uskunalari, yong‘inni o‘chirish aslaha-anjomlari,
olovni o‘chirish va olovdan
himoya qilish moddalari
hamda materiallari, maxsus aloqa va boshqarish
vositalari, elektron hujjatlar,
elektron hisoblash
mashinalari
uchun
dasturiy
mahsulotlar
va
ma’lumotlar bazalari, shuningdek yong‘inlarning
oldini olish hamda ularni o‘chirishning boshqa
vositalari;
yong‘inga qarshi rejim
— yong‘in
xavfsizligi
talablari buzilishining oldi olinishini va yong‘inlar
o‘chirilishini ta’minlash yuzasidan odamlarning xatti-
harakat qoidalari, ishlab chiqarishni tashkil etish va
(yoki) binolarni (hududlarni) saqlash tartibi;
yong‘inga qarshi alohida rejim
— yong‘in
xavfi yuqori bo‘lgan davrda muayyan hududlarda
qonun hujjatlariga muvofiq yong‘in xavfsizligining
qo‘shimcha talablarini belgilash.
4-modda. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash
tizimi
Yong‘in
xavfsizligini
ta’minlash
tizimi
yong‘inlarning oldini olish hamda ularni o‘chirishga
qaratilgan huquqiy, tashkiliy,
iqtisodiy, ijtimoiy va
ilmiy-texnik chora-tadbirlar, shuningdek kuchlar va
vositalar majmuidan iboratdir.
Yong‘in
xavfsizligini
ta’minlash
tizimi
sub’ektlari davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organlari,
mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari,
shuningdek
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar (bundan buyon
matnda tashkilotlar deb yuritiladi) va fuqarolardir.