|
MHXS (IFRS) 1 “Buxgalteriya hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta qo’llash”
|
bet | 6/7 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 98,85 Kb. | | #264840 |
Bog'liq Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari5. MHXS (IFRS) 1 “Buxgalteriya hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta qo’llash”
MHXS (IFRS) 1 “Buxgalteriya hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta qo’llash” nomli standartning maqsadi tadbirkorlik sub’ektining MHXSlar bo’yicha birinchi Buxgalteriya hisobotlari va ushbu hisobotlar qamrab olgan davrning bir qismi uchun oraliq Buxgalteriya hisobotlari:
foydalanuvchilar uchun shaffof va taqdim qilingan barcha davrlar uchun qiyoslanuvchan;
buxgalteriya hisobini Buxgalteriya hisobotning xalqaro standartlariga(MHXSlarga) muvofiq yuritish uchun munosib tayanch nuqtasi bo’lib xizmat qiladigan;
(v) undan olinadigan nafdan oshmaydigan xarajatlar sarflanib tayyorlanishi mumkin bo’lgan yuqori sifatli ma’lumotlarni o’z ichiga olishini ta’minlashdan iboratdir.
Tadbirkorlik sub’ekti mazkur MHXSni:
o’zining MHXS bo’yicha birinchi Buxgalteriya hisobotlarida; va
u tomonidan MHXS bo’yicha birinchi Buxgalteriya hisobotlari qamrab olgan davrning bir qismi uchun MHXS 34 “Oraliq Buxgalteriya hisobotlar” ga muvofiq taqdim qilinadigan hamma oraliq Buxgalteriya hisobotlariga nisbatan, agar shunday hisobotlari bo’lsa, qo’llashi kerak.
Tadbirkorlik sub’ekti o’zining MHXS bo’yicha Buxgalteriya holat to’g’risidagi boshlang’ich hisobotida va uning MHXS bo’yicha birinchi Buxgalteriya hisobotlari qamrab olgan hamma davrlarda bir xil hisob siyosatlarini qo’llashi kerak. Tadbirkorlik sub’ekti MHXSlarning oldinroq amalda bo’lgan boshqa tahrirlarini qo’llamasligi kerak. Tadbirkorlik sub’ekti qo’llanilishi hali shart bo’lmagan yangi MHXSni ushbu MHXSni muddatidan oldin qo’llash ruxsat etilganida qo’llashi mumkin.
Boshqa belgilangan holatlardan tashqari hollarda, tadbirkorlik sub’ekti o’zining MHXS bo’yicha Buxgalteriya holat to’g’risidagi boshlang’ich hisobotida:
MHXSlar bo’yicha tan olinishi talab qilingan barcha aktivlar va
majburiyatlarni tan olishi kerak;
MHXSlar tan olinishiga yo’l qo’ymadigan aktivlar va majburiyatlarni tan olmasligi kerak;
(v) oldingi BHUTga ko’ra aktiv, majburiyat yoki kapitalning bitta turi sifatida tan olingan, lekin MHXSlarga muvofiq aktiv, majburiyat yoki kapitalning boshqa turi sifatida tan olingan moddalarni qayta tasniflamasligi kerak; va
(g) barcha tan olingan aktivlar va majburiyatlarni baholashda MHXSlarni qo’llashi kerak.
Tadbirkorlik sub’ekti o’zining MHXS bo’yicha Buxgalteriya holat to’g’risidagi boshlang’ich hisobotida qo’llaydigan hisob siyosatlari u oldingi BHUT bo’yicha xuddi shu sanaga qo’llagan hisob siyosatlaridan farq qilishi mumkin. Buning natijasida yuzaga keladigan tuzatishlar MHXSlarga o’tish sanadan oldin ro’y beradigan operatsiya va hodisalar natijasida paydo bo’ladi. Shu bois, tadbirkorlik sub’ekti ushbu tuzatishlarni MHXSlarga o’tish sanasida to’g’ridan-to’g’ri taqsimlanmagan foydada (yoki, o’rinli bo’lsa, kapitalning boshqa toifasida) tan olishi kerak.
Mazkur MHXS boshqa MHXSlarning ba’zi jihatlarini retrospektiv qo’llashni taqiqlaydi.
1- ta’qiq. Tadbirkorlik sub’ekti quyidagi istisnolarni qo’llashi kerak:
Buxgalteriya aktivlar va Buxgalteriya majburiyatlarni hisobdan chiqarish;
xejni hisobga olish;
(v) nazorat kuchiga ega bo’lmagan ulushlar;
(g) Buxgalteriya aktivlarning taniflanishi va baholanishi; (d) singdirilgan derivativlar; va (e) davlat zayomlari.
2- ta’qiq. MHXS ning bir qancha talablaridan ozod bo’lish. Tadbirkorlik sub’ekti bir yoki bir qancha ozod bo’lishni tanlashi mumkin.
(a) Biznes birlashuvlari bo’yicha istisno holatlar
Tadbirkorlik sub’ekti quyidagi bir yoki undan ortiq istisnolardan foydalanishga qaror qilishi mumkin:
aktsiyaga asoslangan to’lovlar bo’yicha operatsiyalar;
sug’urta shartnomalari;
(v) shartli tannarx;
(g) ijara;
(e) hisobotni bir valyutadan boshqasiga o’tkazish bo’yicha yig’ilgan farqlar;
Misol: MHXSlarning eng oxirgi tahririni izchil ravishda qo’llash bo’yicha dastlabki ma’lumotlar:
“A” tadbirkorlik sub’ektining MHXS bo’yicha birinchi hisobot davrining oxiri 2015 y 31 dekabrga to’g’ri keladi. “A” tadbirkorlik sub’ekti ushbu Buxgalteriya hisobotlaridagi qiyoslanadigan ma’lumotlarni faqat bir yil uchun taqdim qilishga qaror qildi. Shuning uchun, uning MHXSlarga o’tish sanasi 2014 y 1 yanvarda ish kuni boshiga (yoki, ekvivalent ravishda, 2013 y 31 dekabrda ish kuni oxiriga) to’g’ri keladi. “A” tadbirkorlik sub’ekti o’zining Buxgalteriya hisobotlarini 31 dekabrda yakunlanadigan va 2014 y 31 dekabrgacha bo’lgan (shu jumladan 2014 y 31 dekabrni ham o’z ichiga olgan) har yili uchun uning oldingi Buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan Talablarni qo’llash A” tadbirkorlik sub’ekti 2015 y 31 dekabrda tugaydigan davrlar uchun amalda bo’lgan (kuchga kirgan) MHXSlarni quyidagilarga nisbatan qo’llashi lozim:
2014 y 1 yanvar holatiga MHXS bo’yicha Buxgalteriya holat to’g’risidagi boshlang’ich hisobotni tayyorlashda va taqdim qilishda; va
2015 y 31 dekabr holatiga Buxgalteriya holat to’g’risidagi hisobotni (shuningdek 2014 y uchun qiyoslanadigan ma’lumotlarni), 2015 y 31 dekabrda yakunlangan yil uchun umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobotni, kapitaldagi o’zgarishlar to’g’risidagi hisobotni va pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni (shuningdek 2014 y uchun qiyoslanadigan ma’lumotlarni) hamda ochib beriladigan ma’lumotlarni (shuningdek 2014 y uchun qiyoslanadigan ma’lumotlarni) tayyorlashda va taqdim qilishda.
Agar yangi MHXSning qo’llanishi shart bo’lmasa, lekin muddatidan oldin qo’llanishiga ruxsat etilsa, “A” tadbirkorlik sub’ektiga ushbu MHXSni uning MHXS bo’yicha birinchi Buxgalteriya hisobotlarida qo’llash ruxsat etiladi, lekin talab qilinmaydi.tamoyillariga (BHUTga) muvofiq taqdim qilgan.
(j) sho’ba tadbirkorlik sub’ekti, qaram tadbirkorlik sub’ekti va qo’shma korxonalarga investitsiyalar;
(z) sho’ba tadbirkorlik sub’ektlari, qaram tadbirkorlik sub’ektlari va qo’shma korxonalarning aktivlari va majburiyatlari;
(i) murakkab Buxgalteriya instrumentlar;
(y) oldin tan olingan Buxgalteriya instrumentlarni belgilash;
Buxgalteriya aktivlar yoki Buxgalteriya majburiyatlarni dastlab tan olishda ularning haqqoniy qiymatlari bo’yicha baholash;
ob’ektlarni foydalanishdan chiqarishga tegishli bo’lgan va asosiy vositalarning tannarxiga kiritilgan majburiyatlar;
MHXSShQ 12 “Xizmat ko’rsatish bo’yicha kontsession shartnomalar” ga ko’ra hisobga olingan Buxgalteriya aktivlar yoki nomoddiy aktivlar;
qarzlar bo’yicha xarajatlar;
xaridorlardan aktivlarni o’tkazish;
Buxgalteriya majburiyatlarni ularning o’rniga ulushli instrumentlarni berish orqali so’ndirish;
kuchli giperinflyatsiya;
birgalikdagi faoliyat bo’yicha kelishuvlar; va
konni ochiq usulda qazish bosqichidagi tozalash xarajatlari.
Tadbirkorlik sub’ekti ushbu istisnolarni o’xshashlik asosida boshqa moddalarga nisbatan qo’llamasligi kerak.
MHXS 9 bo’yicha qiyosiy ma’lumotlarni qayta hisoblash talabidan istisno;
Buxgalteriya instrumentlar to’g’risida ochib beriladigan ma’lumotlar;
(v) xodimlarning daromadlari ;
(g) investitsion tadbirkorlik sub’ektlari.
Tadbirkorlik sub’ekti tomonidan MHXSlarga o’tish sanasida MHXSlarga muvofiq qilingan taxminiy baholashlari ushbu sanada oldingi BHUTlarga muvofiq qilingan taxminiy baholashlariga (hisob siyosatlaridagi farqlarni aks ettirish uchun tuzatishlar kiritilganidan keyin) mos kelishi kerak, agar bu taxminiy baholashlar noto’g’ri ekanligiga ob’ektiv dalil bo’lmasa.
Tadbirkorlik sub’ektining MHXS bo’yicha birinchi Buxgalteriya hisobotlari kamida uchta Buxgalteriya holat to’g’risidagi hisobotni, ikkita foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobotni, ikkita alohida foyda yoki zarar to’g’risidagi hisobotni (agar taqdim qilinadigan bo’lsa), ikkita pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni va ikkita kapitaldagi o’zgarishlar to’g’risidagi hisobotni hamda tegishli izohlarni, shu jumladan hamma taqdim qilinadigan hisobotlarga qiyoslanadigan ma’lumotlarni, o’z ichiga olishi kerak.
Tadbirkorlik sub’ekti oldingi BHUTlardan MHXSlarga o’tish uning hisobotida ko’rsatilgan Buxgalteriya holati, faoliyatining Buxgalteriya natijalari va pul oqimlariga qanday ta’sir o’tkazganini tushuntirishi kerak.
MHXS bo’yicha birinchi Buxgalteriya hisobotlari quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
(a) quyidagi sanalarning ikkalasi uchun ham hisobotlarda oldingi BHUTlarga mos ravishda aks ettirilgan kapital bilan MHXSlar talablariga muvofiq bo’lgan kapital o’rtasidagi solishtirmani:
MHXSlarga o’tish sanasi; va
tadbirkorlik sub’ektining oldingi BHUTlarga mos bo’lgan oxirgi yillik Buxgalteriya hisoboti taqdim qilingan eng so’nggi davrning oxiri.
(b) tadbirkorlik sub’ektining oxirgi yillik Buxgalteriya hisobotlari qamrab olgan eng so’nggi davr uchun MHXSlarga muvofiq bo’lgan jami umumlashgan daromadning solishtirmasi. Bunday solishtirma aynan o’sha davr uchun oldingi BHUTlarga muvofiq shakllangan jami umumlashgan daromaddan, yoki, tadbirkorlik sub’ekti bunday jami umumlashgan daromadni oldin hisobotlarda ko’rsatmagan bo’lsa, oldingi BHUTlarga muvofiq shakllangan foyda yoki zarardan boshlanishi kerak.
(v) agar tadbirkorlik sub’ektining MHXS bo’yicha Buxgalteriya holat to’g’risidagi boshlang’ich hisobotida qadrsizlanishdan olingan zarar birinchi marta tan olingan yoki qayta tiklangan bo’lsa, tadbirkorlik sub’ekti tomonidan MHXSlarga o’tish sanasidan boshlanadigan davrda ushbu qadrsizlanishdan olingan zarar tan olingan yoki qayta tiklanganida MHXS 36 “Aktivlarning qadrsizlanishi” bilan ochib berilishi talab qilingan ma’lumotlarni.
Agar tadbirkorlik sub’ekti o’zining MHXS bo’yicha Buxgalteriya holat to’g’risidagi boshlang’ich hisobotida asosiy vositalar, investitsion mulk yoki nomoddiy aktivning haqqoniy qiymatini ularning shartli tannarxi sifatida olsa (foydalansa), ushbu tadbirkorlik sub’ekti MHXS bo’yicha Buxgalteriya holat to’g’risidagi boshlang’ich hisobotining har bir satrida ko’rsatilgan modda bo’yicha quyidagilarni o’zining MHXS bo’yicha birinchi Buxgalteriya hisobotlarida ochib berishi kerak:
ushbu haqqoniy qiymatlarining umumiy summasini; va
oldingi BHUTlar bo’yicha ko’rsatilgan balans qiymatlariga tuzatishlarning umumiy summasini.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, jahon iqtisodiyotidagi globallashuv jarayoni ob’yektiv tarixiy jarayon bo‘lib, o‘zining ijobiy va salbiy jihatlariga egadir. Uning ijobiy jihatlaridan xalqaro moliya bozorlari va valyuta munosabatlarini tartibga solish jarayonida oqilona foydalanish kapitallar, valyutalar va tovarlar harakati ko‘lamining kengayishiga muhim zamin yaratadi
Glоbаl moliya bоzоrning shаkllаnishi, turli хil firmаlаr o‘rtаsidаgi rаqоbаtning kuchаygаnligi ulаrni kаpitаlni jаmlаsh, yanаdа yangi ishlаb chiqаruvchilаrni o‘z dоirаsigа jаlb etish, birgаlikdа o‘z o‘rinlаrini sаqlаb qоlish uchun kuchlаrni o‘zаrо birlаshtirishgа undаydi.
хаlqаrо mеhnаt tаqsimоtni vа ishlаb chiqаrishning integratsiyalаshuvining rivоjlаnishi;
ilmiy-tехnikа inqilоbi (ITI);
jаhоn bоzоridа trаnsmilliy kоrpоrаtsiyalаrning fаоliyati;
хаlqаrо sаvdоning Tаriflаr vа sаvdо bоsh bitimi (JST) fаоliyati оrqаli tаrtibgа sоlinishi (erkinlаshtirilishi);
хаlqаrо sаvdоning erkinlаshtirilishi, ko‘plаb dаvlаtlаrning impоrtni sоn jihаtdаn chеklаshni bеkоr qiluvchi vа bоjlаrni kеskin qisqаrtiruvchi rеjimgа o‘tishlаri, erkin sаvdо hududlаrining tаshkil tоpishi;
sаvdо-iqtisоdiy intеgrаtsiya jаrаyonlаrining rivоjlаnishi. Mintаqаviy to‘siqlаrning оlib tаshlаnishi, umumiy bоzоrlаr, erkin sаvdо hududlаrining tаshkil etilishi;
sоbiq mustаmlаkа dаvlаtlаrning mustаqillikkа erishishlаri. Ulаr оrаsidаn tаshqi bоzоrgа yo‘nаltirilgаn iqtisоdiyot mоdеlini tаnlаgаn “yangi industriаl dаvlаtlаrning” аjrаlib chiqishi vа h.k
Bugungi kunda mamlakatning jahon savdosida faol ishtiroki muhim afzalliklarga ega: bu mamlakatda mavjud resurslardan yanada samarali foydalanish, ilm-fan va texnikaning jahon yutuqlariga qo'shilish, qisqa vaqt ichida o'z iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurish, shuningdek, aholining ehtiyojlarini to'liq va har tomonlama qondirish imkonini beradi. Dunyoning hech bir mamlakati xalqaro savdoda ishtirok etmasdan iqtisodni yaratishga muvaffaq bo'lmaydi.
Sarhisob qilar ekanmiz, xalqaro savdo hajmi jadal o'sib borayotgani, unda tayyor mahsulotlar ulushi tobora ortib borayotganini aytish mumkin. Geografik va tovar sifatida xalqaro savdoning tarkibi doimo o'zgarib, hozirgi vaqtda ikkita element tizimini ifodalaydi: asosan bir-biri bilan savdo qiluvchi rivojlangan mamlakatlar va rivojlangan mamlakatlarga o'z mahsulotlarini yetkazib beradigan rivojlanayotgan mamlakatlar.
Xalqaro savdo xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy tarkibiy qismidir, chunki u mehnatni taqsimlash asosida paydo bo'lgan turli mamlakatlarning tovar ishlab chiqaruvchilari o'rtasidagi aloqa shaklidir. Har bir mamlakat eng katta afzalliklarga ega bo'lgan ishlab chiqarishga ixtisoslashgan va ishlab chiqarish foydali bo'lmagan mahsulotlarni import qilishga intiladi. Shuningdek, xalqaro savdoda turli xil iqtisodiy va siyosiy xavflar mavjud bo'lib, ular turli vaqtlarda uning kelib chiqishini tushuntirishga harakat qiladigan nazariyalar paydo bo'ldi va rad etildi, muayyan sharoitlarda maqsadlarni aniqlash, afzalliklar, kamchiliklar va h. k.
Tashqi savdo aylanmasi qiymati bo'yicha etakchi bo'lgan asosiy hududlar paydo bo'ldi. Xalqaro savdoda mamlakatlarning roli ularning rivojlanish darajasini belgilaydi. Shunday qilib, hozirgi bosqichda rivojlangan davlatlar asosan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va katta miqdordagi xom ashyoni sotib olish hisobiga bo'ladilar. Rivojlanayotgan davlatlar tarkibida, aksincha, xom ashyo eksporti va tayyor mahsulotlar importi ustunlik qiladi.
Hozirgi vaqtda jahon savdo birjasida tayyor mahsulotlarning o'sish tendentsiyasi paydo bo'lmoqda, ammo rivojlanayotgan davlatlar tarkibida tovarlarga ixtisoslashuv mavjud. Shuni ta'kidlash kerakki, xom ashyoni iste'mol qilish ortib bormoqda, ammo turli xil zaxiralarni yaratish orqali boshqa mahsulotlarning savdo darajasi orqada qolmoqda. So'nggi yillarda yuqori texnologiyali tovarlar almashinuvi ortib bormoqda, kimyo mahsulotlari savdosi ham jadal rivojlanmoqda.
|
| |