|
OOOK kurslarning afzallik jihatlari haqida to’xtalib o’tadigan bo’lsak, bular
|
bet | 8/9 | Sana | 17.11.2023 | Hajmi | 3,3 Mb. | | #100589 |
Bog'liq 7-Ma\'ruzaOOOK kurslarning afzallik jihatlari haqida to’xtalib o’tadigan bo’lsak, bular: OOOK kabi kurslar ta’lim tizimini offlayn qismini to’liq almashtira olmaydi. - Muxtasar qilib aytganda, bugungi jahon hamjamiyati tomonidan ana shunday OOOK (ommaviy ochiq onlayn kurslar) ya’ni elektron ta’lim muhitini shakllantirish mexanizmining istiqbolli yo’nalishlaridan biri bo’lib, dunyoning istalgan hududidan bilm olish imkonini beruvchi o’quv kurslar yaratish hisoblanadi. Onlayn muhitidagi kurslarning yanada rivojlanishida an’anaviy o’quv mashg’ulotlarni rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatib, bunda tinglovchilar OOOK kurslaridan samarali foydalangan holda o’z darajalarini yig’ishi mumkin. Respublikamizda ta’lim tizimini modernizatsiya va isloh qilishda bugungi shiddat bilan hayotimizga tobora kirib kelayotgan zamonaviy texnologiyalar ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqishga turtki bo’lib sezilarli ta’sirini ko’rsatib kelayotgani sir emas. Jahon ta’lim tajribalarini mamlakatimiz ta’lim sohasiga bosqichma-bosqich moslashtirish tizimini yo’lga qo’yilishi bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
MOOKning kamchiliklarini ham hisobga olish kerak - Oliy ta’lim muassasalari MOOK tomonidan taqdim etilayotgan ta’lim sifatidan juda tashvishlanishmoqda. Asosiy shikoyat — o‘quv jarayonining yaxshi tashkillashtirilmaganligi va o‘quvchilarning past natijalari hisoblanadi. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, oddiy universitetlardagi talabalar va «mustaqilonlayn-o‘quvchilar» o‘rtasidagi farq juda katta bo‘lib, barcha universitetlar ham MOOK ta’lim sertifikatlarinireyting birligi sifatida tan olmaydilar (kredit — Yevropa tizimlariga muvofiq ballarni o‘tkazish va to‘plash). Shuning uchun akkreditatsiyadan o‘tgan diplomni olmasdan malaka oshirish va qo‘shimcha ta’lim olish uchun MOOK va masofaviy ta’limdan foydalanish mumkinligi xalqaro amaliyotda o‘z isbotini topdi va amalda O‘zbekistonda qo‘llanilishi mumkin. Biroq O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomni olishda MOOK dan foydalanilishi haqida gapirishga hali erta, bu masalaga juda ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. Buning uchun masofaviy ta’limni tashkil qilish tajribasi, o‘quv jarayoni uchun aniq jadval, tizimga solingan kurs mazmuni, o‘quvchilarni qattiq nazorat qilish va attestatsiyadan o‘tkazish kerak bo‘ladi.
|
| |