• Umuman olganda, uni O‘zbekistonda muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun
  • O‘zbekiston aholisi uchun ommaviy ta’lim xizmatlari




    Download 3,3 Mb.
    bet5/9
    Sana17.11.2023
    Hajmi3,3 Mb.
    #100589
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    7-Ma\'ruza

    O‘zbekiston aholisi uchun ommaviy ta’lim xizmatlari

    • Elektron ta’limning ayrim elementlari bugungi kunda O‘zbekistonda qo‘llanilmoqda, ammo ularda to‘liq masofaviy ta’lim kurslari taqdim etilmaydi. 2011-yildan boshlab O‘zbekiston Oliy ta’lim tizimida MOODLE tizimi joriy etila boshlandi. Biroq dastlab tizim talabalar uchun faqat qo‘shimcha manba hisoblanardi. Hozirda unga 50 ta ta’lim muassasasi nominal ravishda bog‘langaniga qaramasdan, amalda bir necha universitetlargina uni faqat o‘quv materiallarining elektron resursi sifatida ishlatadi. Uning ko‘p xususiyatlari ochilmagan va foydalanilmagan. Bu qisman ko‘plab universitetlarning professor-o‘qituvchilari tizimning potensial imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega emasligi bilan ham izohlanadi.
    • Shuni ta’kidlash joizki, 1997-yil 29-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi amaldagi qonunida masofaviy ta’lim tushunchasining, MOOK va uni amalga oshirish mexanizmlarining aniq reglamenti yo‘q. Masofaviy texnologiyalarning imkoniyatlarini yanada samarali joriy etish uchun ushbu tushunchalar va ularni amalga oshirish mexanizmlarining reglamenti milliy portalda muhokamaga taqdim etilgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun loyihasida aniq belgilangan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalari masofaviy ta’limni amalga oshirishi mumkin bo‘lgan yagona reglamentni ishlab chiqish zarur. Biroq bunday tartibqoida qat’iy emas, balki tavsiya etuvchi xususiyatga ega bo‘lishi kerak. Bunday reglamentdan har bir o‘quv muassasi o‘z ichki o‘qitish, o‘zlashtirishni nazorat qilish va shu kabi tizimlardan kelib chiqqan holda, o‘z masofaviy ta’limini joriy etishda «yordamchi» sifatida foydalanishlari mumkin.

    Umuman olganda, uni O‘zbekistonda muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun

    • birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish va masofaviy ta’limni amalga oshirish uchun reglament ishlab chiqish kerak. MOOK texnologiyalaridan oliy ta’lim muassasasini tamomlagandan keyin va kadrlarni qayta tayyorlashda foydalanish yaxshi natijalarni beradi. Bunda, oliy ta’lim muassasalariga ularni amalga oshirish uchun ko‘proq erkinlik taqdim etish lozim. Biroq bakalavrlar, magistrlar va doktorlarga ta’lim berishda MOOK texnologiyalarini joriy etishda taxsil olayotganlarning sifatini qat’iy nazorat ostiga olish darkor.
    • Ikkinchidan, MOOK texnologiyalari istiqbolda rivojlanishi uchun Milliy ochiq universitet yaratish va unga tegishli mutaxassislarni jalb etish zarur. Mazkur universitet O‘zbekistonda ommaviy onlayn-kurslarni taqdim etish uchun ham mahalliy, ham jahondagi yetakchi muassasalar bilan hamkorlikda ish yuritishi kerak.
    • Uchinchidan, LMS (learning management system – ta’lim boshqaruv tizimi) yagona milliy platformasini ishlab chiqish joiz, u orqali ommaviy ta’lim kurslari taqdim etiladi.
    • O‘zbekistonda masofali ta’lim va MOOK texnologiyalarini muvaffaqiyatli joriy etish oliy ta’lim sohasidagi ulkan ijobiy o‘zgarishlarga olib keladi va kelgusida ish bilan ta’minlash va aholining hayot darajasini oshirish bilan bog‘liq ko‘plab masalalarning yechimini topishga yordam beradi.

    Download 3,3 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 3,3 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston aholisi uchun ommaviy ta’lim xizmatlari

    Download 3,3 Mb.