xavfsizlik texnikasi o‘rgatiladigan




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/207
Sana17.05.2024
Hajmi5,02 Mb.
#239473
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   207
Bog'liq
5c78e023dfdea

xavfsizlik texnikasi o‘rgatiladigan 
maxsus kurslar 
ochib, ularga xavfsizlik texnikasi 
qoidalarini to‘la-to‘kis bilib olishlariga imkon 
tug‘dirishi shart. 
Ishchilar dastlabki instruktaj hamda ish o‘rnining 
o‘ziga instruktaj o‘tkazilgandan keyin, (ishga olingan 
kundan hisoblab) kechi bilan uch oy muddat ichida bu 
kurslarda o‘qitiladi. 
Xavfsizlik texnikasi kursini o‘tmagan va 
shunday kursda ta’lim olganligi haqida guvohnomasi 
bo‘lmagan ishchiga ma’muriyatning juda xavfli yoki 
ma’suliyatli ishlarni, shuningdek boshqa ish 
o‘rinlaridan ishlarni topshirishga haqqi yo‘q. 
Ishchilarning xavfsizlik texnikasi bo‘yicha 
instruktajdan o‘tishi va o‘qitilishi qanday tashkil 
etilayotganini va ularning sifatini doimo nazorat qilib 


turish kasaba uyushmalarining korxona va viloyat 
komitetlariga yuklanadi. 
Mehnatni tashkil qilish sharoitini va uning 
muhofaza qilinishini hamda ishchi va xizmatchilarga 
sanitariya-maishiy 
xizmat 
ko‘rsatishni 
yanada 
yaxshilash uchun jamoa ish beruvchi va ishlovchi 
o‘rtasidagi shartnoma katta ahamiyatga ega. 
Xavfsizlik texnikasi xizmati ishlab chiqarishda baxtsiz 
hodisalar va kasallanishlar sababini tahlil qiladi 
hamda shu tahlil natijasi asosida tadbirlar ro‘yxatini 
tuzadi. Bu ro‘yxatga yana baxtsiz hodisalar haqida 
tuzilgan dalolatnomasida ko‘rsatilgan tadbirlar (N-1 
formasi) 
hamda 
davlat 
va 
jamoat 
nazorat 
organlarining mablag‘ sarflashni talab qiladigan 
ko‘rsatmalarida qayd qilingan tadbirlar ham kiritiladi. 
Amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlarini 
bajarish uchun ma’lum miqdorda mablag‘ ajratiladi va 
mablag‘larni boshqa maqsadlarga sarflash taqiqlanadi. 



Download 5,02 Mb.
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   207




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish