Shu  ma’noda likvidlik sharti bo‘yicha passivlar quyidagi moddalar




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/429
Sana13.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#228361
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   429
Bog'liq
642a946f5e25f

Shu 
ma’noda likvidlik sharti bo‘yicha passivlar quyidagi moddalar 
bo‘yicha turkumlab chiqiladi

1.
Muddati kelgan to‘lov majburiyatlari. 
2.
Qisqa muddatli to‘lov majburiyatlari. 
3.
Uzoq muddatli to‘lov majburiyatlari. 
4.
Doimiy passivlar. 
Balansning birinchi guruh to‘lov majburiyatlariga balansning II 
bo‘lim passividagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar va o‘z vaqtida 
qaytarilmagan ssudalar kiradi. Qisqa muddatli passivlar guruhiga esa II 
bo‘lim passivdagi qolgan bandlar, ya’ni bankning qisqa muddatli 
kreditlari, korxona xizmatchilari uchun bank kreditlari, qisqa muddatli 
qarzlar kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlar zaxirasi, dargumon qarzlar 
bo‘yicha zaxiralar va boshqa qisqa muddatli passivlar kiradi. O‘rta va 
uzoq muddatli passiv deyilganda uzoq muddatli bank kreditlari va uzoq 


346
muddatli qarz bandlari tushuniladi. Doimiy passivlar guruhiga esa I 
bo‘lim passividagi barcha bandlar, ya’ni ustav fondi, zaxira jamg‘ar-
masi, maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan fondlar, maqsadli moliyalash-
tirish va tushumlar, ijara majburiyatlari, ta’sischilar bilan bo‘ladigan 
hisob-kitoblar, o‘tgan yil va hisobot yilidagi taqsimlangan foyda kiradi. 
Mablag‘larning aylanish holatini tahlil qilishda joriy va kelgusi 
davrda kutiladigan harakatchanlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish zarur. 
Mablag‘larning joriy harakatchanligi doimiy va tez sotiluvchi aktivlar 
bilan muddati yetgan to‘lov majburiyatlari va qisqa muddatli passivlarni 
taqqoslash orqali aniqlanadi. Kelajakda kutiladigan harakatchanlik 
ko‘rsatkichi esa sekin sotiluvchi aktivlar bilan o‘rta va uzoq muddatli 
passivlarni 
solishtirish 
orqali 
o‘rganiladi. 
Bunda 
korxonani 
mo‘ljallangan har xil tushumlari bilan kelajak to‘lovlarini oldindan 
bashorat qilish mumkin. 
Korxona balansining likvidlilik darajasiga har xil omillar, korxona 
aktivlarining, passivlarining tarkibiy o‘zgarib turishi ta’sir ko‘rsatadi. Bu 
omillarning ta’sirini bilish uchun balans likvidligini tahlil qilishda yana 
bir guruh ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ular quyidagilar: 
1. 

Download 2,53 Mb.
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   429




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shu  ma’noda likvidlik sharti bo‘yicha passivlar quyidagi moddalar

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish