoit yaratish. Ish beruvchilarni talablari va professional ta’lim muasasasida o‘quv amaliyotini tashkil etish va o‘tkazishga qo‘yiladigan maxsus talablar asosida ish joyini tashkil etish. Amaliyot natijalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha qo‘shimcha izohlar berish.
1.3. AMALIYOT NATIJALARI VA MAZMUNIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
Mobil qurilmalarning dasturiy taninotiishlari o’quv amaliyotidan shaxsiy kompyuterlarni tamirlash, ichki jixozlarini o’rganish, dasturlarini yangilash va shaxsiy kompyuterdan foydalanishni o’rganish. Ish joyida texnika xavfsizligi qoidalarini va shaxsiy kompyuterdan to’g’ri foydalana olish. Shaxsiy kompyuter ichki dasturidan foydalanib yangiliklar yarata olish.
|
| |