Modern scientific research: topical issues, achievements and innovations




Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana17.02.2024
Hajmi0,91 Mb.
#158129
1   2   3   4
Bog'liq
FINLAND 17 NUMBER

Kalit so’zlar: integratsiya, integrative yondashuv, kompetenlik, refleksiya, 
refleksiv kompetentlik.  
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining kommunikativ madaniyatini shakllatirishda 
integrative yondashuv asosida shakllantirish masalalari 
– “Ta’lim to’g’risida”gi 
Qonuni 2020-yil 23-sentabr, 2022
—2026-yillarda O’zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning “Taraqqiyot strategiyasi”da va boshqa me’yoriy hujjatlarda 
uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish vazifalari belgilangan bo’lib, bu esa ta’lim 
jarayonida o’quvchilar bilan ishlash, ularni barkamol avlod sifatida shakllantirish 
davlat miqyosida muvaffaqiyatli amalga oshirilishida zamin bo’lmoqda. Jumladan, 
“Ta’lim to’g’risida”gi qonunning 9-moddasida “Boshlang‘ich ta’lim ta’lim 
oluvchilarda umumiy o‘rta ta’limni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, 
bilim, malaka va ko‘nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan” deb alohida 
ta’kidlangan.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida “Integral (lot, integer-butun) matematik 
analiz (tahlil)ning asosiy tushunchalaridan biri. Integrallash matematikada aniqmas 
integralni izlash amali. Integratsiya (lot. Integration 
– tiklash, to‘ldirish. integer-
butun 
so‘zidan), fanlarning yaqinlashishi va o‘zaro aloqa jarayoni, differensiatsiya 
bilan birga kichadi”.
Har bir tarixiy davrning pedagogik tizimida ma’lum bir jamiyatning boshqa 
sohalari kabi sezilarli o‘zgarishlar yuz bergan. Shu bilan birga, jamiyat 
taraqqiyotining barcha bosqichlarida yosh avlodni mustaqil hayotga sifatli 
tayyorlashga alohida e’tibor qaratish lozim. Bugungi kunda o‘quvchi va talabalar 
yuqori aqliy salohiyatga ega, ammo ko‘pincha uni amalda qo‘llay olmaydilar. 
Ushbu muammoni hal qilishning samarali vositalaridan biri boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarining dunyoning yaxlit manzarasi, haqidagi g‘oyasini shakllantirishga 
yordam beradigan ta’lim mazmunini integratsiyalash bo‘lib qolish mumkin. 
Psixologik-pedagogik adabiyotlarda integratsiya deganda alohida elementlar 
sintez orqali yaxlitlik xususiyatiga ega bo‘lgan tizimga birlashadigan jarayon 
tushuniladi. 


421 
Integratsiyalashgan darslar o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini majburiy 
rivojlantirishni ham o‘z ichiga oladi. Bu barcha o‘quv fanlari mazmunidan 
foydalanishga, atrofdagi hayot hodisalari va voqealarga murojaat qilib, fan, 
madaniyat, san’atning turli sohalaridan ma’lumotlarni jalb qilishga imkon beradi.
Shunday qilib, integratsiyalashgan ta’lim bo‘lajak boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchilari faoliyati uchun yangi shart-sharoitlarni yaratadi, bu o‘zaro bog‘liq 
fanlar muammolariga o‘zlarini singdirishga yordam beradigan ijodiy faoliyatni 
rivojlantirish uchun zarur shart sanaladi.
Boshlang‘ich sinflarda integrativ darslarning an’anaviy darslardan quyidagi 
ustunliklari mavjud:
▪ 
integrativ darslar o‘qitish motivatsiyasini oshirishga, o‘quvchilarning bilim 
qiziqishini shakllantirishga, dunyoning yaxlit ilmiy manzarasiga va hodisani bir 
necha tomondan ko‘rib chiqishga yordam beradi;
▪ 
nutqning rivojlanishiga, o‘quvchilarning taqqoslash, umumlashtirish, 
xulosa chiqarish qobiliyatini shakllantirishga hissa qo‘shish; o‘quv jarayonini 
intensivlashtirish, ortiqcha zo‘riqish, ortiqcha yuklamalarni yengillashtirish; 
▪ 
integrativ darslar fanni tushunishni chuqurlashtiradi, ufqni kengaytiradi, 
ko‘p qirrali, uyg‘un va intellektual rivojlangan shaxsni shakllantirishga hissa 
qo‘shadi; 
▪ 
integratsiya o‘quvchilarning turli fanlar bo‘yicha muayyan xulosalarini, 
kuzatishlarini tasdiqlovchi yoki chuqurla
shtiruvchi faktlar orasidagi bog‘lanishlarni 
topish manbai hisoblanadi; 
▪ 
integratsiyalashgan darslar bilimlarni tizimlashtirishga imkon beradi
▪ 
integrativ darslar ko‘proq darajada o‘quv ishlarining umumiy ilmiy va 
ratsional 
ko‘nikmalarini shakllantiradi,
▪ 
integrativ darslar ta’lim-tarbiya jarayonini intensivlashtirish metodikasini 
egallashni, o‘qitishda faollikka asoslangan yondashuvni amalga oshirishni talab 
etganligi sababli o‘qituvchining kasbiy mahoratining o‘sishiga yordam beradi. 
Integratsiyalashgan darsning asosiy qonuniyatlari quyidagi jihatlardan iborat:
➢ 
butun dars muallifning g‘oyasiga bo‘ysunadi, dars asosiy g‘oya bilan 
birlashtiriladi (darsning yadrosi);
➢ 
dars yahlit ko‘rinishga ega, dars bosqichlari yahlit qismlarni tarkibiy 
qismlari; 
➢ darsning 
bosqichlari va tarkibiy qismlari o‘zaro mantiqiy va tizimli 
bog‘langan;
➢ dars uchun tanlangan didaktik materiallar rejaga mos keladi; 
➢ 
axborot zanjiri “berilgan” va “yangi” sifatida tashkil yetilgan va nafaqat 
tarkibiy, balki semantik bog‘liqlikni ham aks ettiradi. Strukturaning izchilligiga 
ketma-ket yerishiladi, ammo parallel aloqani istisno qilmaydi. (birinchi holatda, 
harakatlar ketma-ketligi kuzatiladi, ikkinchisida boshqa mantiqiy qurilgan fikrga 
mos keladigan tegishli vazifalar bajariladi).


422 
Ushbu qonununiyatlarga rioya qilish darsni ilmiy va izchil tuzilmasi sifatida 
ko‘rib chiqishga imkon beradi, unda tarkib nuqtai nazaridan quyidagilar 
ahamiyatga ega: bilim va ko‘nikmalar to‘plami va ular bilan erkin ishlash, 
o‘rganilgan va o‘rganilayotganlarning taqqoslanishlarga bo‘ladi.

Download 0,91 Mb.
1   2   3   4




Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Modern scientific research: topical issues, achievements and innovations

Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish