Buxgalteriya hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha qo’mita(MHXSQ)ning maqsadi va uning tavsifi




Download 98,85 Kb.
bet3/7
Sana20.06.2024
Hajmi98,85 Kb.
#264840
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari

2.Buxgalteriya hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha qo’mita(MHXSQ)ning maqsadi va uning tavsifi


Buxgalteriya hisobotning xalqaro standartlari butun jahonda Buxgalteriya hisobot standartlarining yaqinlashishida, kelishuvida va yanada yaxshilanishida muhim rol o’ynadi. Ulardan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

  • ko’pchilik mamlakatlarda hisob va hisobotga qo’yiladigan milliy talablar uchun asos bo’lib xizmat qilish;

  • hisob va hisobotga nisbatan o’z talablarini ishlab chiqayotgan alohida mamlakatlar uchun xalqaro etalon sifatida ishlatilishi (sanoati rifojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda endi rivojlanib borayotgan bozorlar uchun, masalan, Xitoy, Osiyoning boshqa mamlakatlari hamda sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari ham shular jumlasidandir);

  • fond birjalari va tartibga soluvchi organlar tomonidan Buxgalteriya hisobotni Buxgalteriya hisobotlar xalqaro standartlariga mos ravishda tuzilishini talab qilgan hollarda;

  • kapital bozorlari uchun standartlar ishlab chiqishda to’lig’icha Buxgalteriya hisobotlar xalqaro standartlariga asoslanishga qaror qilgan Yevropa Komissiyasi kabi milliy organlar tomonidan ishlatishi;

  • Buxgalteriya hisobotning xalqaro standartlari talab qilinmaydigan mamlakatlarda ham kompaniyalarp soni ortganligi tufayli foydalanilishi.

Yuqoridagilar tufayli Buxgalteriya hisobotning xalqaro standartlari butun jahonda yanada kengroq foydalanilmoqda va tan olinmoqda. Hatto ba’zi mamlakatlar Buxgalteriya Hisobotlar Xalqaro Standartlar (MHXS) ni o’z standartlaridek o’zgarishlarsiz ishlatishmoqda, ba’zilari esa mamlakat xususiyatidan kelib chiqib ba’zi o’zgarishlarni kiritmoqdalar. Ko’p millatli yirik kompaniyalar esa Buxgalteriya hisobotlar xalqaro standartlaridan foydalanish ular uchun qulayligini ta’kidlashmoqda.
Buxgalteriya hisobotlar xalqaro standartlarining tan olinishi va tobora ko’proq ishlatilishini isbotlovchi eng muhim voqealardan biri bu Qimmatbaho qog’ozlar va birjalar bo’yicha Komissiyalarning Xalqaro Tashkiloti tomonidan xorijiy kotirovkalar uchun Buxgalteriya hisobotlar xalqaro standartlarining asos qilib olinishidir.
Evropa Komissiyasi esa Buxgalteriya hisobotlar xalqaro standartlariga hisobotning va umuman buxgalteriya hisobining muvofiqlashishi nuqtai nazaridan Yevropa Ittifoqida adolatli va samarali raqobot muhitini saqlashda muhim ekanligini e’tirof etmoqda. Yevropa Komissiyasi moliviy hisobot standartlari garmonizatsiyasida MHXSK bilan hamkorlik qilish samarali ekanligini rasmiy ravishda e’lon qilgan.
AQShning Qimmatbaho qog’ozlar va birjalar bo’yicha Komissiyasi esa quyidagilar haqida 1996 yil 11 aprelda ma’lum qildi:

  • standartlar buxgalteriya hisobining keng qamrovli bazisini taqdim etuvchi buxgalterlik talablarining asosiy qismini o’z ichiga olishlari kerak;

  • standartlar yuqori sifatli bo’lishlari shart, chunki ular ma’lumotlarning taqqoslanuvchanligi, ravshanligi hamda to’liq yoritilishini ta’minlashlari kerak;

  • standartlar interpretatsiyasi berib borilishi kerak va ularga so’zsiz amal qilinishi kerak.

Shunday qilib, MHXSK tomonidan hozirgacha ishlab chiqilgan standartlardan foydalanish xalqaro hamjamiyatga yuqori samara bermoqda, deb xulosa qilish mumkin.

Download 98,85 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 98,85 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxgalteriya hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha qo’mita(MHXSQ)ning maqsadi va uning tavsifi

Download 98,85 Kb.