yong‘in xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini
ishlab chiqishda ishtirok etadi va ularning amalga
oshirilishini tashkil etadi;
yong‘in xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy
hujjatlarning loyihalari ishlab
chiqilishida ishtirok
etadi;
yong‘in
xavfsizligi
sohasidagi
texnik
reglamentlar, standartlar, normalar,
qoidalar va
boshqa normativ hujjatlar ishlab chiqilishida ishtirok
etadi;
yong‘in nazoratini tashkil etadi;
yong‘in xavfsizligi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar
va ishlanmalarni muvofiqlashtiradi;
davlat
ehtiyojlari
uchun
yong‘in-texnik
mahsulotining nomenklaturasini
ishlab chiqadi va
hajmlarini belgilaydi;
yong‘inlarni va ularning oqibatlarini hisobga
olish tizimini yaratadi;
aholi punktlarida, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga
molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan
ob’ektlarda, ijtimoiy-madaniy, sanoat ob’ektlarida
hamda
boshqa
ob’ektlarda,
hududlar
va
kommunikatsiyalarda yong‘inlar o‘chirilishini
tashkil
etadi.
Vakolatli organlar qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
8-modda.
Mahalliy
davlat
hokimiyati
organlarining yong‘in xavfsizligi sohasidagi
vakolatlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
yong‘in xavfsizligi sohasidagi
davlat dasturlari
amalga oshirilishida ishtirok etadi;
yong‘in
xavfsizligi
chora-tadbirlarining
bajarilishini tashkil etadi;
mahalliy byudjetlarning yong‘in xavfsizligiga,
shu jumladan yong‘indan
saqlash xizmatining
ta’minoti xarajatlariga doir qismining ishlab
chiqilishi, tasdiqlanishi va ijro etilishini ta’minlaydi;
yong‘in o‘chiruvchilar depolari qurilishini
amalga
oshiradi, yong‘indan saqlash xizmatining
mahalliy
byudjetlar
mablag‘lari
hisobidan
moliyalashtiriladigan
bo‘linmalarini
belgilangan
tartibda saqlaydi va moddiy-texnika bazasi bilan
ta’minlaydi;
yong‘in xavfsizligini ta’minlashning
ijtimoiy va
iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirilishini amalga oshiradi;
tegishli hududda yong‘inga qarshi alohida rejim
o‘rnatadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa
vakolatlarni ham amalga
oshirishi mumkin.