|
Moliya bozorining oʻziga xos xususiyati toʻgʻri keltirilgan javobni aniqlang
|
Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 117,18 Kb. | | #238920 |
Bog'liq Moliya bozori
TESTLAR
?Moliya bozorining oʻziga xos xususiyati toʻgʻri keltirilgan javobni aniqlang.
+bu bozor pul mablagʻlari oqimini jamgʻaruvchidan qarz oluvchiga tomon yoʻnaltiruvchi bozor institutlari jamlanmasidir;
-bozorda savdo qilinadigan qimmatli qogʻozlar asosan qisqa muddatli hamda likvidlilik darajasi yuqori boʻlgan instrumentlar hisoblanadi;
-bu bozorda qimmatli qogʻozlarni qoʻshimcha joylashtirish faqat yopiq xarakterga egadir;
-bozorda operatsiyalar asosan monitar siyosat, davlatlar va xalqaro moliya tashkilotlari darajasida amalga oshiriladi.
?Moliyaviy instrumentlardan foydananish asosida moliyaviy vositachilar orqali vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini qayta taqsimlash yuz beradigan bozor qanday nomlanadi?
+moliya bozori;
-sugʻurta va xususiy pensiya bozori;
-qimmatbaho metallar bozori;
-qimmatli qogʻozlar bozori.
?Moliya bozorining funksiyalari notoʻgʻri keltirilgan javobni aniqlang.
+kapitalni jamlashda qatnashmasligi;
-kapitalni vaqt, tarmoqlararo va mamlakatlararo qayta taqsimlash;
-risklarni boshqarish;
-axborotlar assimmetriyasi bilan bogʻliq muammolarning oldini olish.
?Moliya bozorlarida investorlar oʻz kapitallarini qay tartibda joylashtiradi?
+vositachilar orqali;
-investorlar orqali;
-korxonalar orqali;
-banklar orqali.
?Moliya bozorining asosiy vositachilar qatori notoʻgʻri keltirilgan javobni belgilang.
+emitentlar;
-tijorat banklari;
-birjalar;
-kollektiv investitsiyalash institutlari.
?Qarz majburiyati yoki ulush munosabatini yuzaga keltiruvchi moliyaviy aktiv – bu …
+moliyaviy instrument;
-moliyaviy majburiyat;
-konosament;
-indossament.
?Instrumentlari muomalada boʻlish muddatiga koʻra moliya bozori qanday turdagi bozorlarga ajratiladi?
+pul bozori va kapital bozori;
-birlamchi va ikkilamchi bozor;
-birjaviy va nobirjaviy bozor;
-milliy va halqaro bozorlar.
?Kontinental modelida bozordagi moliyaviy vositachi funksiyalari kim tomonidan bajariladi?
+tijorat banklari;
-nobank moliya institutlari;
-qimmatli qogʻozlar boʻyicha kompaniyalar;
-broker hamda dilerlar orqali.
?Qaysi mamlakatlar iqtisodiyotini moliyalashtirishda asosan qimmatli qogʻozlar bozori orqali moliyalashtirish usulidan foydalaniladi?
+Amerika qoʻshma shtatlari, Buyuk Britaniya;
-Germaniya, Nirderlandiya;
-Yaponiya, Shveysariya;
-Shvetsiya, Fransiya.
?Islom modelining shakllanish sababi toʻgʻri keltirilgan javobni aniqlang.
+neft eksportidan yuqori daromad kelishi sababli;
-obligatsiyalar bozorining mavjud emasligi sababli;
-foiz olishga qoʻyilgan taʼqiq sababli;
-biznesga investitsiya kiritishdagi turli cheklovlar sababli.
?Quyidagi bozorlarning qay birida qisqa muddatli hamda likvidlilik darajasi yuqori boʻlgan qimmatli qogʻozlar bilan savdo qilinadi?
+pul bozorida;
-kapital bozorida;
-ulgurji bozorda;
-intelektual tovarlar bozorida.
?Pul bozoridagi qimmatli qogʻozlarning asosiy xususiyatlari notoʻgʻri keltirilgan javobni aniqlang.
+ularning amal qilish muddati asosan bir yildan uzoq boʻladi;
-ular asosan yirik, yaʼni koʻp miqdorda sotiladi;
-ulardagi defolt riski juda ham past hisoblanadi;
-ularning muddati emissiya qilingan sanadan boshlab bir yilgacha boʻladi.
?Qanday omillar pul bozorining jozibadorligini taʼminlaydi?
+qisqa muddatli qimmatli qogʻozlar boʻyicha bitimlar tuzilishi;
-asosan yirik kompaniyalarning qimmatli qogʻozlari bilan bitimlar tuzilishi;
-asosan uzoq muddatli qimmatli qogʻozlar bilan bitimlarning tuzilishi;
-pul bozori instrumentlarida diskont stavkalarining yuqori boʻlishi.
?Quyidagilarning qay biri pul bozorining likvidlilik darajasini taʼminlovchi vositachilar hisoblanadi?
+investitsiya kompaniyalari;
-sugʻurta kompaniyalari;
-korxonalar;
-gʻaznachilik boshqarmasi.
?Qanday sabab bilan davlat qisqa muddatli qimmatli qogʻozlari (T-Bills) emissiya qilinadi?
+davlat qarzini qoplash uchun;
-davlatdagi inflyatsiya surʼatlarini pasaytirish uchun;
-valyuta kursini oshirish uchun;
-davlatdagi banklarning likvidliligini saqlab qolish maqsadida.
?AQSHda davlat qisqa muddatli qimmatli qogʻozlari (T-Bills)ning muddati asosan necha kunni tashkil etadi?
+28; 91 va 182;
-182; 91 va 28;
-20; 80 va 160;
-30; 90 va 120.
?Bankir kafolati (Bankerʻs acceptance) deb nomlanuvchi operatsiyalarni amalga oshirishning ilk bosqichlari nechanchi asrga toʻgʻri keladi?
+XII asr;
-XI asr;
-XX asr;
-XIV asr.
?Pul bozori instrumentlarida diskont stavkalarining yuqori yoki past boʻlishi qanday omilga bogʻliq?
+ularning muddatiga bogʻliq;
-ularning daromadligiga bogʻliq;
-ularning bozor kursiga bogʻliq;
-ularning nominal qiymatiga bogʻliq.
?Xorijiy banklar yoki Amerika banklarining xorijiy filiallarida dollarda shakllantirilgan depozitlar qanday nomlanadi?
+yevrodollar;
-yevrobond;
-yevronota;
-yevrovalyuta.
?Uni chiqargan shaxs va egasi oʻrtasidagi qarz munosabatni tasdiqlovchi qimmatli qogʻoz turi qanday nomlanadi?
+obligatsiya;
-aksiya;
-yevrodollar;
-yevroaksiya.
?Obligatsiyalar boʻyicha daromad qanday koʻrinishda ifodalanadi?
+foiz yoki diskont koʻrinishida;
-dividend koʻrinishida;
-ulush koʻrinishida;
-pay koʻrinishida).
?Obligatsiyalar emissiyasini amalga oshirish huquqi qanday korxonalarga beriladi? +faqat kredit layoqatiga javob beruvchi korxonalarga;
-moliyaviy inqiroz yoqasidagi korxonalarga;
-davlat ulushi mavjud korxonalarga;
-faqat aksiyadorlik jamiyatlariga.
?Kompaniya tugatilganda qimmatli qogʻozlarni soʻndirish tartibi toʻgʻri keltirilgan javobni belgilang.
+birinchi navbatda obligatsiya boʻyicha foiz toʻlovlari, soʻngra aksiya boʻyicha devidendlar toʻlanadi;
-avval imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar soʻngra esa obligatsiya boʻyicha foiz toʻlovlari toʻlanadi;
-kompaniyalar tugatilganda qimmatli qogʻozlar boʻyicha hech qanday toʻlovlar amalga oshirilmaydi;
-faqat oddiy va imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlanadi.
?Obligatsiyalarning emitent turiga koʻra koʻrinishlari notoʻgʻri keltirilgan javobni belgilang.
+konvert obligatsiyalar;
-munitsipal obligatsiyalar;
-korporativ obligatsiyalar;
-xorijiy obligatsiyalar.
?Taʼminlangan obligatsiyalarning emitent va investor uchun afzalliklari nimalardan iborat?
