• Mehnat sig‘imi
  • 100 x A Mu = ---------------- 100 - A
  •  Mahsulot mehnat sig‘imi tahlili




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet149/429
    Sana13.05.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #228361
    1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   429
    Bog'liq
    642a946f5e25f

    6.8. Mahsulot mehnat sig‘imi tahlili 
     
    Ishlab chiqarish hajmi, mahsulot strukturasi va assortimentini o‘z-
    garishiga ham bog‘liq. Kam mehnat talab etadigan mahsulot turlarini 
    ko‘proq ishlab chiqarish tufayli mahsulot struktura va assortimentini 
    o‘zgarishi mehnat unumdorligini o‘sishiga olib keladi. 
    Struktura va assortimentni unumdorlik darajasiga ta’sirini mehnat 
    sig‘imi orqali aniqlash mumkin. 
    Mehnat sig‘imi
    – mahsulot, yarimfabrikat mahsulotni ayrim 
    qismlarini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqti bilan o‘lchanadi.
    Sanoatda mehnat unumdorligini o‘sishi ilmiy-texnika taraqqiyoti, 
    ishlab chiqarishni texnik jihatdan takomillashtirish natijasida mehnat 
    sig‘imini pasaytirish hisobiga erishiladi. 
    Mehnat sig‘imi bilan mehnat unumdorligi bilvosita bog‘liqlikka 
    ega. Mehnat sig‘imi pasayishi tufayli mehnat unumdorligi ortadi va 
    buning aksicha, mehnat sig‘imi ortsa-mehnat unumdorligi pasayadi. 
    Mehnat sig‘imini pasaytirish mahsulotni ishlab chiqarish uchun 
    sarflanadigan ish vaqtini qisqartirish orqali erishiladi. 
    Mehnat sig‘imini pasaytirish hisobiga mehnat unumdorligini o‘sishi 
    (foiz hisobida) quyidagicha aniqlanadi. 
    100 x A 
    Mu = ---------------- 
    100 - A
     


    222
    Bunda: A- ishlab chiqarilgan mahsulot mehnat sig‘imini pasay-
    tirish (foiz hisobida). 
    Mu – mehnat unumdorligini o‘sish darajasi ( foiz hisobida). 
    Masalan, mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat 8550 
    kishi-soatni tashkil etib, norma bo‘yicha 9000 kishi-soatga nisbatan 450 
    kishi-soat iqtisod qilingan. Demak, mehnat sig‘imini 5 % (450:9000x100) 
    ga pasayishi mehnat unumdorligini 5,26% (9000:8550x100) ga ortishiga 
    olib keldi.
    Erishilgan natijani yuqoridagi formula orqali ham aniqlash 
    mumkin. 

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   429




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish