• Axborot funksiyasi.
  • Nazorat funksiyasi.
  • Buxgalteriya hisobining funksiya va vazifalari




    Download 54,51 Kb.
    bet10/15
    Sana27.01.2024
    Hajmi54,51 Kb.
    #146894
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Moliyaviy va boshqaruv hisobi

    1. 3. Buxgalteriya hisobining funksiya va vazifalari

    Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir.


    Buxgalteriya hisobining vazifalari:

    • buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar hamda majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;

    • samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;

    • moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iboratdir.

    Bu vazifalarning bajarilishi korxonalarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayoni va operatsiyalarini o‘z vaktida, aniq va dastlabki hujjatlarga asoslangan holda buxgalteriya hisobida aks ettirish yo‘li bilan ta’minlanadi.
    Buxgalteriya hisobi asosan qo‘yidagi funkitsiyalarni bajaradi:
    Axborot funksiyasi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxona faoliyati haqida o‘z vaqtida, ishonchli axborotga bo‘lgan ehtiyoj va unga bo‘lgan talab ham oshib bormoqda.
    Buxgalteriya hisobi turli xil iqtisodiy axborot iste’molchilari uchun asosiy axborot manbai hisoblanadi. Ular asosida boshqaruv va investitsion qarorlar qabul qilinadi.
    Buxgalteriya hisobida korxona mulki va ularning tashkil topish manbalaridagi o‘zgarishlar, ularning harakati, xo‘jalik jarayonlari va moliyaviy natijalar alohida va umumlashgan holda aks ettiriladi va boshlang‘ich hujjatlarda aks ettiriladi.
    Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida buxgalteriya hisobining axboroti ishonchli, holisona, o‘z vaqtida, operativ, yuqori sifatli va iste’molchilar uchun samarali bo‘lish talabi qo‘yiladi.
    Buxgalteriya hisobi axborotining yakuniy natijasi korxonaning moliyaviy holatini ko‘rsatkichlarini yaxshilash hisoblanadi.
    Nazorat funksiyasi. Turli mulkchilik shaklidagi korxonalar, korxonalar huquqining kengayishi buxgalteriya hisobining nazorat funksiyasi kuchaytirish talab qilinadi. Buxgalteriya xodimlari turli xildagi resurslardan foydalanishni doimiy nazorat qilishi lozim. Nazorat – bu avvalom bor, biznes rejada belgilangan iqtisodiy ko‘rsatkichlarni bajarilishini aniqlash jarayoni hisoblanadi.
    Belgilangan rejadagi ko‘rsatkichlarni haqiqatda erishgan ko‘rsatkichlar bilan solishtirish natijasida kerakli tuzatishlar biznes rejaga kiritiladi.

    Download 54,51 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 54,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxgalteriya hisobining funksiya va vazifalari

    Download 54,51 Kb.