+emitent uchun obligatsiyani joylashtirish boʻyicha muammoning deyarli yoʻqligi va investor uchun qarz majburiyatni qaytarish kafolati yuqori darajadaligi;
-emitent uchun qoplash muddatidan avval qaytarib olinganlik uchun toʻlov va investor uchun obligatsiyaga egalik qilish huquqi cheklanganligi;
-emitent uchun qarz majburiyati qiymati pasayishi imkoniyati va investor uchun qoʻyilmalar xavfsizligining yuqori darajasi;
-emitent uchun moddiy aktivlarning garov riski mavjudligi va investor uchun boshqa obligatsiyalarga nisbatan foizli daromadning pastligi.
?Daromad toʻlash shakllari boʻyicha obligatsiyalarning tasniflanishi toʻgʻri berilgan javobni koʻrsating.
+kuponli, diskontli va qoplash vaqtida daromad toʻlanadigan obligatsiyalar;
-nollik kuponli va qoplash vaqtida foiz toʻlanadigan obligatsiyalar;
-kuponsiz va nollik kuponli obligatsiyalar;
-qoplash vaqtida daromad toʻlanadigan va nollik kuponli obligatsiyalar.
?Obligatsiya qiymati, kupon stavkasi va bozor stavkasi (daromadlilik meʼyori) oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik toʻgʻri koʻrsatilgan javobni belgilang.
+agar bozor stavkasi (daromadlilik meʼyori) obligatsiya kupon stavkasidan yuqori boʻlsa, obligatsiya joriy qiymati uning nominalidan past boʻladi, yaʼni obligatsiya diskont bilan sotiladi;
-agar bozor stavkasi (daromadlilik meʼyori) obligatsiya kupon stavkasidan past boʻlsa, obligatsiya joriy qiymati uning nominalidan past boʻladi;
-agar talab qilinadigan daromadlilik meʼyori obligatsiya kupon stavkasidan yuqori boʻlsa, obligatsiya joriy qiymati uning nominalidan yuqori boʻladi;
-agar talab qilinadigan daromadlilik meʼyori obligatsiya kupon stavkasidan past boʻlsa, obligatsiya joriy qiymati uning nominaliga teng boʻladi.
?Oʻz egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻoz turi qanday nomlanadi?
+aksiya;
-obligatsiya;
-veksel;
-depozit sertifikatlari.
?Imtiyozli aksiyalarning koʻrinishlari notoʻgʻri keltirilgan javobni belgilang.
+oddiy aksiyalar;
-konvertlanmaydigan aksiyalar;
-nokumulyativ aksiyalar;
-kumulyativ aksiyalar.
?Oʻz egasiga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida oʻz ovozi bilan ishtirok etish huquqi, dividendlar olish va aksiyadorlik jamiyati tugatilganda mulkning bir qismiga ega boʻlish huquqini beruvchi qimmatli qogʻoz turini aniqlang.
+oddiy aksiyalar;
-kuponli obligatsiyalar;
-imtiyozli aksiyalar;
-oltin aksiya;
?Aksiyadorlik jamiyat tomonidan aksiyalarning dastlabki chiqarilishini joylashtirish muddati jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran qancha muddatda amalga oshiriladi?
+bir yilda;
-olti oyda;
-uch oyda;
-toʻqqiz oyda.
?Imtiyozli aksiyalar miqdori jamiyat ustav kapitali hajmida necha foizdan oshmasligi lozim?
+20% miqdordan;
-30% miqdordan;
-10% miqdordan;
-25% miqdordan.
?Oddiy aksiyalar qiymati va daromadliligini baholashning murakkabligini qanday izohlash mumkin?
+oddiy aksiyalar boʻyicha daromadning kafolatlanmaganligi va amal qilish muddatining mavjud emasligi;
-qatʼiy summada daromadning belgilanmaganligi va amal qilish muddatining uzoqligi;
-oddiy aksiyalarning doimiy ravishda qoʻldan-qoʻlga oʻtib turishi va joriy kursni aniqlashning murakkabligi;
-dividendlarning oʻzgarmasligi va qayta investitsiya qilinishi.
?Nollik oʻsish modelida aksiya daromadliligi qanday aniqlanadi?
