|
Mobil texnologiyalarda elektron tijorat va to‘lov tizimi
|
bet | 2/4 | Sana | 23.09.2024 | Hajmi | 25,99 Kb. | | #272011 |
Bog'liq Mobil texnologiyalarda elektron tijorat va to‘lov tizimiMobil elektron tijorat
Elektron to‘lov tizimlarni boshqacha qilib fiatsiz (naqd bo‘lmagan) elektron pullar deb ham atashadi. Bular qatoriga yana quyidagi tizimlarni kiritish mumkin: EasyPay, OKPAY, RBK Money, Dengi@Mail.Ru (QIWI- 100% sotib olgan), SKRILL, Kripto valyutalar, Bitcoin, Litecoin, Eleksnet, PayQR, Perfect Money, PayPal, Moneybookers va boshqalar. Shular ichidan dunyo miqyosida amal qiladigan, hammabop tizimlardan OKPAY va Perfect Money larni alohida ajratish mumkin. Bu ikkala tizimdagi elektron pullarning himoyalanganlik (xavfsizlik) darajasi o‘ta yuqori bo‘lib, verifikatsiya (shaxsni to‘liq tasdiqlash) operatsiyalarini amalga oshirgandan keyingina kerakli darajaga erishish mumkin. Bundan tashqari xalqaro tranzaksiyalar tezkorlik bilan, minimal foizlarda amalga oshiriladi. O‘zbekistonda ham elektron to‘lov tizimini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha keng amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu borada qabul qilingan qonun va qonun-osti hujjatlari bank va to‘lov tizimini tartibga solishga, elektron tijoratni rivojlantirishga qaratilgan. Internet-banking texnologiyasi bank uchun ham, mijozlar uchun ham qo„shimcha qulayliklar yaratadi. Jumladan, mijoz o‘z hisobvarag‘i bo‘yicha bank amallarini bajarish uchun bankka bormasdan, Internet orqali istagan joyidan, istagan vaqtida bajarish imkoniyatiga ega bo‘lib, hisobvarag‘ining holati, mablag‘ning kelib tushishi, to‘lovlarning aks ettirilishi kabi amallar haqida ma’lumotlarni olishi mumkin. Bu esa mijoz uchun o‘z vaqti va mablag‘ini tejash, manzilning uzoqyaqinligiga qaramasdan bankni ixtiyoriy ravishda tanlash va o‘z mablag„larini tezkor boshqarish afzalliklarini yaratadi. Shuningdek, “Uzkart” banklararo to‘lov tizimi ishtirokchilari bo‘lgan tijorat banklari bilan hamkorlikda “on-line” rejimida ishlaydigan milliy texnologik platformani yaratilishi Internetbanking xizmatlari orqali real vaqt ichida mijoz o‘z kartochka hisobvaraqlarini boshqarishi, kommunal va boshqa to‘lovlarni amalga oshirishi uchun imkoniyatini beradi. Bu borada 2013 yil 1 sentabridan boshlab Yagona Umumrespublika Protsessing Markazi va “CLICK” kompaniyasining UZCARD-CLICK qo‘shma loyihasi hayotga tatbiq etildi. Mazkur loyiha doirasida O‘zbekistondagi istalgan bankning barcha UZCARD onlayn plastik kartalari foydalanuvchilari istalgan bank yoki infokioskda UZCARD SMS-axborot berish xizmatini mobil qurilmalariga ulashlari mumkin. So‘ngra SMS-axborot berish xizmati ulangan mobil qurilmadan bepul USSD so‘rovini jo‘natib, o‘z UZCARD onlayn plastik kartasini tizimga bog‘lash zarur. Shundan keyin foydalanuvchi mobil qurilma orqali plastik kartadan to‘lovni amalga oshira oladi. Barcha to‘lovlar vositachilik haqisiz amalga oshirilishi mazkur loyihaning farqlanuvchi xususiyati hisoblanadi. Onlayn plastik kartalar foydalanuvchilariga innovatsion xizmatlarni taqdim etayotgan bunday zamonaviy loyihalarni joriy etish ko‘p jihatdan mamlakatimizda naqd pulsiz hisob- kitoblar tizimining rivojlanishiga imkon yaratmoqda. Shu bilan birga, “Uzpaynet” chakana to‘lovlar tizimini yanada rivojlantirish va respublikaning barcha hududlarida aholidan to„lovlarni qabul qilish bo‘yicha xizmat turlarini kengaytirish, joylarda kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning ulanishini ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. O‘z navbatida, “National Engineering Technologies” MChJ tomonidan joriy qilingan MBANK tizimi foydalanuvchilarga kompyuter yoki mobil qurilmalar orqali aloqa, Internet, televideniya, kommunal xizmatlar, soliq va jarimalar hamda boshqa to‘lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish imkonini beradi. Yagona umumrespublika protsessing markazi (YaUPM) tomonidan UzCard “on-line” bank kartalari foydalanuvchilariga Internet hamda mobil aloqa orqali masofadan elektron to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi “Internet-bank” va “e-commerce” modullari ishga tushirilishi natijasida bank kartalari orqali masofadan onlayn rejimda to‘lovlarni amalga oshirishning imkoniyatlari yaratildi:
- YaUPM serverida bank kartasi egasining shaxsiy kabineti tashkil etilib, mobil aloqa va Internet operatorlari, IP-telefoniya, shahar telefon aloqasi, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
- elektron tijorat sohasiga mo„ljallangan “e-commerce” moduli orqali bevosita Internet do‘konidan xarid qilingan tovarlar, xizmatlar, avia va temir yo‘l chiptalari, mehmonxonalar xizmati, o‘qish kontraktlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan joriy qilingan “SMS-TO„LOV” (UPAY) elektron to„lov tizimi naqd pulsiz to‘lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, hozirgi kunda tijorat banklari (20 ga yaqin) ushbu tizimga ulangan bo‘lib, tizimdan keng foydalanilmoqda. Mazkur tizimda foydalanuvchilar mobil aloqa va Internet operatorlari xizmati, kommunal xizmatlar uchun, soliq va boshqa to‘lovlarini mobil telefoni yoki Internet orqali bank depozit yoki bank kartasi hisobvaraqlaridan to‘lash imkoniyatiga ega.
|
| |