|
Buxgalteriya hisobining predmeti
|
bet | 9/15 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 54,51 Kb. | | #146894 |
Bog'liq Moliyaviy va boshqaruv hisobiBuxgalteriya hisobining predmeti – korxonani xo‘jalik mablag‘lari va ularni tashkil topish manbalarini, ularni xo‘jalik jarayonlari natijasida o‘zgarib borishlarini yoppasiga, uzluksiz, qonun-qoidalarga asosan hujjatlarda to‘liq, aniq, to‘g‘ri aks ettirib borishdir.
Yuqoridalardan shuni xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobining predmeti - takror ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning samarali boshqarilishida mablag‘lar holati va ulardan unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish hisoblanadi.
Metod (usul, yunoncha metodos) tushunchasi ikki ma’noni bildiradi:
– ayrim voqealarni bilish o‘rganish usuli;
– alohida usul, harakat usuli yoki ko‘rinishi.
Birinchi tushuncha kengroq ma’noga ega. Hisob yuritish tartibini belgilab beruvchi tarkibiy qism sifatida buxgalteriya hisobiga xos bo‘lgan usullarni quyidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin:
1-jadval
Buxgalteriya hisobining uslub(metod)lari
T/r
|
Uslublar
|
Uslublar ta’rifi
|
|
Hujjatlashtirish
|
Buxgalteriya hisobining obyektlari ustidan yoppasiga va uzluksiz kuzatishni amalga oshirish imkonini beradigan dastlabki aks ettirish
|
|
Inventarizatsiya
|
Korxona mablag‘ini tekshirib, ro‘yxatga olish va olingan ma’lumotlarni hisob ma’lumotlari bilan solishtirish
|
|
Baholash
|
Xo‘jalik mablag‘lari, majburiyatlar va xo‘jalik jarayonlarini pul o‘lchov birligida aks ettirish
|
|
Kalkulyatsiya
|
Yaratilgan mahsulot (ish va xizmat)lar birligi tannarxini aniqlash
|
|
Schyotlar tizimi
|
Mablag‘lar tarkibi va joylashtirilishi, ularning manbalari bo‘yicha aks ettirish, iqtisodiy guruhlash va tezkor nazorat qilish
|
|
Ikkiyoqlama yozuv
|
Har bir xo‘jalik muomalasining summasi ikki marotaba: bir schyot debeti va ayni vaqtda o‘zaro bog‘liq boshqa schyotning kreditida aks ettirish
|
|
Buxgalteriya balansi
|
Muayyan sanaga korxonaning mol-mulki va ularning manbalari to‘g‘risidagi axborotni iqtisodiy guruhlashtirish hamda pul bahosida umumlashtirish
|
|
Hisobot
|
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tavsiflaydigan umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimini o‘zida mujassamlashtiradi
|
Ikkinchi ma’noda – alohida foydalaniladigan usullar ma’nosida - qo‘llaniladigan usullar yig‘indisi hisobning metodologiya (uslubi)sini tashkil etadi.
Metodologiya buxgalteriya hisobi oldida turgan maqsad va vazifalar ham ularni echish imkoniyatlari, ya’ni mavjud texnik va texnologik baza bilan belgilanadi.
Usulning mazmuni – mazkur fanning predmeti, vazifalari va uning oldiga qo‘yiladigan talablar xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ular buxgalteriya hisobi usulining tarkibiga kiradigan aniq usullarni belgilab beradi.
|
| |