-
II sinf
– ikki qavatli yoki quvvatlantirilgan
izolyatsiya bo’lgan va yеrga ulash elеmеtnlari
bo’lmagan mahsulotlar.
-
III sinf
– ichki
va tashqi elеktr zanjirini
kuchlanishi 42 V dan oshmagan maqsulotlar, III
sinfiga oid maqsulotlarni to’qridan to’qri ulanadigan
tashqi ozuqa manbaini kuchlanishi 42
V dan katta
bo’lmasligi shart.
Yo‘l qo‘yiladigan xavfsiz kuchlanishlar.
Baxtsiz hodisalar tahlili shuni ko‘rsatdiki,
elektrjarohatlarning aksariyati kuchlanish ostidagi
elektr qurilmalarning himoyalanmagan qismlariga
tasodifan tegib ketishi natijasida sodir bo‘ladi.
Elektr qurilmadan
foydalanilganda va atrof
ishlab chiqarish muhitiga qarab (50-60 Gs) sanoat
chastotali o‘zgaruvchan tokning 3 ta xavfsiz
kuchlanishi o‘rnatilgan:
Yuqori xavfsiz binolarda – 65 V.
Yuqori xavfli binolarda – 36 V.
O‘ta xavfli binolarda – 12 V.
Ko‘pincha 1000
V gacha kuchlanishli elektr
qurilma bilan ish qiluvchi xodimlarning elektrotok
bilan shikastlanish holatlari yuz beradi negaki ular
bunday kuchlanishni
xavfsiz deb hisoblab, himoya
vositalaridan asossiz foydalanishadi.
U dan 36 V gachani nisbatan xavfsiz kuchlanish
deb hisoblash qabul qilingan. U = 36 dan 60 V gacha
kuyish va teridan og‘riqli qo‘zg‘atishini chaqiradi.
U = 60 dan 100 V gacha jiddiy xavf chegarasi
hisoblanadi va katta kuyishlar
va nafas hamda yurak
falajini hosil qiladi.
100 V dan yuqori kuchlanishli elektrotok inson
hayoti uchun xavfli hisoblanadi.
Apparaturalar, asboblar va elektr qurilmani
yig‘ayotganda xizmat ko‘rsatuvchi personalning qisqa
uzilish yoki boshqa nosozlikda
kuchlanish ostiga
tushgan
asbob
korpusi
yoki
himoyalanmagan
simlarga, tok o‘tuvchi qismlariga tasodifiy tegib
ketishidan himoyaning maxsus choralari ko‘zda
tutiladi.