|
Pul bozori instrumentlari
|
bet | 2/4 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 37,49 Kb. | | #143456 |
Bog'liq Moliya bozori modellariPul bozori instrumentlari
Xalqaro tajribaga ko‘ra, pul bozori instrumentlariga quyidagilar kiradi:
davlat qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlari;
qayta sotib olinuvchi shartnomalar;
depozit sertifikatlari;
tijorat qog‘ozi;
bankir kafolati;
yevrodollar.
Davlat qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlari (T-Bills) asosan davlat qarzini qoplash uchun emissiya qilinadi. Ya’ni davlat o‘zining soliqlar orqali byudjetiga tushuvchi mablag‘lari kelguniga qadar qisqa muddatli qarz majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlarni emissiya qiladi. Ayrim davlatda bu qimmatli qog‘oz Moliya vazirligi tomonidan emissiya qilinsa, boshqalarida G‘aznachilik tomonidan emissiya qilinadi. AQSH misolida ko‘radigan bo‘lsak, ushbu qimmatli qog‘oz G‘aznachilik boshqarmasi (Treasury Department) tomonidan emissiya qiladi hamda T-Bills deb ataladi. Ularning muddati asosan 28; 91 va 182 kunni tashkil etadi. 1998-yildan beri AQSH hukumati investorlar uchun ushbu turdagi qimmatli qog‘ozlarni internet orqali sotib olish imkonini yaratdi va bu o‘z navbatida ularni individual investorlar orasida yanada kengroq tarqalishiga olib keldi. G‘aznachilik ushbu qimmatli qog‘ozlar uchun hech qanday foiz to‘lovini amalga oshirmaydi. Ular o‘zining nominal narxidan past bahoda bozorga joylashtiriladi hamda so‘ndirilish muddatida nominal narx bo‘yicha so‘ndiriladi. Ularning bozorga joylashtirilish hamda so‘ndirilish baholari orasidagi farq asosan muddatga bog‘liq hisoblanadi. Ushbu turdagi qimmatli qog‘ozlarning risklilik darajasi nolga teng deb hisoblanadi, sababi hattoki davlatda ularni so‘ndirish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmay qolgan taqdirda ham, davlat shunchaki qo‘shimcha valyuta emissiya qilish orqali ularni so‘ndirishi mumkin. Ularning muddati qisqa bo‘lganligi sababli inflyatsiya darajasining ta’siri ham unchalik yuqori hisoblanmaydi.
Obligatsiyalar muomalasi nazariy jihatlari
Qimmatli qog‘ozlar bozorining, umuman moliya bozorining muhim instrumentlaridan biri obligatsiyalar hisoblanadi. Obligatsiya - uni chiqargan shaxs va egasi o‘rtasidagi qarz munosabatni tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozdir. O‘zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra: obligatsiya - obligatsiyani saq- lovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qayd etilgan foizni olishga bo‘lgan huquqini yohud boshqa mulkiy huquq- larini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz. Obligatsiya uning egasiga obligatsiyaning nominal qiymatidan qat’iy belgilangan foiz bo‘yicha daromadni olish huquqini belgilaydi. Obligatsiya bo‘yicha daromad foiz yoki diskontda ifodalanadi.
Shunday qilib, obligatsiya - o‘z ichiga ikkita quyidagi asosiy ele- mentni mujassamlashtirgan qarzni ifodalovchi qimmatli qog‘ozdir:
emitent obligatsiya titulida ko‘rsatilgan summani muddati kelganda uning egasiga qaytarishi;
emitent majburiyati obligatsiya egasiga obligatsiya nominal qiymatidan kelib chiqqan holda qat’iy belgilangan foiz to‘lovlarini amalga oshirishi.
