Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga kirish




Download 98,85 Kb.
bet2/7
Sana20.06.2024
Hajmi98,85 Kb.
#264840
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari

Kurs ishining maqsadi. Global moliya bozorining zamonaviy tuzilishi, mamlakatlarda shakllangan xalqaro moliya bozorlari, xalqaro moliya bozorini tahlil qilish va prognozlash usullari, hozirgi davrdagi milliy moliya bozorini xalqaro bozorga integratsiyasini rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha nazariy-amaliy bilimlarni shakllantirishdan iboratdir.
Kurs ishining vazifasi. Ushbu kurs ishida moliyaviy globallashuv va xalqaro moliyaviy integratsiya, xalqaro moliya bozori va uning evolutsiyasi, Global moliyaviy bozorlar va ularning xususiyatlari, Xalqaro savdoning rivojlanish tendensiyalari, global moliyaviy bozorlar va ularni tartibga solish vositalari, global bozorning shakllanishi va ularning xususiyatlari, global bozorlar faoliyatida yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimlari masalalari chuqur o’rganiladi.
Kurs ishining obekti. Xalqaro moliya o’zida ob’ektiv asosga ega bo’lgan moliyaviy munosabatlarni ifodalaydi. Xalqaro moliyaning moddiy asosi bo’lib mamlakatlar o’rtasida amalga oshiriladigan xalqaro moliyaviy oqimlar, jumladan, pul oqimlari – import qilingan mahsulot va xizmatlarning to’lovlari hamda mahsulot va xizmatlar eksportidan kelgan valyuta tushumlari, ushbu oqimlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasini ifodalashi mumkin.
Kurs ishining predmeti. Hozirgi jahon rivojining xususiyatli belgisi tashqi iqtisodiy aloqalarning, avvalo, tashqi savdoning tez o‘sishi hisoblanadi. Tashqi savdo xalqaro hamkorlikning ishlab chiqarish, ilmiy-texnika va boshqa shakllari bilan bir qatordagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning muhim shakli hisoblanadi.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 4 ta reja, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.




1.Buxgalteriya hisobot xalqaro standartlarining asosiy mazmuni va uning buxgalterlarni tayyorlash tizimidagi o’rni


Mulkchilik va tarmoq shaklidan qat’iy nazar, barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda Buxgalteriya hisobotlarini milliy standartlardan xalqaro standartlar asosida tuzish muhim hisoblanib, xalqaro standartlar asosida tuzilgan Buxgalteriya hisobotlarni xorijiy investorlar tomonidan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishi va o’zining sarmoyasini kiritish bo’yicha engilliklar tug’diradi.
Buxgalteriya hisobi ma’lum bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt to’g’risida Buxgalteriya ma’lumotlarni aniqlash, qayta ishlash va Buxgalteriya hisobot shaklida faoliyat yurituvchi sub’ektning Buxgalteriya holatiga qiziquvchi foydalanuvchilarga ma’lumotni yetkazib berishni amalga oshiradigan axborot tizimdir. Buxgalteriyaning maqsadi – turli foydalanuvchilarni ma’lumotga bo’lgan ehtiyojini, ushbu ma’lumotni olish uchun eng kam sarf-xarajatlar bilan qondirishdir. O’z-o’zidan ma’lumki qarorlarni qabul qilish uchun axborot tizimdan foydalanish natijasida olinishi mumkin bo’lgan iqtisodiy naflar ushbu tizimga ketgan xarajatlardan ustun bo’lishi lozim.
Demak, Buxgalteriya hisobotning xalqaro standartlari predmeti bo’lib, xalqaro standartlar asosida pul ifodasida aks ettiriladigan xo’jalik mablag’lari, shu mablag’lar manbalari, ularning xo’jalik faoliyati va Buxgalteriya natijalari bo’lib hisoblanadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda moddiy va nomoddiy aktivlar, majburiyatlar, kapital, daromad va xarajatlar, foyda va zararlar hamda ularning harakati bilan bog’liq bo’lgan xo’jalik, Buxgalteriya hisobotning xalqaro standartlarining ob’ektlari hisoblanadi.
Aktivlar - avvalgi davrlarda sodir etilgan hodisalar natijasida olingan va korxona tomonidan nazorat qilinadigan, ularni foydalanishdan kelajakda iqtisodiy naf olinishi kutiladigan resurslardir.
Majburiyatlar – bu avvalgi davrlarda sodir etilgan hodisalar natijasida paydo bo’lgan korxonaning joriy qarzi, ushbu qarzlar qaytarilishi natijasida korxonaning iqtisodiy nafni o’z ichiga olgan resurslarni kamayishiga olib keladi.
Xususiy kapital – bu barcha majburiyatlarni ayrgandan keyin korxonaning aktivlardagi bo’lgan ulushi.
Foyda - bu xo’jalik sub’ektiga ta’sir etadigan asosiy va asosiy bo’lmagan faoliyat, hodisalar sharoitlar natijasida kapitalning ko’payishi bo’lib, xususiy kapitalga to’lanadigan kapital bundan mustasnodir.
Zararlar – bu asosiy faoliyat va barcha xo’jalik muomalalari, hodisalar, sharoitlar natijasida xususiy kapitalning kamayishi bo’lib, harajatlar yoki xususiy kapitalning taqsimlanishi natijasidagi kamayish bundan mustasnodir.
Foyda faoliyat natijalarini o’lchashda yoki boshqa ko’rsatkichlarni, ya’ni investitsiyani olib kelgan foydasi, bir aktsiyaga to’g’ri keladigan foyda kabilarni asosi sifatida foydalanadi. Foydani o’lchash bilan bevosita bog’liq elementlar – bu daromadlar va xarajatlardir.
Daromadlar – bu aktivlarni kelib tushishi yoki ko’payishi yoxud majburiyatlarni kamayishi shaklida vujudga keladigan va pirovard natijasida xususiy kapitalni oshiradigan iqtisodiy naflarni ko’payishi, ammo aktsiyador kapitalga ta’sischilar tomonidan to’lanadigan badallar bundan mustasnodir.
Xarajatlar - bu aktivlarni sarflanishi yoki yemirilishi yoxud majburiyatlarni ko’payishi shaklida vujudga keladigan va pirovard natijasida xususiy kapitalni kamaytiradigan iqtisodiy naflarni kamayishi, ammo aktsiyador kapitalni ta’sischilar orasida taqsimlanishi bundan mustasnodir1.








Download 98,85 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 98,85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga kirish

Download 98,85 Kb.