Moliya bozori modellari




Download 37,49 Kb.
bet3/4
Sana22.01.2024
Hajmi37,49 Kb.
#143456
1   2   3   4
Bog'liq
Moliya bozori modellari

Obligatsiyalar tasnifi

Obligatsiyalarning tasnifiy belgilari

Mos ravishda obligatsiya turlari

Emitent turiga ko‘ra

  • Davlat obligatsiyalari

  • Munitsipal obligatsiyalar

  • Korporativ obligatsiyalar

  • Xorijiy obligatsiyalar

Muddatiga ko‘ra

  • To‘lov va so‘ndirish muddati qat’iy belgilangan obligatsiyalar

  • Muddatsiz yoki qoplanmaydigan obligatsiyalar

  • Qoplash muddati kelguncha emitent tomonidan qayta chaqirib olinishi mumkin bo‘lgan obligatsiyalar

  • Qoplash muddati kelguncha investor obligatsiyaning nominal qiymati bo‘yicha to‘lovni olish va qaytarish huquqi bilan joylashtiriluvchi obligatsiyalar






- Emitentga to‘lovni uzaytirish huquqini beruvchi qoplash muddati uzaytirilgan obligatsiyalar

Egalik qilish huquqi bo‘yicha

  • Nomi yozilgan, emitent reyestr kitobida va obligatsiya muqovasida obligatsiya egasining nomi kiritiladigan obligatsiyalar.

  • Taqdim qiluvchiga, obligatsiya egasi taqdim etgan hujjat evaziga.

Obligatsiya maqsadiga ko‘ra

  • Oddiy, turli loyihalarda foydalanishi kozda tutilgan qoshimcha moliyaviy resurslar jalb qilish maqsadida emissiya qilingan obligatsiyalar

  • Maqsadli, joylashtirishdan tushgan mablag‘lar aniq investitsion loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirila- digan obligatsiyalar (infratuzilma obligatsiyalari)

Joylashtirish shakli bo‘yicha

Nominal qoplanish sharti bo‘yicha

  • Nominal summa bir marta qoplanadigan obligatsiyalar

  • Belgilangan vaqt oralig‘ida nominal summadan ulushli to‘lovli obligatsiyalar

  • Obligatsiyalar umumiy sonidan izchil ravishda qat’iy belgilangan to‘lovli obligatsiyalar (lotoreyalar, tirajli zayomlar)

Emitent tomonidan obligatsiyalar bo‘yicha turli to‘lovlar amalga oshirilishiga ko‘ra

  • Qat’iy belgilangan daromad keltiruvchi va qoplanish muddati oxirida nominal summa ham qaytarilishi kafolatlanadigan obligatsiyalar

  • Kuponsiz yoki nollik kuponli obligatsiyalar

  • Qoplash vaqtida foiz to‘lovlari va obligatsiya nominal qiymati to‘lanadigan obligatsiyalar

  • Obligatsiya nominal qiymati qaytariladigan, kupon to‘lovlari to‘lanishi emitent kompaniya moliyaviy faoliyati natijalariga bog‘liq obligatsiyalar

Kupon to‘lovlariga ko‘ra daromad turlari bo‘yicha

  • Qat’iy belgilangan kupon stavkali obligatsiyalar

  • Suzib yuruvchi kupon stavkali obligatsiyalar

  • Muomala muddati davomida kupon foiz stavkasi bir xil oshib boruvchi (indeksli) obligatsiyalar

  • Minimal yoki nol kuponli obligatsiyalar (daromadlilik joylashtirish (bozor) bahosi nominal qiymatdan kelib chiqib belgilanuvchi obligatsiyalar)

  • To‘lov tanlovli obligatsiyalar

  • Kupon stavka yoki suzib yuruvchi stavka bo‘yicha daromad to‘lanuvchi aralash turdagi obligatsiyalar



Muomala xarakteri bo‘yicha

  • Konvert obligatsiyalar

  • Aksiyalarga konvertatsiyalanishi mumkin bo‘lgan obligatsiyalar

Qilingan investitsiyalar himoyalangan darajasi bo‘yicha

  • Yuqori ta’minotga va nufuzga ega kompaniyalar tomonidan emissiya qilingan ishonchli obligatsiyalar

  • Ishonch nihoyatda past spekulyativ xarakterga ega obligatsiyalar

Bundan tashqari obligatsiyalarni ta’minlanganlik darajasi bo‘yi- cha ham tasniflanadi. Bunda ta’minlangan va ta’minlanmagan obligatsiyalar ajratib ko‘rsatiladi. Ta’minlangan obligatsiyalarda garov sifatida mol-mulk, kafillik, garov masalalari ko‘riladi. Ta’minlanma­gan obligatsiyalar bo‘yicha esa hech qanday ta’minot ko‘rsatilmaydi. Bunday obligatsiyalar odatda bozorda yuqori nufuzga hamda yuqori moliyaviy barqarorlikka ega emitentlar tomonidan muomalaga chiqariladi.


Umumiy holda obligatsiyalar muomalasi emitent uchun ham, investor uchun ham ma’lum bir afzalliklarga va kamchiliklarga ega hisoblanadi (3.2-jadval).
3.2-jadval

Download 37,49 Kb.
1   2   3   4




Download 37,49 Kb.