|
Model va uning turlari
|
Sana | 08.06.2024 | Hajmi | 1,71 Mb. | | #261613 |
Bog'liq 10-11-mavzu Obyekt (lot. objectum — narsa, anjom) haqiqatda mavjud bo'lgan, kuzatuv (o'rganish) jarayoni va subyekt (kuzatuvchi)ning e’tibori qaratilgan narsa (predmet), jarayon (voqea), hodisa. Har bir obyektning uni boshqa obyektlardan ajratib turadigan nomi mavjud. Nomlar ikkiga bo‘linadi:
umumiy nom – ko‘p obyektlarni belgilash uchun
xususiy nom
– ma’lum bir to‘plamdagi ba’zi bir obyektni belgilash uchun
Bir turdagi o‘rganilayotgan obyektlar o‘zining xususiyatlari – tavsifiga ega bo‘ladi.
Har bir alohida olingan obyekt esa boshqasidan shu tavsifga mos tavsif qiymati bilan farqlanadi.
Modellashtirish – bilish obyektlari (fizik hodisa va jarayonlar)ni ularning modellari yordamida tadqiq qilish, mavjud predmet va hodisalar modellarini yasash va o‘rganishdan iborat jarayon.
Model (lot. modulus – o‘lchov, me’yor) – biror haqiqiy obyekt yoki obyektlar tizimining obrazi yoki nusxasi bo'lib, u izlanish olib borilayotgan sohaning ma'lum talablariga javob berishi zarur.
Hayotda obyektlarning modellariga juda ko‘p misollar keltirish mumkin. Masalan, yerning modeli — globus yoki xarita.
Foydalanish sohasi bo‘yicha: о‘quv modellari tajriba modellari о‘yin modellari ilmiy-tadqiqot modellari
Foydalanish sohasi bo‘yicha modellar
О‘quv modellari о‘qitish jarayonida ishlatiladi.
Bularga kо‘rgazmali qо‘llanmalar, trenajyorlar, о‘qitish dasturlari kiradi.
Tajriba modellari obyektni tadqiq qilish hamda uning bо‘lajak tavsiflarini prognozlashtirish (bashorat qilish) uchun qо‘llaniladi.
Misol uchun, samolyot qanotining modeli uning havo oqimlariga qarshiligini о‘rganish uchun aerodinamik quvurda “puflanadi”.
Ilmiy-texnik modellar jarayon va hodisalarni tadqiq qilish uchun yaratiladi.
Bunday modellarga momaqaldiroq elektr razryadini olish uchun qurilma, Quyosh tizimi sayyoralarining harakatlanish modeli, ichki yonish dvigatelining modellarini kiritish mumkin.
О‘yin modellari bu – har xil о‘yinlar: rivojlantiruvchi, iqtisodiy, harbiy.
Bunday modellar yordamida ziddiyatli vaziyatlarni hal qilish, psixologik yordam kо‘rsatish, turli vaziyatlarda obyektning harakat qilishini bashorat qilish mumkin.
Imitatsion modellar voqelikni nafaqat turli darajadagi aniqlikda aks ettiradi, balki uni imitatsiya (taqlid) qiladi.
Vaqt omili (dinamikasi) bо‘yicha:
Statik modellar obyektni ma’lum vaqt ichida u bilan sodir bо‘layotgan о‘zgarishlarni hisobga olmasdan aks ettiradi. Bu modellarda vaqt omili yо‘q.
Dinamik modellar obyektning vaqt mobaynida о‘zgarish jarayonini aks ettiradi.
Taqdim etish usuli bо‘yicha:
Moddiy modellar modellashtirish obyektlarining moddiy nusxalaridir.
Misol uchun: globus – yer shari shaklining modeli, qо‘g‘irchoq – inson tashqi kо‘rinishining modeli, robot – zararli ishlab chiqarishda inson harakatlarining modeli.
Axborot modeli bu – obyekt, jarayon yoki hodisa xususiyatlari va holatini tavsiflovchi ma’lumotlar yig‘indisi.
Belgili axborot modellari
Verbal modellar
turli tillardan foydalangan holda quriladi. Belgili axborot modeli tabiiy tilda matn yoki dasturlash tilida dastur, formula shaklida ifodalanishi mumkin.
og‘zaki yoki fikr shaklidagi axborot modeli hisoblanadi. Ular birorta axborot tashuvchisida aks ettirilgan obyektlarning visual shakllaridan iborat.
Obyektlarni ifodalash vositalari bo‘yicha
Abstrakt modellar, o‘z navbatida, ikki guruhga bo‘linadi:
- matematik modellar;
- iqtisodiy matematik modellar.
Matematik modellar obyektning tuzilishi va o‘zaro bog‘lanish qonuniyatlarining matematik munosabatlari, formulalari va matematik-mantiqiy tavsifidan iborat.
Iqtisodiy matematik modellar yordamida iqtisodiy taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlari tekshiriladi.
Fizik modellarda obyektning tabiati va tuzilishi asl nusxasi kabi bo‘ladi, lekin undan miqdor (o‘lchami, tezligi va hokazo) jihatidan farq qiladi. Masalan, samolyot, kema, avtomobil, poyezd va boshqalarning modellari bo‘lishi mumkin.
Biologik model turli jonli obyektlar
va ularning qismlari (hujayra, organizm va hokazo)ga xos biologik tuzilish, funksiya va jarayonlarni modellashtirishda qo‘llaniladi.
Biologik model odam va hayvonlarda
uchraydigan ma’lum bir holat yoki
kasalliklarni laboratoriya hayvonlarida sinab ko‘rish imkonini beradi.
|
| |