|
R.Breyli va S.Mayersning fikricha moliyaviy rejalashtirish jarayoni quyidagilarni o’z ichiga oladi
|
bet | 3/4 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 174,96 Kb. | | #158077 |
Bog'liq Korporatsiyalarda moliyaviy boshqaruvR.Breyli va S.Mayersning fikricha moliyaviy rejalashtirish jarayoni quyidagilarni o’z ichiga oladi:
-investitsion imkoniyatlarning tahlili va korparatsiya ixtiyoridagi mablag’lardan moliyalashtirish imkoniyatlarining tahlili;
-qabul qilinayotgan qarorlarning oqibatlarini bashoratlash yoki oldindan ko’ra olish;
-bir nechta variantlardan eng oqilona qabul qilingan qarorlarning rejaga kiritilishini asoslay olish;
-rejada belgilangan ko’rsatkichlar bilan korporatsiyalar tomonidan erishilgan natijalarning nisbatini baholash.
Moliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi.
-ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy faoliyatlarni kerakli bo’lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlash;
-pul mablag’laridan iqtisod qilib, tejab-tergab foydalanish hisobidan korxonaning foydasini oshirish bo’yicha ichki rezervlarni qidirib topish;
-kapitalni samarali joylashtirish yo’’larini aniqlash, undan oqilona va samarali foydalanishni baholash;
-kontragentlar bilan optimal moliyaviy munosabatlar o’rnatish;
-korxonaning moliyaviy ahvoli, to’lovga qobilligi va kreditga layoqatliligi ustidan nazorat o’rnatish.
Albatta korxonalar faoliyatidagi barcha risklarga barham berib bo’lmaydi. Lekin ana shu risklarni samarali oldindan ko’ra bilish yordamida boshqarish imkoniyatiga ega. Moliyaviy rejalashtirish jarayonining quyidagi asosiy bosqichlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
-korxonalar faoliyatining moliyaviy natijalarini tadqiq etish;
-operativ rejalarning o’zgarishi asosida moliyaviy hisobotlarning bashorat variantlarini ishlab chiqish;
-o’z reja topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash uchun xo’jalik yurituvchi sub’yektning moliyaviy resurslarga bo’lgan amaldagi ehtiyojlarini aniqlash;
-moliyalashtirish manbalari va ularning tarkibiy tuzilishini bashoratlash;
-korxonalar moliyasini boshqarish tizimini yaratish va uning ushlab turishi;
|
| |