• VIII BOB. MAHSULOT (ISH, XIZMAT)LAR ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI TAHLILI 8.1. Ishlab chiqarishni tashkil etishning nazariy va
  • Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet175/429
    Sana13.05.2024
    Hajmi2,53 Mb.
    #228361
    1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   429
    Bog'liq
    642a946f5e25f

     
    9.
     
    Materiallardan samarali foydalanish darajasini tahlil qiling: 
    Ko‘rsatkichlar 
    O‘tgan yil 
    Hisobot yili 
    1. Tovar mahsuloti, mln. so‘m 
    3300 
    3000 
    2. Material sarflar, mln. so‘m 
    1870 
    2400 
    3. Material sig‘imi 


    a) 0,58:0,9; b) 0,60:10; d) 0,54:0,7; e) 0,57:0,8. 


    256
    VIII BOB. MAHSULOT (ISH, XIZMAT)LAR ISHLAB 
    CHIQARISH XARAJATLARI TAHLILI 
     
     
    8.1. Ishlab chiqarishni tashkil etishning nazariy va
    uslubiy jihatlari 
     
    Ishlab chiqarishni tashkillashtirish mavjud mehnat, moddiy va pul 
    resurslaridan unumli foydalanishni o‘zida aks etgan kompleks tadbiriy 
    choralar yig‘indisidan iborat. Ishlab chiqarishni tashkillashtirish mahsu-
    lot ishlab chiqarish hajmi, shartnoma, majburiyatlarni bajarilishi, xara-
    jatlarni kamaytirish, ijtimoiy va iqtisodiy muammolar yechimini o‘z 
    ichiga oladi. Kompleks tahlil orqali korxonaning ishlab chiqarishini 
    tashkil etish darajasi, haqiqiy va bazis davridagi ko‘rsatkichlarini 
    taqqoslash tufayli ko‘rilgan tadbiriy choralar rejasining bajarilishini 
    baholaydi; ishlab chiqarishni tashkil etishning takomillashtirishni xo‘ja-
    lik faoliyati natijalariga bo‘lgan ta’sirini aniqlaydi; rezervlar hisoblanadi 
    va ulardan foydalanish yo‘llarini belgilaydi. Qimmatli uskuna, mexa-
    nizm, mehnat resurslaridan to‘liq foydalanmaslik ishlab chiqarish xara-
    jatlarini ortib ketishiga olib keladi. 
    Ishlab chiqarishni tashkil etish darajasini ifodalovchi asosiy 
    ko‘rsatkichlar quyidagilar hisoblanadi (25-chizma): 
    1.
    Ishlab chiqarishni ixtisoslashuv va kooperatsiya darajasi. 
    2.
    Ishlab chiqarish jarayonining davom etish muddati va strukturasi. 
    3.
    Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi. 
    4.
    Ishlab chiqarishni maromiyligi. 
    5.
    Ishlab chiqarishning faollik darajasi. 
    Ishlab chiqarishni tashkil etish darajasini kompleks baholash 
    tizimida ishlab chiqarishni ixtisoslashuvi, tig‘izligi va ixchamlik 
    ko‘rsatkichlari hamda ishlab chiqarishning ta’minlanish va xizmat 
    ko‘rsatish ko‘rsatkichlari muhim o‘rin egallaydi. Bozor munosabatlari 
    sharoitida korxonalarni ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi mahsulot 
    tannarxini pasaytirish, unumdorlik darajasini oshirishda asosiy omil 
    hisoblanadi. Ishning natijasi ishlab chiqarish maromi, ishlab 
    chiqarishning faolligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. 


    257
    25-chizma.

    Download 2,53 Mb.
    1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   429




    Download 2,53 Mb.
    Pdf ko'rish