Aksiya va obligatsiya o‘rtasidagi tamoyilial farq aksiya ulush munosabatini anglatishi, obligatsiya esa qarz munosabatini anglatishi- da namoyon bo‘ladi. Bunda aksiyani sotib olgan investor kompaniya emitentning mulkdoriga, ya’ni ulushidan kelib chiqqan egasiga aylanadi. Obligatsiya sotib olgan investor kompaniya-emitentning kre- ditoriga aylanadi. Bundan tashqari, aksiyadan farqli o‘laroq, obligatsiyaning muomalada bo‘lish muddati qat’iy belgilangan va muddati kelganda so‘ndiriladi. Obligatsiya aksiyaga nisbatan afzallikka ega bo‘lib, bu afzallik kompaniya tugatilganda birinchi navbatda obligat- siya bo‘yicha foiz to‘lovlari, so‘ngra aksiya bo‘yicha devidendlar to‘lanadi; emitent-kompaniya likvidatsiya yoki tugatilishi jarayonida mulkni taqsimlashda aksiyadorlar kompaniyaning barcha majburi- yatlari shu jumladan, obligatsiyalar bo‘yicha qarz majburiyatlarini so‘ndirgandan keyin qolgan mulkdan ulush olishlari mumkin. Obli- gatsiya qarz instrumenti bo‘lganligi sababli kompaniya emitent boshqaruvida qatnashish huquqini bermaydi.
Obligatsiyalar davlat hukumati, turli davlat organlari va munitsipalitetlar mablag‘larni jamg‘arish instrumenti sifatida namoyon bo‘ladi. Korxonalar ham qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga zarurati yuzaga kelganda korporativ obligatsiyalar muomalaga chiqarishlari va joylashtirishlari mumkin.
Obligatsiyalarni chiqarish kompaniya-emitent uchun bir qator jozibador ahamiyatga ega: obligatsiya emissiyasi orqali kompaniya zarur mablag‘larni kreditorlarning kompaniya moliyaviy ho‘jalik faoliyatiga aralashuvisiz jalb qilishi mumkin. Ammo, obligatsiya zayomlari orqali jalb qilingan mablag‘larni kompaniya xuddi bank kreditlariga qo‘shimcha mablag‘lar sifatida ko‘rib chiqishi zarur. Hatto fond bozori yuqori rivojlangan mamlakatlarda ham emissiya qilingan obligatsiyalar korxonalarning mablag‘larga bo‘lgan yalpi ehtiyojlarini qoplamaydi. Obligatsiyalar o‘z mohiyatiga ko‘ra qarz munosabatini bildirganligi sababli bank krediti tamoyillari ularga ham xosdir. Shuning uchun obligatsiyalar emissiyasini amalga oshirish huquqi faqat kredit layoqatiga javob beruvchi korxonalarga beriladi.
Respublikamizda aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan obligatsiyalarni emissiya qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi hamda “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida” Qonunlariga asosan belgilanadi. Ushbu qonunlarga asosan aksiyadorlik jamiyatlari obligatsiyalarni emissiya qilishda quyidagi shartlarga amal qilishi zarur:
jamiyat qonun hujjatlariga va o‘z ustaviga muvofiq korporativ obligatsiyalarni va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarishga hamda joylashtirishga haqli;
qimmatli qog‘ozlarni, shuningdek, korporativ va infratuzilma obligatsiyalarni chiqarish hujjatsiz shaklda chiqariladi;
emitentning korporativ obligatsiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan sanadagi, auditorlik tashkiloti xulosasi bilan tasdiqlangan o‘z kapitali miqdori doirasida;
keyingi uch yilda rentabellik, to‘lovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik va likvidlilikning auditorlik tashkiloti xulosalari bilan tasdiqlangan ijobiy ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil reyting bahosini olgan emitentlar tomonidan chiqarilishi mumkin.
Yuqoridagilarni kelib chiqqan holda, obligatsiya - bu:
emitentning qarz majburiyati;
byudjet daromadlaridan oshgan xarajatlar qismini moliyalashtirish manbai;
aksiyadorlik jamiyatlari investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbai;
aholi va korxonalar uchun qo‘shimcha daromad olish manbai.
Obligatsiyalarning qo‘llanish doirasi kengligi sababli, ularni turlari
va sifati bo‘yicha tasniflash maqsadga muvofiqdir. Obligatsiyalarning keng tasnifini keltirish uchun respublikamiz obligatsiya bozoridagi obligatsiyalardan tashqari jahon moliya bozori va transmilliy korporat- siyalar amaliyotida keng qo‘llaniluvchi obligatsiyalar turlaridan ham foydalanamiz (3.1-jadval).
3.1-jadval
|
| |