mehnat unumining o‘zgarishi




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/429
Sana13.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#228361
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   429
Bog'liq
642a946f5e25f

mehnat unumining o‘zgarishi: 




+456,2
 
A) Ishchilar salmog‘ini o‘zgarishi 
hisobiga 
-0,19*3634,3 /100




-6,905 
B) bir ishchini mehnat unumini 
o‘zgarishi hisobiga 
+629,4*73,59/100 




+463,175 
Tahlil etilayotgan xo‘jalik subyektida hisobot davrida bir xodim-
ning o‘rtacha yillik mehnat unumdorligi biznes-rejaga nisbatan 456,2 
ming so‘mga o‘sgan. Bunga, asosan, ikkita omil ta’sir etgan. Mahsulot 
hajmi solishtirma ulgurji bahoda o‘tgan yilga, rejaga nisbatan ortgan. 
Xodimlar va ishchilar soni esa shu davr ichida kamaygan, demak, mah-
sulot hajmining o‘sishi mehnat unumdorligini o‘sishi bilan izohlanadi, 
ya’ni korxonaning sanoat ishlab chiqarish xodimlari tarkibida ishchilar 
salmog‘ining o‘zgarishi hisobiga bitta xodimning o‘rtacha yillik mehnat 


218
unumdorligiga 6,905 ming so‘mga pasayishiga ta’sir etgan. Aksincha, 
ikkinchi omil bo‘lmish, bir ishchining mehnat unumdorligini biznes-
rejaga nisbatan 629,4 ming so‘mga ortganligi hisobiga bitta xodimning 
mehnat unumdorligi ham 463,175 ming so‘mga ortgan. Har ikkala 
omilning ta’siri umumlashtirilganda, ularning natijasi ijobiy bo‘lib, bu 
ko‘rsatkich 456,2 ming so‘mni tashkil qilgan.
6.7.
 
Ishchining mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi
omillar tahlili 
 
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida korxonalar mahsulot 
ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishga va uni bozorga taklif qilish 
orqali ko‘proq foyda olishga intiladi. Bunday sharoitda mahsulot haj-
mini korxonani kengaytirish yoki xodimlar sonini ko‘paytirish bilan bir 
qatorda, bevosita ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi ishchilarning 
mehnat unumdorligini ko‘tarish orqali amalga oshirgani korxona uchun 
ko‘proq samarali hisoblanadi. Shu tufayli ham har bir xo‘jalik yurituvchi 
subyekt o‘z ishchilarining mehnat unumdorligini oshirish choralarini 
ko‘rishga harakat qiladi hamda unumdorlikka ta’sir etuvchi omillarni 
o‘rganib boradi.
Odatda, bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot 
hajmi quyidagi omillarga bog‘liq.
1.
Bir ishchining yil davomida ishlagan o‘rtacha kishi kunlari = 
(jami kishi kunlari / ishchilar soni). 
2.
Ish kuni davomiyligi, soat = (jami ishlangan kishi soat / jami 
ishlangan kishi kunlari). 
3.
Ishchining bir soatlik ish unumi = (mahsulot hajmi / jami 
ishlangan kishi-soat). 
Tahlil etishda bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot 
hajmining rejasiga, o‘tgan yilga nisbatan o‘zgarish sabablari va unga 
ta’sir etuvchi omillar quyidagicha aniqlanadi. 

Download 2,53 Mb.
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   429




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish