• Nazorat savollari
  • 19-mavzu. Kommunal toʻlovlarni amalga oshirishda interaktiv xizmatlar reja




    Download 2.59 Mb.
    Sana09.09.2023
    Hajmi2.59 Mb.
    #80915
    Bog'liq
    19-AK~1
    5-ma’ruza Adobe Photoshopda ranglar bilan ishlash-fayllar.org, Shomansurova M.Sh., 1313 Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish, “Biznes huquqi” FAN dasturi 2-kurs, Ilm-fan 0126, simple-and-compound-sentences-1-разблокирован, 3-mavzu yangi

    19-MAVZU. KOMMUNAL TOʻLOVLARNI AMALGA OSHIRISHDA INTERAKTIV XIZMATLAR
    Reja:
    1. Kommunal xo‘jalik va uy-joy fondi portali e-kommunal.uz dan
    2. Bo‘limda bir qancha xizmatlar .
    3. Kommunal xizmatlarni onlayn to‘lashda xizmatlar ketma-ketligi
    Kommunal xo‘jalik va uy-joy fondi portalini tahlil qilish. Uning resurslari, faoliyat maqsadlari, kommunal xizmatlarini yagona oyna ko‘rinishida interaktiv xizmatlarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Tinglovchi e-kommunal.uz, ya’ni Kommunal xo‘jalik va uy-joy fondi portalidan ID.uz yagona identifikatsiya tizim orqali ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi xamda elektron xisoblagichlarni profilga kiritib onlayn to‘lovni amalga oshirishi lozim. Kommunal xo‘jalik va uy-joy fondi portali e-kommunal.uz
    Portalning asosiy vazifasi aholining uy-joy-kommunal soha va kommunal xizmat vakillari, shuningdek, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining sohaning yuqori tashkilotlari bilan hamkorligini yanada takomillashtirishdir. Portalning maqsadi – interfaol va axborot xizmatini ko‘rsatish orqali kommunal xizmatlarining aholi, tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishi uchun yagona axborot makonini tashkil etish, kommunal xizmatlar faoliyatida oshkoralikni ta’minlashdan iborat. Portal ѐrdamida iste’molchilarga interaktiv xizmatlar ko‘rsatish maqsadida kommunal xizmat va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati avtomatlashtirilmoqda.

    2.1-rasm E-kommunal.uz
    Foydalanuvchi tizimdan foydalanish uchun ID.UZ yagona identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi.


    2.3-rasm ID.uz
    Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng xizmatlar yetkazib beruvchilarining rekvizitlarini bilib olishi, portal ma’muriyatiga savol bilan murojaat qilish imkoniyati mavjud. Shuni ta’kidlash joizki, faqat o‘z profilidagi ma’lumotlarni, misol uchun, o‘z manzilini ko‘rsatgandagina boshqaruvchi kompaniyalarning rekvizitlarini bilib olish uchun «Xizmatlar yetkazib beruvchilarim» xizmatidan foydalanish imkoniyati beriladi. Profildagi barcha ma’lumotlar tahrir qilinadi, shu sababli yangi yashash joyiga ko‘chib o‘tganda axborotni yangilash imkoniyati mavjud. Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng yuqori o‘ng burchakda foydalanuvchi ismi va familiyasi bilan bir qatorda ―xizmatlar profili‖ paydo bo‘ladi. Bu xizmatlar profilida «Murojaatlarim», «Xizmatlar yetkazuvchilarim», «Profilim» va «Vijetlarim» servislariga menyusi paydo bo‘ladi. «Profilim» bo‘limida foydalanuvchi kommunal hisob-raqamlarini to‘ldirish kerak. Shundan so‘ng «Vijetlarim»da resursdan foydalanuvchi onlayn rejimida kommunal bo‘yicha joriy hisoblanmalarni ko‘rishi mumkin.

    2.4-rasm
    Natijada Vidjet bo‘limida sovuq suv, elektroenergiya, tabiiy gaz, issiq suv uchun to‘lagan pullari haqida ma’lumotlarni (qarz bo‘lsa,qarzlarni) kuzatib borishi imkoniyati mavjud.

    Interaktiv xizmatlar bo‘limi mavjud. Bo‘limda bir qancha xizmatlar mavjud

    • kommunal xizmatlar kalkulyatori

    • kommunal xizmatlari uchun onlayn to‘lov va balansni tekshirish

    • qurilish va ta’mirlash ishlari smeta kalkulyatori

    • savol berish

    • so‘rovnomalar

    • murojaat

    • to‘lov varaqasi


    2.6-rasm Interaktiv xizmatlar.

    E-kommunal portalida nazarda tutilgan yana bir interfaol xizmat – «Kommunal xizmatlar kalkulyatori». Bunda foydalanuvchi, hatto ro‘yxatdan o‘tmasdan turib, elektr energiya, tabiiy gaz, issiq va sovuq suv, isitish, chiqindi uchun qancha to‘lashi kerakligini hisoblashi mumkin. Dasturda hisoblagichning mavjudligini hisobga olib, xonadonda yashovchi kishilarning sonidan kelib chiqib turli tariflar qo‘yilgan. Bu faqat jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan.

    Kommunal xizmatlari elektr energiya, tabiiy gaz, issiq va sovuq suv, isitish, chiqindi uchun u-pay va mbank to‘lov tizimlari orqali onlayn to‘lov imkoniyati mavjud.


    Murojaat bo‘limida murojaat formasini to‘ldiriladi, zarur hollarda esa unga qo‘shimcha fayllarni qo‘shish imkoniyati mavjud. So‘ngra foydalanuvchi tomonidan tanlangan soha va toifaga qarab, tizim uning murojaatini tegishli davlat organiga jo‘natadi.

    To‘lov varaqasi xizmatida tanlangan kommunal turi bo‘yicha to‘lov varaqa xosil bo‘ladi, to‘lov varaqa to‘ldirilib, chop etish imkoniyati xam mavjuddir.
    Nazorat savollari
    - Yangi kommunal xizmatlardan qanday foydalaniladi?
    - ID.uz yagona identifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tish?
    - Kommunal xizmatlarni onlayn to‘lashda xizmatlar ketma-ketligi
    - Vijet bo‘limini shakllantirish?
    Foydalanilgan adabiѐtlar
    1. ―Elektron hukumat to‘g‘risida‖gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
    2015 yil 9 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
    to‘plami, 2015 y., 49-son, 611-modda. 3-15 b.
    2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‘zbekiston Respublikasi
    Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish choratadbirlari
    to‘g‘risida‖gi 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son Qarori.
    3. http://www.e-kommunal.uz
    4. http://www.my.gov.uz
    Download 2.59 Mb.




    Download 2.59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    19-mavzu. Kommunal toʻlovlarni amalga oshirishda interaktiv xizmatlar reja

    Download 2.59 Mb.