|
Mobil texnologiyalarda elektron tijorat va to‘lov tizimi
|
bet | 1/4 | Sana | 23.09.2024 | Hajmi | 25,99 Kb. | | #272011 |
Bog'liq Mobil texnologiyalarda elektron tijorat va to‘lov tizimi
Mobil texnologiyalarda elektron tijorat va to‘lov tizimi
Jahon tajribasi elektron hisob-kitoblar tizimlari sohasida yangi axborot va kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish, iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirish va uning ko‘lamlarini kengaytirish yo‘llaridan biri ekanligidan dalolat beradi. Bunday turdagi innovatsiyalarga elektron to‘lov tizimini, ya’ni elektron pullarni kiritish mumkin. Elektron to‘lov tizimi – bu umumiy to‘lov tizimlarining bir ko‘rinishi bo‘lib, elektron to‘lovlarni tarmoq yoki chip orqali tranzaktsiya (ingl - transaction, lotincha transactio - kelishuv, shartnoma) operatsiyasini amalga oshiradi. Elektron pullar – elektron to‘lovlarning asosi sifatida pul, tovar va xizmatlar muomalasini faollashtirilishiga katta ta’sir o‘tkazadi.
Dastlab, 1980-yillarda muomalaga ilk bor magnit va debet kartalar kiritilib, fiat (naqd) pullar elektron tizimga o‘tkazila boshlandi. 1990-yillardan boshlab elektron to‘lov umumiy to‘lov tizimining jiddiy elementiga aylanib, pul miqdorini o‘zida saqlovchi smart-kartalar muomalaga kiritildi. Magnit va smart-kartalar naqd pullarni to‘liq almashtirmagan bo‘lsada, kartalardagi pul miqdori sezilarli darajada ko‘paya boshladi. Elektron to‘lovlar pul muomalasidagi xarajatlarni kamaytirishda, kartalar egalariga tezkorlik, qulaylik va anonimlikni ta’minlashda katta ahamiyat kasb etdi. 2000-yillarga kelib elektron pullar elektron tijoratda eng asosiy rolni bajarishni boshladi.
AQSH Federal Rezerv bankining Maslahat Kengashi elektron pulga “elektron shaklga o‘tkaziladigan pullar” deb tushuncha berdi. Elektron pullar standart bank hisob-raqami shaklidagi bank yoki moliya institutining kafolatiga ega bo‘ldi. Aynan shu davrda dasturiy paketlar shakllana boshlagan. Hozirgi kunda elektron pul tizimlari naqdsiz pulni muomala qilishning eng ommabop turiga aylandi. Yirik davlatlar butun dunyoga tarqalgan va ommaviy tusga ega bo‘lgan elektron pul muomalasi bilan bog‘liq bank kartalarni chiqarishgan. Dunyodagi eng mashhur, kredit va debet bank kartalari bilan ishlaydigan tizimlar bu: VISA, MasterCard, VISA Electron va Maestrodir. Qo‘shimcha qilish joizki, VISA kartalari bo‘yicha yillik savdo aylanmasi 4,8 trillion AQSH dollarni tashkil qiladi. VISA kartalari dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlarida qabul qilinadi.
Dunyoda to‘lov kartalarining 57% VISA kartalari tashkil qiladi, asosiy raqobatchilari MasterCard 26% va American Express 13% ni tashkil qiladi. MasterCard Worldwide – dunyoning 210 mamlakatlaridagi 22 ming moliyaviy tashkilotlarni birlashtirgan xalqaro to‘lov tizimi hisoblanadi. Bosh ofisi AQShning Nyu-York shahrida joylashgan. Internet-banking tizimida ishlaydigan to‘lov tizimlari ishlatish doirasi, hududlarni qamrab olishi va to‘lov imkoniyatiga qarab bir-biridan farqlanadi. Ularning ayrimlari MDH davlatlari hududida amal qilsa, ba’zilari xalqaro tranzaksiyalarni amalga oshirishda ishlatiladi. Shulardan eng mashhuri va ommalashgani elektron tizimlardan biri Webmoney hisoblanadi. Bu tizim aksariyat Internet-do‘konlarning elektron to‘lovlarida ishlatiladi va o‘zining o‘ta mustahkam xavfsizlik tizimi bilan ajralib turadi. Hozirgi vaqtda Webmoney tizimidan foydlanuvchilarning qariyb 70 foizi rossiyaliklardir. O‘zbekistonda ham mazkur to‘lov tarmog‘i oxirgi 2 yil ichida keng ishlatila boshlandi va hattoki, uning WMZ-belgilarini milliy valyuta - so‘mga almashtiradigan saytlar paydo bo‘ldi. Rossiyada ommabop bo‘lgan to‘lov tizimlaridan yana boshqalari Yandex. Dengi va QIWIkosheleklardir. Tadqiqotlarga ko‘ra 12 millionga yaqin rossiyaliklar “Yandex. Dengi”, 13 milliondan ortig‘i “QIWI koshelek” akkaunt (hisob-raqam)lariga ega.
|
| |