317
larni ham ifodalaydi. Balansda korxonaning o‘z mablag‘lari manbayi qan-
cha ko‘p ulushni egallasa, shunchalik moliyaviy ahvol ishonchli bo‘ladi.
Balans passivining ikkinchi bo‘limi «Majburiyatlar» deb nomlanib,
unda korxonaning uzoq muddatli joriy majburiyatlari aks ettiriladi. Uzoq
muddatli majburiyatlarga uzoq muddatli bank kreditlari va uzoq
muddatli qarzlar hamda shu kabi uzoq muddatli majburiyatlar kiritiladi.
Bank kreditlari ishlab chiqarishni texnik jihozlash, asosiy vositalar sotib
olish va ko‘rish, asosiy poda tashkil qilish va boshqa ko‘pgina istiqbolli
loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida olinishi mumkin.
Qarzlar bandida esa boshqa korxonalardan (bankdan tashqari) olingan
qarz summalari ko‘rsatiladi. Bu bandlarni to‘ldirish uchun zarur
ma’lumotlar «Banklarning uzoq muddatli kreditlari» va «Uzoq muddatli
qarzlar» schotlar qoldig‘idan olinadi.
II bo‘lim passivini o‘rganish ham katta ahamiyatga ega. Balans
passivining ikkinchi bo‘limi «Majburiyatlar» deb nomlanib, bu bo‘limda
qisqa muddatli bank kreditlari va qarzlarini, korxona ishchi-
xizmatchilari uchun bank kreditlari, tovarlar, bajarilgan ishlar, xizmatlar
uchun, berilgan veksellar, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha, ijtimoiy
himoyalash, sug‘urta, ta’minot, mulkiy va shaxsiy sug‘urta, budjet bilan,
undan tashqari to‘lovlar, sho‘ba korxonalari bilan bo‘ladigan hisob-
kitoblar ko‘rsatiladi. Bulardan tashqari xaridorlar va buyurtmachilardan
olingan avanslar, ko‘zda tutilgan daromadlar, xarajatlar va to‘lovlar
zaxirasi, dargumon qarzlar bo‘yicha zaxiralar va boshqa qisqa muddatli
passivlar ham ushbu bo‘limda aks ettiriladi. Ushbu bo‘lim passivida juda
ko‘p buxgalteriya hisobi schotlarining kredit qoldig‘i keltiriladi.
Korxona balansini o‘rganishda asosiy e’tibor yil boshida o‘tgan davrda
mulk va mablag‘larning qanchalik o‘zgarganligi hamda aktivdagi har bir
band passivdagi manbalar bilan qanchalik ta’minlaganligiga qaratiladi.
Shunday qilib, korxona balansining tuzilish shakli doimo takomil-
lashtirilgan. Bu takomillashtirish quyidagi o‘zgarishlarni o‘z ichiga
oladi: