Modul. Magnit maydoni va uning xarakteristikalari. Magnit maydonning tokli o’tkazgich va elektr zaryadlariga ta’siri. Elektromagnit induksiy. Elektromagnit to’lqinlar




Download 1.95 Mb.
bet17/21
Sana14.11.2020
Hajmi1.95 Mb.
#12461
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21

Ferromagnitlar. Tashqi magnit maydoni bo’lmaganda ham kuchli magnitlanish qobiliyatiga ega bo’lgan molekulalardan tarkib topgan moddalar ferromagnitlar hisoblanadi. Ferromagnitlarga Fe, Co, Ni, Cd, CrTe, Mn Al Cu kiradi.

Modda

Tarkibi



B

(Тл)


Нс



Temir

Supermaloy

Aliniko

Magniko

Kolumaks


99,9% Fe

79% Ni, 5% Mo, 16% Fe

10% Al, 15% Ni, 18% Co, 53% Fe

14% Ni, 24% Co, 8% Al, 3% Cu, 51% Fe

13% Ni, 24% Co, 8% Al, 3% Cu, 0,7% Te, qolgan qismi Fe


500 0

800 000


-

-

-



-

-

0,9



1,25

1,3


80

0,3


52000

46000


59000

Moddalarning ferromagnit xususiyati kristallar uchun xos bo’lib, ma’lum sharoitda elektronlarining magnit momentlari o’zaro parallel joylashgan elementar hajm “domenlar”-dan tashkil topgan bo’ladi. (86-rasm) Tashqi maydon bo’lmaganda domenlar tartibsiz joylashgan bo’lib, magnit xususiyatini namoyon qilmaydi.

10.6-rasm



Ferromagnitlar tashqi magnit maydonda kuchli magnitlanish hosil qilib, quyidagi xossalarga ega:

  1. Odatdagi sharoitda ferromagnit moddalarning magnit kirituvchanligi juda yuqori bo’ladi.

  2. Magnitlanish vektori magnit maydon kuchlanganligiga bog’liq holda o’zgarib, u gisterezis hodisasi orqali tushuntiriladi: Magnitlanish dastlab maydon kuchlanganligiga proporsional ravishda chiziqli ortsa to’yinish darajasidan so’ng qoldiq magnitlanishga ega bo’ladi.

10.7-rasm



  1. Ferromagnit moddalarning magnitlanishi maydon kuchlanganligining chiziqli bo’lmagan funksiyasi bo’lib, paramagnitlarga nisbatan 103-marta katta.

  2. Ferromagnit moddalar uchun temperaturaning shunday ma’lum intervali mavjudki, undan yuqori temperaturalarda ferromagnitlik xususiyati yo`qoladi. (Temir uchun Kyuri temperaturasi 768oC kobalt uchun esa 1075oC)

Gisterezis halqasi har xil ferromagnitlar uchun turlicha bo’lib, konservativ kuchi bo’lganlari qattiq ferromagnitlar deyiladi va ulardan doimiy magnitlar yasashda foydalanadi.



Konservativ kuchi kichik bo’lgan moddalar yumshoq ferromagnitlar deyiladi va ulardan transformator o’zaklari yasashda foydalaniladi.



Download 1.95 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Download 1.95 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Modul. Magnit maydoni va uning xarakteristikalari. Magnit maydonning tokli o’tkazgich va elektr zaryadlariga ta’siri. Elektromagnit induksiy. Elektromagnit to’lqinlar

Download 1.95 Mb.