+dividend miqdorini aksiya bozor bahosiga boʻlish orqali;
-divided summasini aksiya nominal bahosiga boʻlish orqali;
-aksiya bozor bahosi va nominal bahosi oʻrtasidagi farqni nominalga boʻlish orqali;
-dividend summasini aksiya bozor bahosi va nominal bahosi oʻrtasidagi farqga koʻpaytirish orqali.
?Aksiya daromadliligini aniqlashning doimiy oʻsish modeli mohiyati toʻgʻri koʻrsatilgan javobni belgilang.
+dividendlar har yili bir xil foizda oʻsib boradi;
-korxona foydasi doimiy ravishda oʻsib boradi;
-aksiya kursi doimiy ravishda oʻsib boradi;
-aksiyaga boʻlgan talab doimiy ravishda oʻsib boradi.
?Forvard shartnomalarining mohiyati toʻgʻri keltirilgan javobni belgilang.
+bu shartnomalar birjadan tashqarida tuziluvchi, kelajakda bazis aktivni yetkazib berish haqidagi tomonlarning kelishuvidir;
-bu ikki tomonning oldindan kelishilgan shartlariga muvofiq kelajakda maʼlum bir toʻlovlarni va yoki bazis aktivlarni (kelishilgan miqdorda) almashtirish boʻyicha bitimidir;
-bu shunday shartnomalarki, uning natijasida qimmatli qogʻozlarni sotib olish yoki sotish huquqi maʼlum bir mukofot evaziga sotib olinadi;
-bu ikki tomon oʻrtasida bazis aktivni kelajakda yetkazib berish boʻyicha birjada tuzilgan bitimdir.
?Forvard shartnoma davrida aksiyalarga dividend toʻlanishi forvard narxiga qanday taʼsir etadi?
+forvard narxi toʻlanadigan dividendlar hajmiga muvofiq korrektirovka qilinadi;
-toʻlanadigan dividendlar forvard narxiga taʼsir etmaydi;
-forvard shartnomaning bazis aktivi sifatida aksiyalar qoʻllanilmaydi;
-dividend qiymati aksiyalarning nominal qiymatidan yuqori boʻlgandagina forvard narxi dividend hajmiga muvofiq korrektirovka qilinadi.
?Bazis aktivlarini moliyaviy instrumentlar, yaʼni qimmatli qogʻozlar, fond indekslari, valyutalar, bank depozitlari tashkil etuvchi muddatli shartnomalar nima deb ataladi?
+moliyaviy fyuchers shartnomalari;
-valyuta svopi shartnomalari;
-forvard shartnomalari;
-opsionlar.
?Fyuchers narxini spot narxidan yuqori boʻlish holati nima deb ataladi?
+kontango;
-bekuordeyshn;
-stredl;
-spred.
?Bekuordeyshn atamasi qanday holatni anglatadi?
+Fyuchers narxini spot narxidan past boʻlish holatini;
-Fyuchers narxini spot narxidan yuqori boʻlish holatini;
-Spot narxini fyuchers narxidan past boʻlish holatini;
-Spot narxini fyuchers narxidan yuqori boʻlish holatini.
?Svop shartnomalarining mohiyati toʻgʻri keltirilgan javobni aniqlang.
+bu ikki tomonning oldindan kelishilgan shartlariga muvofiq kelajakda maʼlum bir toʻlovlarni va yoki bazis aktivlarni (kelishilgan miqdorda) almashtirish boʻyicha bitimidir;
-bu shartnomalar standartlashtirilgan boʻlib, ular faqatgina birja savdolarining obyekti sifatida nomoyon boʻladi;
-bu shartnomalarning oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, uning egasi qimmatli qogʻozning oʻzini emas balki uni sotib olish yoki sotish huquqini maʼlum bir mukofot evaziga sotib oladi;
-bu shartnomalar birjadan tashqarida tuziluvchi, kelajakda bazis aktivni yetkazib berish haqidagi tomonlarning kelishuvidir.
?Svop shartnomalarida oʻzgaruvchan foiz stavkasi sifatida asosan qaysi foiz stavkasidan foydalaniladi?
+LIBOR;
-FIBOR;
-MIBOR;
-INSTAR.
|
| |