Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet279/429
Sana13.05.2024
Hajmi2,53 Mb.
#228361
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   429
Bog'liq
642a946f5e25f

 
10.6. Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan
olingan daromad va xarajatlar tahlili 
 
Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan daromad va xarajatlar 
tahlilida asosiy ishlab chiqarish faoliyatining mahsulot, ish va xizmat-
larni sotishdan tashqari faoliyatlardan olingan daromad va yo‘qotishlari 
tahlil etiladi. Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan 
daromad va xarajatlar ko‘pincha 
operatsion daromadlar va xarajatlar,
deb ham aytiladi. Operatsion xarajatlar va daromadlar qatoriga boshqa 
sotishlardan olingan daromadlar yoki ular bo‘yicha yo‘qotishlar kiradi. 
Korxonaning boshqa operatsion xarajatlariga quyidagilar kiradi:
kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarajatlari, loyiha va 
qurilish-montaj ishlarida kamchilikni bartaraf etish xarajatlari, maslahat 
va axborot tizimlariga haq to‘lash, auditorlik xizmatlari uchun to‘lovlar, 
salomatlikni muhofaza qilish va xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida 
bevosita qatnashuvi bilan bog‘liq bo‘lmagan dam olishlarni tashkil etish 
tadbirlari xarajatlari, shahar obodonchilik ishlari va qishloq xo‘jaligiga 
yordam berish bilan bog‘liq xarajatlar, kompensatsiya va rag‘batlantirish 
tusidagi to‘lovlar ish haqini hisoblashda e’tiborga olinmaydigan to‘lov-


383
lar va xarajatlar, ya’ni moddiy yordam, sog‘liqni saqlash obyektlari, 
qariyalar va nogironlar uylari, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari, 
sog‘lomlashtirish lagerlari, madaniyat va sport obyektlarini asrash 
xarajatlari, vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va 
obyektlarini saqlash xarajatlari, bank xizmati uchun to‘lovlar, har xil 
xayriya jamg‘armalari, ekologiya, sog‘lomlashtirish, madaniyat, xalq 
ta’limi, ijtimoiy ta’minot va shu kabi tashkilotlarga badallar, budjetga 
majburiy to‘lovlar, soliqlar va yig‘imlar hamda budjetdan tashqari jam-
g‘armalarga ajratmalar, zararlar, jarimalar, penyalar va boshqa xara-
jatlardan iborat. 

Download 2,53 Mb.
1   ...   275   276   277   278   279   280   281   282   ...   429




Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan

Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish