• Kerakli apparat va dasturiy ta’minotlar
  • Elektron davlat xizmati
  • 2-topshiriq.
  • 4-topshiriq.
  • 7-topshiriq.
  • 11-topshiriq.
  • Laboratoriya ishi interaktiv xizmatlar va ular bilan ishlash




    Download 101,86 Kb.
    Sana22.01.2024
    Hajmi101,86 Kb.
    #143029
    Bog'liq
    11-labaratoriya


    11- LABORATORIYA ISHI
    INTERAKTIV XIZMATLAR VA ULAR BILAN ISHLASH


    Ishning maqsadi: Talabalarga elektron hukumat haqida. Davlat boshqaruvida interaktiv xizmatlardan foydalanish jarayonlari. Interaktiv xizmatlar tizimining ishlash texnologiyasi haqida bilim berish.
    Kerakli apparat va dasturiy ta’minotlar: Elektron hukumat, Portal, Yagona interaktiv.

    NAZARIY QISM




    Elektron hukumat – davlat organlari tomonidan fuqarolarga axborot va xizmatlarni yetkazib berish uchun Internetdan foydalanish.
    Elektron davlat xizmati – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda ko‘rsatiladigan davlat xizmati.
    Yagona portal – O‘zbekiston Respublikasi Yagona interfaol davlat xizmatlari portalining qisqartirilgan nom


    Laboratoriya ishini mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
    1-topshiriq.my.gov.uz saytiga yagona identifikatsiya tizimi (OneID)ga oid shaxsiy login va parolingiz (avvalgi darsda olingan) bilan kiring, portal oynasi va xizmat turlari bilan tanishib chiqing;
    2-topshiriq.veb-sahifa oynasidan “Elektron kalit olish” identifikatorini tanlang va “ERIni onlayn tarzda olish” yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqing;
    3-topshiriq. “Xizmatdan foydalanish” tugmachasini bosing va ushbu oynada so‘ralgan ma’lumotlarni kiriting;
    4-topshiriq.yashash hududingiz va tumaningiz hamda telefon raqamingizga kelgan kodni quyidagi oynaga kiriting va tasdiqlash tugmachasini bosing;
    5-topshiriq.keyingi sahifada pasportingiz suratini yuklang. Namunada ko‘rsatilganidek,
    6-topshiriq.ERIni saqlash joyini tanlang (“DSKEYS” nomli papkada saqlanadi) va yangi kalit so‘z (parol)ni shakllantiring va .pfx faylni yaratish va davom ettirish tugmachasini bosing
    7-topshiriq.Ariza – Bitimi bilan tanishib chiqing va so‘rov yuborish tugmachasini bosing;
    8-topshiriq.ochilgan oynaga yuqorida yaratilgan kalit so‘zni yozing;
    9-topshiriq.o‘zingizga qulay bo‘lgan davlat bojini to‘lang (yuborilgan ariza (anketa) davlat xizmatlari markazi operatori tomonidan 1 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi va SMS xabar yuboriladi);
    10-topshiriq. “Mening arizalarim” bo‘limidan arizangiz holatini tekshiring (ERI sertifikatini berishda ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, murojaat etuvchiga arizada ko‘rsatilgan telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. Ariza ko‘rib chiqish jarayonida muayyan sabablarga ko‘ra rad etilishi ham mumkin);
    11-topshiriq.sertifikat berilgandan keyin u bilan tanishib chiqing, tasdiqlang, so‘ngra kalit so‘zni kiriting va “OK” tugmachasini bosing;
    12-topshiriq.jarayon yakunida ERI kalitini yuqorida yaratilgan “DSKEYS” nomli papkadan ko‘ring.
    Laboratoriya ishi hisobotining tarkibi:
    1. Ish stolida o’z familiyangiz va guruh nomi bilan papka oching.
    2. Papka ichida – MS Wordda matnli hujjat “ism_laboratoriya_11” nomi bilan hujjat (hisobot) yarating.
    3. Hisobot titul varag’ini yarating. (namuna keltirilgan)
    4. Yaratilgan hujjatga talablar:
    -hisobotda laboratoriya mavzusi va bajarilgan ishlar ketma ketligi keltiriladi va yakunida bajarilgan ish bo‘yicha qisqacha xulosa yoziladi.
    -hisobotda tayyorlanadigan matn Times New Roman shriftida 14- o‘lchamida bo‘lishi kerak.
    -laboratoriya ishini qabul qiluvchi o‘qituvchini familiyasi va ismi aniq ko‘rsatilishi kerak.
    -talaba familiyasi , ismi, guruhi va yo’nalishi aniq ko‘rsatilishi kerak.
    5.Hisobotni talaba o‘zini elektron pochtasiga(mail) ga saqlaydi.O‘qituvchi talab qilganda o‘qituvchi elektron pochtasiga yuboradi.
    Download 101,86 Kb.




    Download 101,86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishi interaktiv xizmatlar va ular bilan ishlash

    Download 101,86 Kb.