• Charls Leyv va Jeyms March modelga shunday ta’rif beradi
  • Model yaratish
  • Modellashtirishning asosiy usulllari




    Download 22,98 Kb.
    bet3/4
    Sana08.01.2024
    Hajmi22,98 Kb.
    #132671
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Modellashtirish va matematik model haqida

    Modellashtirishning asosiy usulllari

    Model-voqeliklarning soddallashgan ko‘rinishi. Matematik-model vaziyat yoki jarayonning matematik ifodalarda soddalashgan bayoni.


    • Ilk bor matematik modellashtirish ijtimoiy fanlardan iqtisodiy fanlarga tatbiq etilgan. Aynan o‘sha vaqtda psixologiya biologiyaning ba’zi metodlarini o‘zlashtirib oldi, o‘z navbatida, biologiya bu metodlarni matematik fizika va kimyadan olgan edi. Politologiya bu ikki ilmiy fan izidan borib, 50-60 yillar davomida asta-sekin miqdoriy metodika tomoniga o‘tdi. Hozirgi vaqtda ijtimoiy xulq modelidan foydalanish nuqtai nazarida u faqat iqtisodiyotdan ortda qolmoqda.

    Charls Leyv va Jeyms March modelga shunday ta’rif beradi:


    • “Model - bu haqiqiy dunyoning soddalashgan manzarasi. U haqiqiy dunyoning ba’zi hossalarini o‘zida jamlaydi, ammo model real dunyoning barcha xossalariga ega. Model ko‘pgina o‘zaro bog‘liq bo‘lgan dunyo to‘g‘risidagi farazlardan iborat. Har qanday manzara kabi model o‘zi aks ettirgan hodisadan sodda ko‘rinishga ega.”

    Model yaratish


    • Model yaratishdagi ilk qadam-indiktuv qadam bo‘lib, u modellashtirishi ke­rak bo‘lgan jarayonga oid kuzatuvlarni tanlab olishdan iborat. Ushbu boshlang‘ich qadamning tasavvur qilishning imkoniy yo‘l­laridan biri muammoni shakllantirishdan iborat, ya’ni nimani e’tiborga olish ke­rak, nimaga e’tibor bermasa bo‘ladi, degan masalani hal etish lozim.

    • Ikkinchi qadamda, muammoni aniqlashdan noformal modelni yaratishga o‘tish nazarda tutiladi. Formal model saralab olingan kuzatishlarni tushuntira oluvchi, ammo ayni paytda yetarli darajada qat’iy ajratilmagan va ularning mantiqiy bog‘liqligi darajasini aniq tekshirib bo‘lmaydigan instirumentlar to‘plamidir. Mazkur bosqichda modellarni ishlab chiquvchilarning ko‘pchiligi, ayni ma’lumotlarni tushuntirishga yaraydigan bir qator noformal farazlarni ko‘rib chi­qadi, bu yo‘l bilan bir necha potensial modellarni tahlil etishadi va ulardan qaysi biri o‘rganilayotgan muammoni to‘la aks ettirishini hal qilishga urinishadi.

    • Uchinchi qadam noformal modeldan matematik modelga o‘tish. Bunday o‘tish formal modelning bayoni va ayni g‘oya, jarayonlarni tasvirlashga qodir to‘gri keluvchi matematik strukturalarni izlashni o‘z ichiga oladi. O‘tish bosqichi o‘zida ikki xavfni jo etadi.

    • Navbatdagi bosqich, formal modelning matematik ishlanmasi bosqichi bo‘lib, u matematik modellashtirishda hal qiluvchi bosqich hisoblanadi. Aynan shu yerda modelning dastlabki farazlari notrivial oqibatlarning formal rasmiy xulosasi uchun matematik modellarning barcha mantiqiy, algebraik, geometric differensial, ehtimoliy, kompyuterli shakllari qo‘llaniladi. Bu bosqich modellashtirishning deduktiv yadrosi hisoblanib, haqiqatga yaqin farazlardan notrivial va kutilmagan xulosalarni izlaydi. Qo‘lga kiritilgan xulosalar yana bir jarayonidan o‘tadi – bu gal matematik tildan tabiiy tilga qayta o‘tadi. O‘tish muayyan axborotlarni va farazlarni qo‘shish va yo‘qotish orqali amalga oshadi. Modellashtirish ko‘pincha kutilmagan natijalarni hosil qiladiki, ular avval kutilgandan ham qiziqroq bo‘lishi mumkin. Keyin tadqiqotchi modelga muayyan aniqlikni kiritish maqsadida modellashtirishning dastlabki bosqichiga qaytmog‘i lozim.

    Download 22,98 Kb.
    1   2   3   4




    Download 22,98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Modellashtirishning asosiy usulllari

    Download 22,98 Kb.